Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Foydalanishning asosiy yo‗nalishlari. Mahsulotlar, xomashyo va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
5.5. Foydalanishning asosiy yo‗nalishlari. Mahsulotlar, xomashyo va 
materiallarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish 
ro‗yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‗paytirish. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat 
tomonidan tartibga solish borasidagi iqtisodiy islohotlarning muhim jihatlari – bu 
bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan raqobatni rivojlantirish, 
monopol va ustun mavqega ega xo‗jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari va 
xizmatlarining sifati hamda kafolatini kuchaytirish, ularning narxlari (tariflari) 
muqobilligini ta‘minlash, iste‘molchilarning xarid talabini qondirish orqali 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni oshirishga qaratilganligidan iboratdir. Bu esa, davlat 
tomonidan monopol mavqega ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini 
tarkibiy o‗zgartirish va sog‗lom raqobat muhitini yaratishga yo‗naltirilgan kompleks 
tadbirlarning amalga oshirilishi va albatta qonunchilikni takomillashtirishni taqazo 
etadi. 
Monopoliyaga 
qarshi 
organning 
vakolatlari, 
axborot 
olish 
hamda 
monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish, shuningdek mazkur qonun 
talablari buzilganligi uchun jarimalar solish hamda etkazilgan zararning o‗rnini 
qoplash, raqobat to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqida ishlar qo‗zg‗atish 
va ularni ko‗rib chiqish, monopoliyaga qarshi organning qarori va ko‗rsatmasini ijro 
etish tartiblari qonunning muhim jihatlari hisoblanadi. ―Raqobat to‗g‗risida‖gi 
qonunning hayotga tatbiq etilishining o‗ziga xos ahamiyatiga shundaki, yangi qonun 
tovar va moliya bozorlarida raqobatga doir munosabatlarni huquqiy tartibga 
solishning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini oshirish hamda qonunchilikdagi 
mavjud kamchilik, nomutanosibliklarni, shuningdek, monopoliyaga qarshi tartibga 
solishdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. SHu bilan birga, 
raqobatni rivojlantirish va himoya qilish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 


104
subyektlari uchun qulay biznes muhitini yaratish, har xil byurokratik aralashuvlarni 
bartaraf etish, erkin bozor iqtisodiyoti talablari va shartlari bajarilishini ta‘minlaydi. 
Bundan tashqari, erkin bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining yanada samarali 
ishlashiga, iste‘molchilar va ushbu bozorning boshqa ishtirokchilarining huquqiy 
himoyasini kuchaytirishga, tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarning yanada 
liberallashuviga, tovar va moliya bozorlarida raqobatga oid ta‘sirchan davlat 
siyosatini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda tovar va moliya 
bozorlarida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini belgilovchi Nizom, 
tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning davlat reestrini yuritish tartibi, tovar va moliya bozorlarida xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarining aksiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy huquqlarini 
olishda oldindan monopoliyaga qarshi organning roziligini olish tartibi, raqobatni 
cheklovchi bitim va xarakatlarni ko‗rib chiqish tartibi hamda tovarning monopol 
yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi kabi me‘yoriy hujjatlar tayyorlandi. 
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish 
va takomillashtirish nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish 
xususiyatiga ham ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o‗tish va 
unga mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan 
raqobatni rivojlantirish, raqobat munosabatlarni muvaffaqiyatli shakllantirishning 
asosiy omillaridan biridir. SHuningdek, yangi xo‗jalik yurituvchi subyektlarni tashkil 
etish, ularning samarali faoliyatini ta‘minlashda mazkur subyektlar faoliyatining 
tarkibi va chegaralarini belgilab beradigan, ularning boshqa subyektlar bilan 
munosabatlariga aniqlik kiritadigan, raqobat siyosatini amalga oshiradigan 
institutsional 
asoslarni 
shakllantirish 
hamda 
bozor 
talablariga 
muvofiq 
takomillashtirishning ahamiyati katta. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə