Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Birja faoliyatining davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

6.2. Birja faoliyatining davlat tomonidan tartibga solish. 
Birja faoliyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va hom-ashyo 
bazasining katta hajmlardagi savdolarini qonuniy yo‗llar orqali va zamonaviy 
usullarda amalga oshirish uchun mas‘ul bo‗lgan yagona markazlashtirilgan organ – 
O‗zbekiston tovar hom-ashyo birjasi (keingi matnda ―O‗zRTHB‖ deb yuritiladi) 
tomonidan amalga oshiriladi. Ta‘kidlash joizki ushbu faoliyat yildan yilga jadal 
sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. 2004-2014 yillar davomida O‗zRTHBda tuzilgan 
bitimlar hajmi 20 barobarga oshdi (2004 yildagi 450 mlrd. so‗mdan 2014- yildagi 
8,9 trln. so‗mgacha). Oxirgi yillarda birja bozorining O‗zTHB aylanmasi hajmidagi 
ulushi 80 foizga etdi. Birja savdolari orqali sotiladigan tovarlar nomenklaturasi 14 ta 
pozitsiyaga oshdi31 va bu o‗sish ko‗rsatkichlari kelajakda ham saqlanib kolishi 


109
kutilmoqda. Birja savdolari birjada uning a‘zolarining barchasiga ushbu savdolarda 
bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron 
shaklda o‗tkaziladi. O‗z o‗rnida birja savdosi qoidalarida quyidagilar ko‗rsatilishi 
kerak: birja a‘zolari, ularning huquq va majburiyatlari to‗g‗risidagi nizom; birja 
a‘zolarining birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi; tovarlarni birja 
savdolariga qo‗yishga ruxsat berishni amalga oshirish tartibi; birja bitimlarining 
turlari; birja savdolarida muomalada bo‗ladigan hosila moliyaviy vositalarning 
(derivativlarning) tavsifi; tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta‘minlash uchun 
shart-sharoitlar yaratish tartibi; birja savdolarini o‗tkazish tartibi; birja bitimlarini va 
birja savdolari natijalarini ro‗yxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi; kliring va 
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi; birja tovarlarini kotirovkalash (ularning 
narxini belgilash) tartibi; birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat 
qilish tartibi; birja savdolari to‗g‗risidagi axborotni oshkor etish tartibi; birja savdosi 
qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‗g‗risidagi qoidalar; birjada nizolarni hal 
etish tartibi. Birja savdosi qoidalarida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar 
ham ko‗rsatilishi mumkin.
Dastlabki ko‗zdan kechirishni talab etmaydigan, sifat ko‗rsatkichlari 
o‗zgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan, 
birja savdolariga qo‗yilgan muayyan turdagi tovarlar ro‗yxati birjaning kotirovkalash 
varag‗idir. Tovarni birja savdolariga qo‗yishga ruxsat berishni amalga oshirish 
quyidagi tartib-taomillarni o‗z ichiga oladi, qimmatli qog‗ozlar bundan mustasno: 
tovar ishlab chiqaruvchining yoki yetkazib beruvchining tovarni birjaning 
kotirovkalash varag‗iga kiritish to‗g‗risidagi arizasini ko‗rib chiqish; tovarning 
Qonun talablariga muvofiqligini tekshirish; tovarning likvidliligini baholash; tovarni 
birjaning kotirovkalash varag‗iga kiritish va uni birja a‘zolariga etkazish. Qimmatli 
qog‗ozlarni birja savdolariga qo‗yishga ruxsat berishni amalga oshirish (birja listingi) 
quyidagi tartibtaomillarni o‗z ichiga oladi: qimmatli qog‗ozlar emitentining o‗z 
qimmatli qog‗ozlarini birjaning kotirovkalash varag‗iga kiritish to‗g‗risidagi arizasini 


110
ko‗rib chiqish; qimmatli qog‗ozlar emitentining moliyaviy holatini baholash
qimmatli qog‗ozlarning likvidliligini baholash; qimmatli qog‗ozlarni birjaning 
kotirovkalash varag‗iga kiritish va uni birja a‘zolariga etkazish. Birjaning 
kotirovkalash varag‗iga kiritilgan tovar birja savdolariga qo‗yilgan hisoblanadi. CHet 
el valyutasi va davlat qimmatli qog‗ozlari birjaning kotirovkalash varag‗iga tovarni 
birja savdolariga qo‗yishga ruxsat berishni amalga oshirish va birja listingi tartib-
taomilisiz kiritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə