Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 


105
5.6. Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar
hajmlarni bir maromda birja va kimoshdi savdolariga
majburiy tartibda qo‗yish. 
Har bir davlatda raqobat qonunchiligi ijrosini ta‘minlash hamda monopoliyaga 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi o‗zining maxsus 
vakolatli organlari faoliyat yuritadi. Xalqaro tajriba shuni ko‗rsatadiki, monopoliyani 
tartibga solish va unga qarshi kurashish uchun nafaqat mustahkam qonunchilik 
bazasi, balki aholining, ishbilarmon doiralarning va davlat organlarining ochiqlilik va 
shaffoflik, mustaqillik asosida faoliyat olib boradigan monopoliyaga qarshi 
kurashuvchi organga bo‗lgan ishonchi ham lozim bo‗ladi. Turli raqobatga qarshi 
harakatlarning jamiyatga keltiradigan zararlarini salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
uchun ko‗pgina davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunchilikni rioya etishni nazorat 
qilish uchun turli maxsus organlar orqali amalga oshiradi. Respublikamizda raqobat 
muhiti mavjud bo‗lgan iqtisodiyotda tadbirkorlik va xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining erkin bo‗lishi, ularning istalgan tovarlar bozorida faoliyat ko‗rsatishlari 
va ushbu munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan biridir. O‗zbekiston Respublikasida raqobatni huquqiy tartibga 
soluvchi maxsus vakolatli organ O‗zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi hisoblanadi 
(keyingi o‗rinlarda ―Davlat raqobat qo‗mitasi‖ deb yuritiladi). 
Monopoliyaga qarshi bozorda yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi gorizontal 
munosabatlar uchun bozor kuchi va ustunlik raqobat to‗g‗risidagi qonun uchun 
deyarli bir-birini o‗rnini bosuvchi hisoblanadi, lekin qonunni amalga oshirish 
standartlari (andozalari) o‗zgaruvchan bo‗ladi. 
Yirik yetkazib beruvchilar ustun bo‗lgan joyda ularni raqobatlashuvchilar 
ustidan nazorati yetkazib beruvchini tovari ustidan bozor hukmronligini amalga 
oshirishda foydalanish mumkin, bunda huquqiy aralash holatlari bozor hukmronligi 
konsepsiyasiga yohud ustunlikka asoslanishi mumkin. O‗rganilgan itisodiyotlar bozor 


106
hukmronligini amalga oshirish, yohud o‗z ustun mavqeini suiiste‘mol qilish kabi 
xatti-harakatlarni man qiladi. 
Hozirgi kunda Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi 
natijasida respublika iqtisodiyotida monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlari soni 
sezilarli darajada qisqardi. Erishilgan natijalar tovar va xizmatlar bozorlarida erkin 
raqobatlashadigan va oxiroqibatda sog‗lom raqobat muhitini shakllantiradigan yangi 
xo‗jalik va tadbirkorlik subyektlarini paydo bo‗lishida namoyon bo‗lmoqda. Monopol 
korxonalarning soni sezilarli qisqargan, ayniqsa iste‘mol bozorida. So‗nggi 27 yil 
mobaynida olib borilgan monopoliyaga qarshi siyosat natijasida, monopolist 
korxonalar soni 828 tadan 178 tagacha kamaydi. Monopol mahsulotlar soni esa 5186 
tadan 157 tagacha qisqardi. Monopol mahsulot va xizmatlarning respublika yalpi 
ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizgacha pasaydi. Avval yirik monopoliya hisoblangan 
sohalarda, ya‘ni qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida ichimliklar, 
sharbatlar, non va non mahsulotlari, go‗sht-sut mahsulotlari, qandolatchilik 
mahsulotlari, alohida olingan nooziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida mebel, gilam va 
gilam mahsulotlari va shuningdek telekommunikatsiya xizmatlari bozorlarida 
sog‗lom raqobat muhiti shakllantirildi. Shu bois, monopoliyaga qarshi siyosatni 
tartibga solish iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yo‗nalishi sifatida tan 
olindi. Bu borada ularning faoliyat yuritish samaradorligi nuqtai nazaridan asosiy 
omillar sifatida mulkchilik, javobgarlik, raqobat, monopoliyaga qarshi boshqaruv va 
shartnoma institutlari katta rol o‗ynaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə