Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish



Yüklə 3,67 Mb.
səhifə4/4
tarix06.04.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#104475
1   2   3   4
Xolmuradov Sherzod

2.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari, qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va mahsulot hajmini ko‘paytirish ishlovchilarning mehnatga bo‘lgan munosabatiga, mehnatga munosabat esa ishlovchilarning moddiy manfaatdorligiga bog‘liq bo‘ladi.


Mehnat – bu insoning maqsadli faoliyati bo‘lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o‘zgartiradi. O‘z kuchini qo‘shgani holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insoning ish joyida, uning mehnat faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarining to‘plamini bildiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli erkaklar 16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 54 yoshgacha, shuningdek qishloq joyda yashovchi o‘smirlar va nafaqaxo‘rlar kiradi.
Mehnat resurslari deganda, qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan insonlar tushuniladi. Mehnat resurslari ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy omillardandir. Shuning uchun ham ularning holati va harakatini, xo‘jalikning ular bilan ta’minlanish darajasini hamda ulardan xo‘jalikning foydalanish ahvolini o‘rganish va mavjud imkoniyatlarni aniqlashda va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishda katta rol o‘ynaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga doimiy; mavsumiy; vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi; o‘smirlar; nafaqaxo‘rlar kiradilar.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi. Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi. Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari bandligi - mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar hisoblanadi.
Davlat bu siyosatini amalga oshirishda mehnat resurslarini boshqarishga quyidagi vositalar orqali ta'sir ko‘rsatadi:
- iqtisodiy. Bu usulda davlat budjeti va mahalliy budjetlardan yangi ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirish uchun ish beruvchilar, ayniqsa tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi, soliq yukini kamaytirish, ishga muhtoj aholini mehnat bozorida raqobatbardosh kasblarga o ‘rgatish va boshqa chora-tadbirlar ko‘riladi;
- tashkiliy. Davlat siyosati bu usulda ish bilan bandlik va aholini ish bilan ta'm inlash xizmatlari. mehnat bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi axborot tizimlari, kasbga yo‘naltirish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi;
- ma’muriy-qonunchilik. Mazkur usulda mehnat shartnomalari tuzish, ish vaqti, ish vaqtidan qo‘shim cha vaqt ish davomiyligini tartibga solish, ish bilan bandlik davlat jam g‘arm alariga majburiy to ‘lovlarni joriy etish. aholining nochor qismi uchun kafolatli ish joylari sonini kvotalash tadbirlarini amalga oshirish asosiy o ‘rinni egallaydi.
Davlat mehnat resurslarini boshqarishda faol yoki faol bo‘lmagan siyosat olib borishi mumkin. Faol siyosat mehnat resurslari taklifi hamda mehnat resurslariga talabni har tarafiama rag‘batlantirish. ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirish va boshqa tadbirlarni mujassamlashtiradi. Faol bo‘lmagan siyosat, asosan, ishsizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanadi.
Shu bilan birga. davlatning mehnat resurslarini boshqarish bo‘yicha siyosati iqtisodiy samaradorlik talablariga zid bo‘lm asligi kerak. Mehnat resursiarining ish bilan bandlik darajasi yuqoriligi korxonalar va tashkilotlarda ortiqcha ishchi kuchlari saqlab turilishi bilan emas, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan ta’minlanishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslarini boshqarish bo‘yicha siyosati ham iqtisodiy samaradorlik talablaridan kelib chiqqan holda:
- mehnat resurslarini ish bilan bandlik darajasini oshirishga subsidiyalar ajratish;
- mehnat bozoriga moliyaviy-kredit ta'sir ko‘rsatish;
- mehnat resurslari uchun jam oatchilik ishlari dasturlarini amalga oshirishni qamrab oladi.



Mehnat resurslarini tartibga solish tizimi (3-rasm)



Korxonada mehnat resurslarini boshqarish tizimi (4-rasm)

Korxona miqyosida mehnat resurslarini boshqarish quyidagi qoidalarga asoslanadi:


1. Mehnat resurslarini rejalashtirishni korxonani rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy aloqasini ta'minlash
2. Xodim xarajatlarini miqdoriy jihatdan baholash va uning ishlab chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'siri.
3. Mehnat bozorida samarali ish olib borish uchun zarur kompensatsiyalarni aniqlash
Mehnat resurslarini boshqarishda ularni rejalashtirishning ahamiyati katta. Mazkur resurslarni rejalashtirishning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- xo‘jalik faoliyati strategiyasiga taalluqli kadrlar masalalari va ehtiyoji (tashqi va ichki)ni aniqlash;
- xo‘jalik faoliyati yuritish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan kadrlar masalalari va investitsiyalarini belgilash;
- kadrlar bo‘yicha dasturlarning xo‘jalik faoliyatini yurgizish umumiy strategiyasiga muvofiqligini kafolatlash;
- xodim bilan ishlash yordamida korxona raqobat bardoshligini, uning samaradorligini oshirish;
- xodimning ortishi yoki uni qisqartirish bilan bog‘liq rejalarni amalga oshirish

O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvi tizimi (5-rasm)

3. QISHLOQ XO‘JALIGIDA TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH


3.1 Tadbirkorlikning mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va boshqarish
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati bu- iqtisodiy foydadir) — oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Tizimda foyda keltirmaydigan tovarlarni sotish kabi ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishning alohida hollari tadbirkorlik hisoblanmasligi aniq. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tadbirkorning oʻzi tomonidan , tashqaridan jalb qilingan mulklar ya'ni nomoddiy aktivlari va mehnat resurslari ham qoʻllanilishi lozim. Sarflangan mablagʻlar oʻzini qoplashiga , ishlab chiqarilgan narsa foyda bilan sotilishiga kafolat yoʻq. Bu mulkni toʻliq yoki bir qismini yoʻqotish xavfi bilan bogʻliqdir.
Tadbirkorlik ko‘p qirrali murakkab faoliyat bo‘lib, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning ana shunday xususiyatlari, avvalambor, mazkur faoliyat alomatlari, belgilari, tamoyillarida namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik alomatlari, belgilari, tamoyillari turli adabiyotlarda turlicha berilgan. Ular, ayniqsa, uning alomatlari (belgilari) to‘laroq yoritilmagan, ayrim hollarda esa tadbirkorlik belgilari va tamoyillarini aralashtirib yuborish ham uchrab turadi. Shuning uchun biz tadbirkorlik belgilari va tamoyillarini bir joyda keltirib, ularni bir-biridan aniq ajratish va to‘liqroq qarab chiqishga harakat qilamiz. Tadbirkorlik belgilari tadbirkorlik faoliyatiga xos va uni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadigan alomatlaridir. Ana shunday alomatlar (belgilar)ga ega bo‘lgan faoliyatgina tadbirkorlik faoliyati yoki tadbirkorlik hisoblanadi. Mazkur alomatlar (belgilar) yoki ularning ayrimlariga ega bo‘lmagan faoliyat esa tadbirkorlik emas, balki oddiy ish, faoliyat bo‘ladi.

Tadbirkorlik asosiy belgilari (6-rasm)
Tadbirkorlikning asosiy belgilaridan biri tashabbuskorlikdir. Tashabbuskorlik bu qanday ish, operatsiya, faoliyatni, uning kattakichikligidan, muhimlik- darajasidan qat’i nazar, amalga oshirishga o‘ziga xos tarzda ijodiy yondashish, doimiy izlanishda boiib, yangiyangi imkoniyatlami izlab, ularni ro‘yobga chiqarishga harakat qilishdir. Tashabbuskor kishi biror ish, faoliyatning boshqalar e’tibor bermaydigan yoki muhim deb hisoblamaydigan qirralari, elementlarini, xususan, ko‘zga tashlanmaydigan nozik tomonlarini topib, ularni ham muhim omillar darajasiga ko‘tаrа oladi. U har bir ish, operatsiya, faoliyatni hamda uni tashkil etish va amalga oshirish usullarini takomillashtirib, samaradorlikni oshirishga erishadi. Shunday qilib, tadbirkorlik turli sohalarda olinishi mumkin bo‘lgan natijalardan eng yangi va yaxshisiga qaratilgan tashabbuskorligi bilan ajralib turadi.
Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo bo‘layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning yangi uyg‘unligi (kombinatsiyasi)ni yaratish va u orqali yangi bozor shakllantirishda namoyon bo‘ladi. Demak, tadbirkorlik yangi taklif, ya’ni qiymat yaratib, jamiyat boyligiga boylik qo‘shadi.
Tadbirkorlikning yana bir qirrasi va belgisi islohotchilikdir. Tadbirkorlik ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmeti)ning yangicha mukammalroq uyg‘unligi (kombinatsiyasi)ni, ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilishga olib keladi. Natijada ulaming ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro muvofiqligi yaxshilanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi.
Tadbirkorlik tavakkalsiz bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik xosdir. Ana shunday noaniqlik va yangi taklif uchun yangi talab bo‘lishiga kafolat yo‘qligi hamda bozor vaziyatining o‘zgarib turadigan sharoitida tavakkal qilib ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Lekin tavakkal ham baholangan, asoslangan, oqilona bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Tadbirkorlik tamoyillari bu aniq talablar, tartibqoidalar majmuyi bo‘lib, ularga to‘liq rioya etib tashkil qilinadigan va amalga oshiriladigan xo‘jalik faoliyati haqiqiy tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Ularga turli xil cheklovlar qo'yilishi. ularning buzilishi, noto'g‘ri talqin qilinishi tadbirkorlikning amalga oshirilishi va rivojlanishiga xalaqit beradigan omillardir. Tadbirkorlik tamoyillari umumiy tusga ega bo‘lb, har bir mamlakatda ularning ro‘yobga chiqarilishi turli darajada boiishi mumkin. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demokratiya asoslari qancha yuqori bo‘lsa, tadbirkorlik tamoyillari ham shunchalik to iiq ro‘yobga chiqariladi. Tadbirkorlik asosiy tamoyillari quyidagi rasmda aks ettirilgan.

Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari (7-rasm)


Maʼlumki, tadbirkorlik faoliyati uchun sarmoya - ish binolari, asbob-uskunalar, xom-ashyo va turli materiallar, mablag‘ hamda boshqa moddiy va nomoddiy resurslar zarur. Tadbirkorlik faoliyatida ishlatiladigan bu sarmoya tadbirkor mulki hisoblanadi. Tadbirkor ana shu mulkdan foydalanishda erkindir, ya’ni undan o‘zi ma’qul ko‘rgan maqsadlarda foydalanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonunlarida fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki daxlsizligi va undan foydalanish erkinligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasi, turi, yo‘nalishi, shakli, joyi, hamkorlari va boshqa jabhalarini tanlashda tadbirkor erkin bo‘lib, uning bunday erkinligi ham qonunlar yordamida kafolatlangan.


3.2 O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanish asoslari va xususiyatlar
Tadbirkorlik o‘tgan ikki asr davomida rivojlanib, turli davrlar va bosqichlarni bosib o‘tdi. Har bir davr va bosqichda tadbirkorlik oldida o‘ziga xos vazifalar turadi. Masalan, AQShda tadbirkorlikning rivojlanishi quyidagi besh davrga ajratiladi
1. Ilk texnikaviy qurollanish davri. Bu davrda (1820 - 1900- yillar) sanoatda, ayniqsa, po‘lat eritish, paxta tozalash, to‘qimachilik, avtomobilsozlik sohalarida texnika va inqilobiy o‘zgarishlarga asoslangan industrial ishlab chiqarish yaratiladi. Mazkur bosqichda tadbirkorlikning asosiy vazifasi-ishlab chiqarishni yangi texnika vositalari asosida qayta qurish va rivojlantirishdir.
2. Ommaviy ishlab chiqarish davri. Bu davrda (XX asr boshidan 30-yillarigacha) konveyer va mehnatni ilmiy tashkil etishni joriy qilish asosida ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish va mahsulot tannarxini kamaytirish, raqobatning yuzaga kelishiga erishiladi. Bu bosqichda tadbirkorlik oldida turgan asosiy vazifa mahsulotni ommaviy miqyosda ishlab chiqarish va tannarxini pasaytirish hisoblanadi.
3. Ommaviy ayirboshlash davri. Bu davrda (XX asming 30 - 50 yillari) asosiy e’tibor ishlab chiqarishdan bozorga, ayirboshlash orqali iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishga ko‘chadi. Shakllanayotgan talabni sezish, aniqlash va ishlab chiqarishni uni qondirishga yo‘naltirib tashkil etish tadbirkorlikning asosiy vazifasi boiadi. Shu paytda marketing nazariyasi amaliyotda keng qo’llanila boshlaydi.
4. Yuqori industrlashgan davr (XX asming 50 - 70- yillari). Bu davrda tadbirkorlik sohalari va rivojlanishining kengayishi, ishlab chiqarishni industrial qayta qurish va texnologiyaning muhim raqobat vositasiga aylanishi, boshqarishda biznes muhitini hisobga olish yuz beradi. Bu bosqichda tadbirkorlikning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni davomiy texnik qayta qurollantirish, texnologiya, talab, mahsulotni o‘zaro muvofiqlashtirish va bozor sharoitlariga moslashish hisoblanadi.
5. Zamonaviy tadbirkorlik davri. (XX asrning 70 va undan keyingi yillar) Bu davrda biznes xalqaro tus oladi, boshqaruv va rivojlantirishda muqobil variantlar qo‘llanila boshlaydi, ishlab chiqarish va sotishda diversifikatsiya kirib keladi, jamiyatning tadbirkorlikka talablari, ijtimoiy mas'uliyat mezonlari kuchaydi, strategik rejalashtirishning yangi usullari va jihatlari shakllanadi. Bunda asosiy vazifa intematsionallashirish yo‘lidan borib, milliy doiradan tashqaridagi bozorlarni o'zlashtirish hamda talab, texnologiya, mahsulot hayotiy davrlarini uzaytirishga intilish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 70- yillari o‘rtalaridan boshlab iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyot yangi modeli - innovatsion yoki axborot-industrial modeli shakllana boshladi. Bu davrda firmalarda ishlab chiqarish va boshqarish bozor konyunkturasi va marketing konsepsiyasiga asoslana borishi xo‘jalik yuritish tarzida o‘zgarishlarga olib keldi. 0 ‘sha iqtisodiy sharoitda bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan hujumkor xatti-harakat tarzi yuzaga chiqa boshlaydi. Bunda marketing vositalari va usullari asosiy o‘rin egallaydi va natijada jamoatchilik ayrim qatlamlari orasida marketingga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Aynan shu davrda tadbirkorlik alohida faoliyat sifatida yangi bosqichga o‘tib, o‘zini o‘zi tartibga solib turuvchi tizim darajasiga ko‘tarialadi, ayniqsa, xususiy biznes tez rivojlana boshlaydi. Shundan keyingi 20 yil ichida har yili AQSh va Italiyada 300 mingdan, Yaponiyada 200 mingdan yangi korxona pay do bo‘ladi. Shu davrda tadbirkor jamiyatda ijtimoiy muhim o‘rin egallay boshlaydi, turli xil ma’muriy-huquqiy cheklovlar bekor qilinib, tadbirkorlikning xo‘ja!ik erkinligi keskin kengaytiriladi, biznes inkubatorlar, innovatsion parklar rivojlanib, axborot ta’minoti yaxshilanib, fuqarolaming biznes bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengayadi. O‘tgan asrning oxiri, joriy asrning boshlarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik, biznesning holatini 3. 1- jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni

( 8-rasm)
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes subyektlari jon boshiga (1000 kishiga) olganda AQShda eng yuqori - 74 taga yetgan boisa, Italiyada 68 tani, Yaponiyada 50 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichning nisbatan past darajasi Germaniyada (37 ta) va Fransiyada (35 tani) tashkil etgan. Ish bilan bandlikda kichik biznes salmog‘i Yaponiya va Italiyada yuqori (78 va 73 foiz), Germaniya va Buyuk Britaniyada past (46 va 42 foizni tashkil etgan). Lekin shuni ta’kidlash joizki, kichik biznes subyektlarining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi va ish bilan bandlikda hissasi jadvalda keltirilgan. davlatlar bo‘yicha keskin farq qilishiga qaramay, uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasining katta farq qilmasligi kichik biznesning mazkur mamlakatlarda mustahkam, barqaror o‘rin egallab olganidan darak beradi.
Tadbirkorlik O‘zbekistonda ham sezilarli rivojlanib, o ‘z taraqqiyotida ma’lum darajaga erishdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan iqtisodiyot va savdo-sotiqni erkinlashtirish, turli mulk shakllarini vujudga keltirish, raqobatni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Bu masalalarni hal qilish va, umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tadbirkorlik muhim rol o‘ynashi e'tirof etilib, respublikada tadbirkorlikni shakllantirish va yuksaltirish uchun zarur shart-sharoit yaratishga kirishildi. Birinchi navbatda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida tadbirkorlik tan olindi hamda uning shakllanishi va rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. 1991-yil 15-fevralda “0 ‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi birinchi qonun qabul qilindi va u tadbirkorlikning asosiy huquqiy bazasi bo‘lib xizmat qildi. Keyinchalik mazkur qonunga zarur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, u ancha takomillashtirildi hamda yana bir qator qonunlar va qarorlar, qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to‘ldirildi va quvvatlandi.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishida xo‘jalik erkinligining oshishi va ma’muriy-qonunchilik cheklovlarining qisqarishi, tadbirkorlik (avvalo, kichik, xususiy, qo‘shma tadbirkorlik)ning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, tadbirkorlik tashabbusining yangi imkoniyatlari va sohalarining ochib borilishi, soliq islohotlari va ma’muriy islohotlar ham katta yordam berdi. Mamlakatda sarmoya bozori va biznesni mablag‘ bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaydi, yangi moliya muassasalari va axborot ta’minoti rivojlandi, patent-litsenziya tizimi mustahkamlandi, xo‘jalik faoliyatining yangi turlari paydo bo‘ldi va kengayib bormoqda. Respublikada tadbirkorlikni tezroq oyoqqa turg‘azish, rivojlantirish, jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallab olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va ularni yaxshilash davom etmoqda. Ulardan eng muhimi va boshqa shart-sharoitlar uchun asos hisoblanadigani me’yoriy-huquqiy bazadir. Bu baza yildan-yilga kengayib, mustahkamlanib, takomillashib, rivojlanib bormoqda.

3.3 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi


Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiylik belgilardan biridir. Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin, chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-yillari oxirlarida vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» - deb ta‘kidlangan edi.


Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki, bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun moslashish, ―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi.
Shunga ko‘ra zamonaviy jahon xo‘jaligida kichik biznes mamlakatlar iqtisodiyotining eng dinamik rivojlanuvchi bo‘g‘inlaridir. Tashkiliy tuzilmalar orasida kichik biznes sub‘ektlarining texnik ta‘minoti shiddat bilan rivojlanib, ularning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorliklari tobora takomillashib bormoqda. Bunga mos ravishda ularning innovatsion imkoniyatlari ham kengayib, rivojlanmoqda. Pirovardda, ko‘pchilik o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun kutilgan natija namoyon bo‘ldi, bugungi kunda kichik biznes aholining o‘z ijtimoiy talablarini qondirishida yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, Markaziy va SHarqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlari uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish – bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida asosiy hal qiluvchi element hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik biznes rejali iqtisodiyot sharoitida ustun mavqeni egallagan yirik sanoat ishlab chiqarish majmualarining tanazzuli bilan yuzaga keldi va shu jihatdan ham kichik biznes – o‘tish davrining ―sinonim‖i sifatida tavsiflandi. Bunga yaqqol misol qilib, 1989-1994 yillarda birgina Bolgariyaning o‘zida kichik biznes sub‘ektlari soni 23000 dan 360000 taga yoki 15,7 martaga oshganligini ko‘rsatish mumkin. Bu holat Chexiyada yanada yuqori darajaga ega, ya‘ni, 1995 yilga kelib, mazkur mamlakatda kichik biznes mavjud xo‘jalik sub‘ektlarining 95 foizi, ayni paytda ijtimoiy mehnatda bandlarning 1/3 qismini o‘zida mujassam etgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati haqida mulohaza yuritar ekanmiz, bu borada 2000 yilning 15 iyunida Italiyaning Boloniya shahrida 46 mamlakat ishtirokida o‘tkazilgan konferentsiyada qabul qilingan ―Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha Boloniya xartiyasi‖ 6 da konferentsiya ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir qator ahamiyatli jihatlari e‘tirof etilganligini ta‘kidlab o‘tish joiz. Ushbu Xartiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy hayotdagi eng muhim qirralari sifatida, uning yangi ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaviy va mahalliy xo‘jaliklar rivojlanishida yetakchi mavqega egaligi, ijtimoiy hamjihatlikni ta‘minlash, tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy muammolar keskinligini yumshatish hamda aholi qo‘shimcha daromadlari manbai sifatida kambag‘allik darajasini pasaytirish kabilarga alohida urg‘u beriladi.
Umuman, ko‘pchilik xorij mamlakatlari iqtisodiyotida kichik biznesning o‘rni va hissasi juda salmoqlidir. Bu birinchi navbatda kichik korxonalar soni, unda band bo‘lgan xodimlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining hissasi bilan aniqlandi.
Fransiyada mayda hamda kichik biznes korxonalari bir-biridan tafovutlanib, mayda biznes hissasiga barcha korxonalarning 90,3 foiz va ish bilan band xodimlarning 20 foiz, kichik biznes hissasiga esa barcha ish bilan band xodimlarning 47,9 foiz to‘g‘ri keladi. Sanoatda yangi korxonalarning 97 foiz kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning roli qurilishda, savdoda, mehmonxona xo‘jaligi va umumiy ovqatlanishda, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida ayniqsa yuqoridir. Kichik biznesning ro‘yxatdagi har ikkinchi xodimi savdoda ishlaydi. Injener-qurilish ishlari sohasida kichik biznes hissasiga tovar aylanmasining yarmi to‘g‘ri keladi. Gollandiyada kichik korxonalar sohasi barcha xususiy korxonalarning 98,5 foizini qamrab oladi, bundan 90 foizi kichik korxonalar sirasiga kiradi. Kichik korxonalarda xususiy sektorda band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i ishlaydi. Hizmat ko‘rsatish sohasidagi bandlikning nisbatan yuqori darajasi bo‘yicha Niderlandiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni tutadi.
AQSHda keyingi yillarda kichik korxonalar (sotishdan tushgan mablag‘ miqdori 19 ming dollargacha bo‘lgan korxonalar) soni ikki baravar ko‘paydi va 10 mln.ga yetdi, barcha korxonalarning 95 foizi kichik korxonalardir. Kichik biznes yalpi milliy mahsulot o‘sishining yarmini tashkil etadi. Agar 80-yillarda 50 ta yirik korporatsiya 3,5 mln. ish o‘rnini qisqartirgan bo‘lsa, kichik biznes sohasida 20 mln. yangi ish o‘rni tashkil etilgan edi. 1988-1990 yillarda yangi ish joylarining o‘sishi to‘lasicha kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri keldi. Bir qator ekspertlarning fikricha, kichik firmalar ish faolligining pasayishi mamlakatda iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin
Buyuk Britaniyadagi firmalarning deyarli 96 foizi kichik biznes sohasiga taalluqli hisoblanadi. Ularga barcha ishchi kuchining 25 foizi hamda yalpi ijtimoiy mahsulotning tahminan 20 foizi to‘g‘ri keladi. Germaniyada 2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatib, ularda iqtisodiy jihatdan faol aholining qariyib 75 foizi mashg‘uldir. Bu korxonalar mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 50 foizini yetkazib bermoqda.
Umuman olganda, kichik sanoat korxonalari xalqaro federatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra kichik korxonalar hissasiga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tahminan 50 foizi, kapital qo‘yilmalarning esa 30 foizidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Kichik biznes hisobiga AQSH, Germaniya, Angliya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ish o‘rinlarining 2/3 qismi yaratiladi.
Quyida keltirilgan rasmdan ko‘rish mumkinki, odatda, barcha ish bilan band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i mayda va kichik korxonalarda ishlaydilar.
Turli hajmdagi korxonalar bo‘yicha ish bilan band bo‘lganlarning taqsimlanishi (foizda)

( 9-rasm)
Kichik korxonalarning investitsiyalar, qo‘shilgan qiymat va oborotning umumiy hajmidagi ulushi 20 dan to 60 foizgachani tashkil etadi, ya‘ni juda salmoqlidir.
Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznes hissasining bu qadar salmoqli ekanligi aslo uning o‘z rivojlanishida xech qanday to‘siq va muammolar yo‘qligini bildirmaydi. Bu sohaning rivojlanishida o‘ziga hos muammolar mavjud. Jumladan:  ko‘pincha ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish uchun talab qilinuvchi xususiy mablag‘lar hajmining yetarli bo‘lmasligi;
 bunday korxonalarning bozor kon‘yunkturasining o‘zgarishiga o‘ta sezgirligi va bog‘liqligi;
 o‘ta qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishning zarurligi;
 kichik biznes korxonalarining ayniqsa faoliyatning yangi sohalaridagi firmalarning doimiy ravishda yuqori tavakkalchilik sharoitiga amal qilishi;
 tashkil topish davridagi qator to‘siq hamda qiyinchiliklar va h.k.
Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish, faoliyat uchun qulay sharoit yaratish hamda turli to‘siqlar ta‘sirini cheklab turish maqsadida davlatning maxsus siyosati ishlab chiqilgan. Jumladan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi kichik korxonalarga nisbatan davlat siyosatining asosiy maqsadlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
 kichik korxonalarning rivojlanishi uchun qulay bozor sharoitlarini yaratish;
 bozor munosabatlarida tomonlarning o‘zaro teng huquqliligini qo‘llabquvvatlash;  raqobat muhitini hamda iqtisodiy faollikning xarakatchanligini ta‘minlash;
 yangi ish o‘rinlarini, ayniqsa ishsizlik muammosi keskinlashgan hududlarda barpo etish;
 raqobatning keskinlashuvi natijasida kelib chiquvchi ijtimoiy oqibatlarni, sarf-harajatlarni kamaytirish.
Gollandiyada kichik biznesga nisbatan davlat siyosatidagi asosiy holat bo‘lib shunday qoida hisoblanadiki, unga ko‘ra tadbirkor o‘z faoliyati uchun to‘la javobgar bo‘ladi, hukumat esa yordamchi rolni o‘ynaydi. Fransiyada kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi bandlikni oshirish va raqobatbardoshlikni o‘stirishdan iborat. U o‘z ichiga bevosita tartibga solishni, ish muhitini yaxshilashni, bilvosita yordamning turli ko‘rinishlarini oladi. Germaniya kichik va mayda korxonalarga nisbatan yurgizayotgan davlat siyosati ularning raqobatbardoshligini oshirish tadbirlariga, turli soliq-moliyaviy imtiyozlarga, shuningdek, ularni iqtisodiyotda bo‘lib o‘tayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga moslashishga asoslanadi. Bunda davlat yirik korxonalar bilan raqobatlashish uchun teng sharoitlar yaratib berishga intiladi. AQSH hukumati siyosatida kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, Amerika iqtisodiyotining rivojlanishida uning xizmatlarini e‘tirof etish sifatida maxsus umummilliy kichik biznes kunlari o‘tkaziladi. Kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga davlat tomonidan yondashuvining asosi - soliqlarning past darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi to‘la erkinligidir. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida hukumat tomonidan har yili 7 mlrd. AQSH dollari atrofida mablag‘ ajratiladi. So‘nggi yillarda yirik korporatsiyalar tomonidan aynan kichik korxonalarda samarali bajariluvchi ish va xizmatlarning ba‘zi turlarini ularga topshirish bo‘yicha siyosatning qo‘llanishi mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesning roli va ahamiyatining oshib borishiga olib keladi.
Kichik biznesning samarali rivojlanishida davlat tomonidan tartibga solish siyosati ishlab chiqilishining o‘zi yetarli emas. Har bir mamlakatda tarkib topgan tarkibiy-boshqarv tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu siyosatni samarali amalga oshiruvchi maxsus ijrochi va nazoratchi idoralar tizimi shakllantirilishi lozim. Jumladan, kichik korxonalar bo‘yicha siyosat uchun bevosita javobgarlikni Niderlandiya iqtisodiyot vazirligi tarkibidagi kichik biznesga xizmat ko‘rsatish va bozorni tartibga solish bo‘yicha Bosh direktorat olib boradi.
Italiyada so‘nggi yillarda yuqori havf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan kapitalga erishish imkoniyati bor korxonalarni moliyalashtirishga qiziqish ortdi. SHu maqsadda kichik korxonalarning yopiq turdagi investitsiya fondlari tashkil etildi. Bunday fondlar birjada ro‘yxatdan o‘tmagan korxonalarga mablag‘larni qo‘yadilar. Fondning kapitali davlat obligatsiyasi ko‘rinishida investitsiya qilinishi mumkin emas. SHuningdek, boshqa yopiq fondlar tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga investitsiya qilish ham ta‘qiqlanadi. Fondda o‘z aktsiyalarining ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalarning aktsiyalarini sotishdan foyda olish yopiq fondning maqsadi hisoblanadi.
Venchur kapitali Angliyada nisbatan faol rivojlanib bormoqda: uning hissasiga barcha Yevropa fondlari kapitalining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Venchur kapitali bozorida amal qiluvchi hamda sanoatga investitsiya kirituvchi, o‘zining maxsus bo‘linmalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliyaviy muassasalar («Investors in Industry») tashkil etilgan. Kichik firmalarning muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus Britaniya texnologik guruhi («British Technology Group») tuzilgan, qonunchilik xujjatlari sifatida «Venchur kapital sxemasi» va «Biznesni rivojlantirish sxemasi»ni ta‘qidlash mumkin. Bu sxemalar jamoat jamg‘armasi va xususiy omonat mablag‘larini investitsiya jarayonlariga jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ma‘lumki, kichik biznes faoliyatida hal qiluvchi omil - ish kuchi, uning mahorat va bilim darajasi, ishga ijodiy yondashuvini tadbirkorlik hislatlarini o‘zida mujassamlashtira olish qobiliyatlari hisoblanadi. Mamlakatdagi aholining ishbilarmonlik darajasini o‘stirishni rag‘batlantirish davlatning kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq, turli mamlakatlarda bu muammoni hal etishga turlicha yondashiladi. Masalan, Frantsiyada kasbiy ta‘lim berishning takomillashgan tizimi mavjud. Korxonalar ish haqi fondidan 1,5 foizni xizmatlarning kasbiy tayyorgarligi uchun sarflashga majburdirlar. Ta‘lim olish uchun sarf - harajatlarning ko‘payishi hollarida soliq imtiyozlari amal qiladi.
Niderlandiyada esa, xususiy ishini boshlovchilar maxsus kurslarda o‘qib, biznes-reja tuzish, ish yurtish uchun axborot olish va shu kabilar bo‘yicha ma‘lumot oladi.
Bu yerda «Minikorxonalar fondi» ham amal qilib, uning vazifasi o‘qish davomida o‘z kichik korxonasini ochgan 16-25 yoshdagi talabalarni qo‘llab - quvvatlash hisoblanadi. Boshqa bir qiziqarli dastur, bir qancha yirik kompaniyalar tomonidan moliyaviy yordam olib, kichik korxonalarga boshqaruvchi sifatida yordam beruvchi nafaqaxo‘rlarga haq to‘lashdan iborat.
Italiyada kasbiy o‘qitish davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Italiyada keng tarqalgan mikrokorxonalarning xodimlari orasida bilim, mahorat va tajriba bevosita ish joyida to‘lanadi - yosh xodim tajribani o‘z hamkasblaridan o‘rganadi.
Shunday qilib, o‘rganish o‘z - o‘zidan yuz beruvchi o‘ziga xos jarayonga aylanib, u hech qanday sertifikatga ega bo‘lishga olib kelmaydi.
Shunday bo‘lsada, Italiyada yosh tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar amal qiladi. Ular tomonidan tashkil etilayotgan firmalar moliyaviy jihatdan ustunliklarga ega bo‘ladilar - ularga ajratilgan mablag‘larning 50 foiz gachasi asbob - uskunalarni sotib olishga yo‘naltirilsa, 15 foiz uzoq muddatli kredit ko‘rinishida taqdim etiladi. Yana ular uchun noishlab chiqarish sarflarini qoplash maqsadida ikki yillik yordam ko‘rsatiladi.
Bu ustunliklardan to‘la me‘yorda foydalanish uchun korxona tashkil etish hamda amalga oshiriluvchi loyiha ishlab chiqarish kerakki, unda sheriklarning yoshi ko‘rsatilishi, firma faoliyat ko‘rsatuvchi bozorning tahlili berilishi lozim. Firmaning faoliyati ustidan davriy auditorlik nazorati ko‘zda tutiladiki, qonunning qo‘pol buzilishi hollarida imtiyozlar bekor qilinishi mumkin.
Kichik biznes korxonalari iqtisodiyotda raqobat muhitining shakllanishidagi rollari to‘la amalga oshirilishlari hamda unda sezilarli ta‘sir o‘tkaza olishlari uchun ma‘lum shart-sharoitlarga ega bo‘lishlari lozim. Jumladan, bu sohaning samarali faoliyat ko‘rsatishida unga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi masalalarining ahamiyati beqiyosdir. Bu borada ko‘plab xorijiy mamlakatlarda jumladan, AQSHda ham ancha taraqqiy etgan tizim amal qiladi: kichik biznesga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash ko‘plab nohukumat va jamoat tashkilotlari tomonidan ham amalga oshiriladiki, ular qatoriga kichik biznes manfaatlarini ilgari suruvchi kichik biznes uyushmasi; 40 dan ortiq milliy tashqi savdo uyushmalari; 3,5 mingdan ortiq milliy savdo tashkilotlari, 40 mingdan ortiq mahalliy tashkilotlar, klublar va guruhlar kiradi.
Fransiyada texnoparklar yoki inkubatorlarni tashkil etish bo‘yicha umummilliy siyosati mavjud emas. Bu borada tashabbus mahalliy hokimiyatlar qo‘lida. Ularning turli ko‘rinishlari mavjud: o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari, xizmat ko‘rsatish, yerni ijaraga berish va hokazo.
Niderlandiyada 36 ta savdo palatasi mavjud. Barcha firmalar savdo palatasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari va har yillik badalni to‘lashlari lozim. Palatalar hukumatdan subsidiyalar olmaydilar. Ular asosiy faollikni konsalting xizmatlari ko‘rsatish borasida namoyish etadilar. Bevosita o‘qitish, maslahat berish va kengash xizmatlarini ko‘rsatish borasida 12 mintakaviy institutlardan iborat tarmoqqa ega bo‘lgan mustaqil tashkilot-kichik korxonalar instituti faol shug‘ullanadi.
Yaponiyada 500 ta mahalliy savdo-sanoat palatasi hamda ularning filiallari kichik biznesga turli ko‘rinishdagi moliyaviy, maslahat berish kasbiy jihatdan tayyorlash yordamlarini ko‘rsatadilar. Davlat kichik biznes faoliyatini Kichik biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya va «Soko-Chukin Banki» orqali byudjetda jamg‘ariluvchi kichik korxonalarni qo‘llab - quvvatlashning maxsus fondi hamda xalq fondi orqali moliyalashtiradi.
Shuningdek, Yaponiyada kichik biznes uchun keng imtiyozli soliq tizimi qabul qilingan bo‘lib, u quyidagilarni ko‘zda tutadi: yakka tartibdagi kompaniyaning soliqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadidan korxona egasi va uning oila a‘zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha shartli miqdorini (mazkur kasb uchun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha stavka darajasida) chegirib tashlash; kichik korxonalar uchun soliqlarning quyi stavkalari; kichik korporatsiyalar foydasining bir qismini soliqqa tortishdan ximoya qilish. Agar kompaniya davlatning ustuvor dasturlaridan (ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mahsulotni ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash va b.) birida ishtirok etsa, qo‘shimcha soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, davlatning keng miqyosdagi har tomonlama tartibga solish tizimisiz bu sohaning samarali amal qilishiga o‘z imkoniyatlarini namoyon etilishiga erishib bo‘lmaydi:
 bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda kichik biznes samarali rivojlanishini davlatning ishtirokisiz ta‘minlab bo‘lmaydi;
 xorijiy mamlakatlar tajribasi davlat tomonidan tartibga solishda tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, moddiy va ma‘naviy-iqtisodiy tadbirlarni qamrab olishi zarurligini ko‘rsatdi;
 bu tadbirlar va ularni amalga oshirish vositalari mamlakatning milliy xususiyatlari, iqtisodiyotning holati, vujudga kelgan ijtimoiy-ruhiy vaziyat, iqtisodiy madaniyat darajasi va boshqa iqtisodiy muhit hamda sifat omillari hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
Shunga ko‘ra, har bir mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham, iqtisodiyotning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kichik biznesni davlat tomnidan tartibga solishning samarali chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishi va doimiy ravishda takomillashib borishi kerak.

4. QISHLOQ XOʻJALIGIDA TADBIRKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNI AMALIY-NAZARIY ASOSLARINI TASHKIL ETISH


4.1 Agrar sohada tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish


O’zbekiston Respublikasida milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida uning mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlikning rivojlanishi bozor islohotlarini amalga oshirish bilan hamohang rivojlanmoqda.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida tadbirkorlik shakllari aholini ish bilan bandligini ta’minlashning rivojlanib borishida hal etuvchi rol o‘ynaydi. Tadbirkorlikdagi xususiy tashabbuskorlik, omilkorlik hozirgi zamon iqtisodiy jarayonida harakatlantiruvchi kuchdir. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib borish har qanday bozor islohotining bosh yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyati va ahamiyatli jihatlaridan biri uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining doimiy ravishda o‘sib borishidir. O’zbekiston respublikasida 2000 yil 31 foiz 2021 yilga kelib 54,2 foizi va iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 82 foizidan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining kichik tadbirkorlik sube’ktlaridagi ulushining Respublika va viloyat ko‘rsatkichlari 1,5-2,0 foizga farq qilgan holda rivojlanmoqda.
Hozirgi zamon ijtimoiy hayotida unga amaliy ehtiyoj sezmaydigan birorta xo‘jalik faoliyati topilmaydi. Tadbirkorlik har qaysi mamlakatda va uning ayrim hududlaridagi aniq demografik va iqtisodiy holatlarni hisobga olgan holda rivojlanadi, tadbirkorlik yo‘nalishining rivojlanishi esa aniq holatdagi mamlakatimiz iqtisodiyotning amaliy vazifalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 - son Farmonida keltirilgan maqsadlaridan biri tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish hamda Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.
Ayiniqsa agrar sohada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish mamlakitimizning muhim vazifalaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng muhim sohalardan biridir. Aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligi barcha kishilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash bilan birga, ularni ish bilan band qiladi. Buni amalga oshirish tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohasi bilan birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq. Ushbu hamkorlik iqtisodiyotning barqarorlashuvi hamda global iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Global iqtisodiy rivojlanishda tadbirkorlik qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari va bu bilan bog‘liq xavflar tufayli bir qator muammolar, qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladi. Shu bois qishloq xo‘jaligida yuqori samarali, raqobatbardosh tadbirkorlik foaliyatini shakllantirish zarur.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarining yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va ish bilan bandlikni ta’minlash darajasining o‘sib borishi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy korxonalarning afzalligi, mamlakat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini oshib borayotganini ko‘rsatadi. Jumladan, jaxon mamlakatlarida aholinnig katta qismi kichik biznes sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, Xitoyda 80%, Yaponiyada 48%, AQShda 50% aholi, O’zbekitonda esa 78 foiz aholi kichik tadbirkorlik sohasida band. Jaxon mamlakatlarida kichik tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ulushi ham yuqori darajada, jumladan, Xitoyda 60%, Italiyada 68%, Germaniyada 53%, Koriyada 48%, AQShda 50%, Rossiyada 21% ni, O’zbekistonda esa 56 foizni tashkil qiladi. Xar bir 1000 aholiga tug‘ri keladigan tadbirkorlik sub’ektlari Yevropa ittifoqida 57 birlikni, AQShda 90 birlikni, Rossiyada 27.2 birlikni, O’zbekistonda esa 22 birlikni tashkil qiladi.
Statistik ko‘rsatkichlariga ko‘ra rivojlangan, iqtisodiy barqaror mamlakatlarda kichik biznes va xususiy korxonalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining mamlakatlar o‘rtasidagi farqi 5-10 foizni tashkil qilib, O’zbekistonda esa ushbu ko‘rsatkich 15-17 foiz farq qilishini ko‘rishimiz mumkin. Respublikada hamda viloyatlar bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushlarining tebranish doirasi past emas. O’zbekiston respublikasida yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi kam bo‘lsa-da, ammo aholining 55 foizi qishloq joylarda yashaydi. Shu bois qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyati mazmunini cho‘qurlashtirish va takomillashtirish zarur.
O’zbekiston respublikasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesnining ulushi

(10-rasm)

O‘zbekiston Respublikasida 3260,7 ming gektar ekin maydoni mavjud bo‘lib, 2000 yilga nisbatan 10 foizga kamaygan. Ammo qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2021 yilda 302524,9 millliard so‘mni tashkil qilib, 2000 yilga nisbatan 218,1 punktga oshgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 98,2 foizni tashkil qilib, unda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 299280,0 milliard so‘mni tashkil qilgan. Qishloq xo‘jalik korxonalari har ming gektardan 92,8 milliard so‘mni tashkil qilib, 2000 yilga nisbatan 252,2 punktga oshgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshib boryotgan bo‘lsada, mulkchilik shakllariing o‘zgarishi qishloq aholisining ishsizlik darajasi oshib bormoqda. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik sohasi mutaxassislarida tadbirkorlik qobilyatining shakllanmaganligi oqibatida, boshqa tarmoqlardan tadbirkorlar kirib kelishi kuchaydi. Yillar davomida ushbu soha mutaxassislarining kamayib borishi qishloq xo‘jaligi tadbirkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.


A.N.Asaul fikricha, tadbirkorlik- bu iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning mohiyati bozor almashinuvi orqali o‘z a’zolarining o‘ziga xos ehtiyojlariga bo‘lgan jamiyat talabini rag‘batlantirish va qondir ishdan iborat bo‘lib, bozor muvozanati buzilishi orqali raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lishga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik ma’lum bir sub’ektlar va tadbirkorlik faoliyatining ob’ektlari ishtirokini o‘z ichiga oladi. I.V. Ukrainsevaning so‘zlariga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – bu xo‘jalik faoliyatini olib boradigan va to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladigan tadbirkorlarning o‘zlari.
Rossiyaning "Bosh direktor" jurnali [9] ikkita asosiy global muammo yo‘nalishini etirof etadi:
➢ oziq-ovqatga muhtoj kishilarning darajasi va agrar munosabatlarning qoloqligi. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘z qishloq xo‘jaligi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaydi va oziq- ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Shu bois ko‘pchilik ochlikdan aziyat chekmoqda. Zero, ishlab chiqarish hajmi o‘sib borsa-da, och odamlar soni hali ham ko‘pchilikni tashkil qiladdi. Birlashgan millatlar tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra 2021 yil 1 1 yanvardagi ma’lumotiga ko‘ra1 hozirgi paytda dunyodagi nochorlar soni taxminan 1181,25 million kishini tashkil etadi, bu umumiy aholining taxminan 15 foizini tashkil qiladi. Dunyo aholisining 60 foizi Osiyo mamalakatlariga tug‘ri kelishinini hisobga olsak, ushbu mamlakatlarda birlamchi ehtiyojlarni qondira olmaydigan aholi soni ko‘pligini anglatadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda yashash minumimidan kam daromad ega kambag‘allar, jumladan, Rossiyada 17,6 mln.(12.1%),2 . Yevropa ittifoqida kambag‘allar soni 85 mln.(17%) kishi, Amerika Qo‘shma shtatlarida 40 mln. kishini tashkil qiladi3 . Shu nuqtai nazardan, bu muammo birinchi va eng muhim hisoblanadi.
➢ Ikkinchi dunyo muammosi agrar munosabatlar bilan bog‘liq. U turli mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi rivojlanishidagi farq tufayli paydo bo‘lgan. Ba’zi mamlakatlarda yangi yuqori samarali texnologiyalar va o‘sish usullarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi sohasi yuqori darajada. Ammo ayrim mamlakatlarda o‘tmish qoldiqlaridan kelib chiqqan holda bozor munosabatlariga mos mulkchilik shakllari va munosabatlari tug‘ri yo‘lga quyilmagan. Ushbu bo‘shliq mamlakatlar o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi munosabatlarida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu holat O’zbekiston respublikasiga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari bir necha asosiy vazifalarni bajarib kelmoqda. Yangi ish joylarini tashkil etib, iqtisodiyotdagi kerakli tarkibiy o‘zgarishlarining ijtimoiy xarajatlarini tenglashtirib kelmoqda. O’zbekistonda ham bozor iqtisodiyotining amal qilish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va bu borada xorijiy davlatlar tajribasini izchillik bilan o‘rganishimiz zarurligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, davlat va mahalliy hokimiyatlar tomonidan olib borilayotgan demokratik jamiyat qurish, to‘laqonli faoliyat yurituvchi va xususiy mulkchilik ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini bunyod etishga qaratilgan iqtisodiy siyosat, bugungi iqtisodiy rivojlanish strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘lishi lozim.
Kichik tadbirkorlik nafaqat iqtisodiy ahamiyatga balki ijtimoiy ahamiyatga ham egadir, uni quyidagilarda ifodalash mumkin:
− kichik tadbirkorlikning rivojlanishi mehnatga yaroqli aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
− ishlab chiqarishda band bo‘lgan aholining moddiy manfaatdorligini o‘sib borishini ta’minlaydi;
− kichik tadbirkorlik rivojlanishi aholi o‘sib kelayotgan ehtiyojlarini to‘la qondirishni ta’minlaydi;
− kichik tadbirkorlik ishga yaroqli fuqarolarning layoqatini amalda to‘laroq ko‘rsatish imkonini va jamiyatda o‘rta hol mulkdorlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Agrosanoat majmuida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyotiga mos turli mulkchilikga asoslangan tadbirkorlik sub’ektlari shakllandi. Ayrim mulk sub’ektlari xususiylashtirilib, xususiy–yakka, xususiy-jamoa tadbirkorlik shaklllariga aylantirib borilmoqda. Agrosanoat majmuining qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida avval jamoa (shirkat) xo‘jaliklari, ularning tarkibida fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2006 yil fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida” gi farmoni asosida zarar ko‘rib ishlayotgan past rentabelli shirkat xo‘jaliklari (ixtisoslashgan shirkat xo‘jaliklaridan tashqari) tugatilib, fermer xo‘jaliklariga aylantirildi.
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlarining meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 14-son qarori asosida fermer xujaliklariining yerlari optimallashtirilib, qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining o‘lchamlari ularning faoliyat ko‘rsatish sohasiga qarab quyidagicha belgilanadi:
➢ paxta va g‘allachilik qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining eng kam miqdori – 100 gektar;
➢ g‘alla va sabzavotchilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining eng kam miqdori – 20 gektar;
➢ bog‘dorchilik va uzumchilik korxonalari yer uchastkalarining eng kam miqdori – 10 gektar;
➢ Sabzavotchilik va bog‘dorchilik korxonalari yer uchastkalarining minimal hajmi 5 gektarni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jalik sohasida tadbirkorlik faoliyati tadbirkorning bilim tajribasidan tashqari davlat siyosati va qishloq xo‘jaligining hususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan, bu holat qishloq xo‘jaligida mulkchilik shaklanishiga asos bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi madaniy –maishiy, savdo ob’ektlar xususiylashtirilib, xususiy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida faoliyat olib bordi, ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’ektlari MTP, MMTP, o‘g‘it bilan ta’minlash, urug‘lik bilan ta’minlash, yoqilg‘i moylash materiallari bilan ta’minlash korxonalari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ishlab chiqarish hajmi hamda tenologik jihatdan yirik bo‘lganligi sababli hissadorlik jamiyalartiga aylantirildi. Mazkur sohada faqat meva-sabzovot mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari shakllandi.
Agrosanoat majmuida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarinig mulkchilik shakllari tizimi

(11-rasm)

Argrosanaot majmui sohalaridagi turli mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik sub’ektlarining bir-biriga bog‘liq holdagi faoliyati agrar munosabatlarni vujudga keltiradi.


Agrar munosabatlar bu–kishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish va qishloq xo‘jaligi vositalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turlituman sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Agrar sohadagi barcha iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati agratadbirkorlikning shakllanishiga olib keladi, zero agrotadbirkorlik boshqa tarmoqlardagi tadbirkorlik harakatidan farq qiladi. Chunki mazkur sohaning markazida yer munosabatlari bilan bog‘liq holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish yotadi. Bu esa agrosanoat majmuida xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini anglatadi.
Shu o‘rinda qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasi ko‘rsatkichlarini hamda ish bilan bandlikni oshirish uchun viloyat va uning tumanlarida tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlar oshirilishi zarur. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va mavjud mehnat resurslarining harakatchanligini ta’minlash, kasb-malakasini oshirish, kishilardagi mavjud tajribasini saqlab qolish muhimdir. Buning uchun bizning fikrimizcha, mehnat resurslarini ikki yo‘nalishda malaka oshirish tizimini shakllantirish tadbirkorlar o‘rtasida hamda qishloq mehnat bozorida mehnat resurslari o‘rtasidagi raqobat, shuningdek mehnat resurslari va tadbirkorlar o‘rtasida ham raqobat muhitini yaratish imkonini beradi. Ushbu holatni shakllantirish uchun kadrlarni bosqichma-bosqich malaka oshirish va qayta tayyorlash mexanizmini joriy qilish lozim.
Qishloq xo‘jaligida kichik tadbirkorlikning sohalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimi

(12-rasm)
4.2 Agrar sohadagi islohotlar va tadbirkorlikning rivojlanishi
Qishloq xo`jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatimizni esa xom-ashyoga bo`lgan talabini qondirishi xech kimga sir emas. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz toʻkin, xalqimiz rizqi moʻl-koʻl boʻlishidan tortib, eksportdan qoʻshimcha daromad topishgacha boʻlgan juda koʻp masalalar aynan shu sohani rivojiga bogʻliq. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Jumladan keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham oʻylab, uzoqni koʻzlab islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish vazifasini qoʻymoqda. Shu maqsadda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasi ishlab chiqildi. Bu iqtisodiyotimizning asosiy oʻsish nuqtasi boʻlishi bilan birga ming-minglab ish oʻrinlari yaratilishiga, odamlarning daromadi oshishiga xizmat qiladi. Yer egalari unumdorlik va hosildorlikni oshirish maqsadida yerga investitsiya kiritishga intilishi uchun ularning ertangi kunga toʻla ishonchi boʻlishi kerak. Shu bois davlatimiz rahbari qonunchilikni butunlay yangilab, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga boʻlgan huquqning kafolatlanishini, yerning daxlsizligini taʼminlash, yerga boʻlgan munosabat tushunchasini huquq sohasiga kiritish zarurligini ko’p marta taʼkidlab o’tganliklari bejizga emas. Bu nafaqat aholi bandligi, eksport, balki byudjetga qoʻshimcha daromadlar tushumini ham taʼminlaydi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti amalda o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi, yanada qulay muhit yaratildi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda. Mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi.
Yurtimizda mustaqillikka erishilgandan so`ng har bir shaxs o`z huquq va erkinliklarini yaxshi anglab etmoqda, o`z qiziqish va intilishlarini amalga oshirish uchun harakat qilmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar va shug`ullanish istagida bo`lganlar uchun ham keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilinmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikamizda ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Shu bilan birga, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to‘liq xabardor emasligini, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli darajada ortda qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda xamon ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan  koronavirus pandemiyasi sharoitida bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy ko‘makchi bo‘lishini ta'minlash masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishlarida jahon iqtisodiyotida boshlanayotgan inqiroz holatlarini hisobga olib, banklarning loyihalar portfelini tanqidiy ko‘rib chiqish, ya'ni, hali boshlanmagan, uzoq muddatli loyihalarni aniqlab, ularni joriy yilning o‘zida samara berishni boshlaydigan yangi loyihalarga almashtirish zarurligi, joriy yilda Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank orqali bandlikni ta'minlash dasturlariga 4 trillion so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi, shuningdek, inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi orqali tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratilishi, ushbu mablag‘lar ko‘plab yangi loyihalarga asos bo‘lish zarurligini, asosiy o’rg’uni birinchi navbatda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kichik biznes va hunarmandchilik loyihalariga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini,karantin davrida ham agrar sohadagi ishlar to‘xtamaganini hisobga olib, qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga biriktirilgan tijorat banklari hozirning o‘zida yangi loyihalarni ko‘paytirishlari lozimligi qayd etganliklarini alohida ta’kidlash lozim.
Yaqindagina Prezidentimiz tomonidan “Qishloq xo’jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qo’shimcha chora –tadbirlar to’g’risida” gi qarori qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan. Qarorda 2020-yil 4-avgustda O‘zbekiston respublikasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shimcha 46,2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit, qishloq xo‘jaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSh dollarini ajratilishi, bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSh dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSh dollari miqdoridagi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 4,5 mln AQSh dollari miqdorida kreditlarni yo’naltirilishi yuqoridagi fikrlarimizni mantiqiy davomi desak aslo yanglishmaymiz.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra mamlakatimizda 16 million 890 ming 700 kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan ekanmiz eng avvalo maqsadli kreditlarni aholiga berish tizimini yo’lga qo’yishimiz lozim bo’ladi. Shu maqsadda tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, fermer va dehqon хoʻjaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagilar uchun ajratilmoqda:

  • shaхsiy tomorqa va dehqon хoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqхonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq хoʻjaligi inventari va uskunalari, sugʻorish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) хarid qilish uchun;

  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va хom ashyo хarid qilish maqsadida va hokazo.

Shuningdek “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga mufoviq mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.
Agrar sohadagi hamkorlik istiqbollariga xam alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada jahon agrar fanida AQSh asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu davlat bugungi kunda qishloq xo‘jaligi amaliyoti rivoji uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, tejamkor innovatsion texnologiyalarni fermer xo‘jaliklariga keng tatbiq qilish bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchilikka erishgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu borada ikki mamlakat o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlikning imkoniyatlari juda keng bo‘lib, uni rivojlantirish yurtimiz agrar sektori rivojida oqilona foydalanish, ayniqsa, fermerlarimiz uchun o‘zbek-amerika hamkorligi doirasida ko‘plab loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR


Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin tadbirkorlik iqtisodiy kategoriya, bozor iqtisodiyotining muhim elementi sifatida o‘rta asrlardan boshlab hozirgi kunga qadar jamiyatda o‘z o‘rnini egallab kelmoqda. Tadbirkorlik kishilar harakati va mehnati orqali vujudga kelsada, u mehnat resurslaridan ajralib alohida ishbilarmon kishilar guruhini mujassamlashtirdi. Ushbu guruh kishilari tadbirkorlikning rivojlanish jarayonida ishlab chiqarishni tashkil etish, uni ishlab chiqarish resurslarini bilan ta’minlash, tavakkalchilik asosida ish yuritish, foyda olishni ta’minlash, innovatsiya yangiliklaridan foydalanish xususiyatlarni o‘zlashtirdi. Ushbu jihatdan yondashadigan bo‘lsak, tadbirkorlik foyda olish maqsadida innovatsiya va tavakkalchilikka asoslangan holda resurslarni birlashtirish va harakatga keltirish, boshqarish jarayonini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish, hizmat ko‘rsatish faoliyatidir.


Agrosanoat majmuida ham tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o‘zgartirmagan holda xususiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy bog‘liqlikda rivojlanishini ta’minlaydi. Bu ijtimoity-iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlarini yerga, qishloq xo‘jaligining mavsumiyligini, tabiiy iqlim sharoitlariga va agrosanoat majmuidagi tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi.
Agrosanoat majmuida xususiy va jamoa mulki asosida xususiy yakka va xsusiy jamoa tadbirkorligi shakllandi. Agrosanoat majmuida xususiy - yakka tadbirkorlik quyidagi yo‘nulishlarda rivojlandi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaligi; xizmat ko‘rsatish sohasida madaniy-maishiy, savdo, pullik xizmat yo‘nalishlarida; qayta ishlash sohasida meva-sabzavot, gusht va sutni qayta ishlovchi kichik korxonalar va donni qayta ishlovchi yakka tadbirkorlik sub’ektlari rivojlandi. Xususiyjamoa shaklida esa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ayrim ixtisoslashgan shirkat xo‘jaliklari, agrofirmalar, urug‘lik, yoqilg‘i, ug‘it, suv ta’minoti va texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonlar, yirik texnologik asosga ega bo‘lgan qayta ishlovchi korxonalar.shakllanadi.
Tadqiqot ishida agrosanoat majmuida kichik tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishga qaratilgan quyidagi ilmiy takliflarni tavsiylar ishlab chiqildi:
- Agrosanoat majmuida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish asosan ikki yo‘nalishda: qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishi ko‘rinishida bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sohasi ularning rivojlanishiga bog‘liq. Shu sababli, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarning moddiy bazasida infratuzilma yo‘nalishlari bo‘yicha kooperatsiyani tashkil etish maqsadga muvofiq.
- xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishni ko‘paytirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnika, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish lozim.
- tumanlaridagi agrofirmalar mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirish lozim. Bunda barcha tumanlardagi agrofirmalar ish faoliyatini qayta tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozori talablari darajasiga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur bo‘ladi.
- tarmoqlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish hamda tarmoqlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarur. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qishloq xo‘jaligidagi faoliyati umumiy ulushini 60 foiz atrofida bo‘lishini ta’minlash orqali, qolgan tarmoqlardagi kichik tadbirkorlik faoliyatini ulushini orttirib borish zarur.
- Agrosanoat majmuida asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlar sifatida fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatadi. Dehqon xo‘jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdan ko‘ra, chorvachilik mahsulotlari shlab chiqarish salmog‘i yuqori. Fermer xo‘jaliklari dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallaydi, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish esa, faqat oilaviy sharoitda norasmiy holda rivojlanmoqda. Bu ikkala xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati bir-biriga bog‘liq holda rivojlanish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatadi va bu qayta ishlash sanoati kirib kelishini kuchaytiradi.
Ushbu faoliyat ko‘lamini rivojlantirishda, birinchidan, fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni rasmiy holatga o‘tkazish va yer maydonlarida yem-xashak yetishtirish imkoniyatini yaratish. Shuningdek, dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan yem-xashak va boshqa mahsulotlarni sotish shoxobchalarini tashkil etish lozim. Ikkinchidan, dehqon xo‘jaliklarini norasmiy sektordan rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish va ularda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. http://lex.uz.


2. O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 y, 21 dekabr
3. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi isloxotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me‘yoriy xujjatlar to‘plami. I-tom. -T.: O‘qituvchi. 1998. 416 b.
4. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.: «O‘zbekiston», 1999 y.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni
6. Мирзиѐев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. Халқ сўзи газетаси 2017 йил 16 январ, № 11.
7. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. http://uza.uz/oz/politics/erkin-va-farovon-demokratik-zbekiston-davlatinimard-va-olizh-14-12-2016
8. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://president.uz/uz/lists/view/1371 66
9. Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.
10. Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 168 с.
11. Абдуллаев О. Наманган вилояти. Наманган, 1994 й. 148 б.
12. Абдуллаев О. Фарғона водийси: ижтимоий-иқтисодий ривожланиш жараѐнлари. -Наманган.: Меҳнат, 1991.-215 б.
13. Абдуллаев О., Исмоилов Р. Кичик ва ўрта бизнесни бошқариш. – Наманган, 2001. -115 б.
14. Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари: 100 савол ва жавоб. Т.: «Меҳнат», 2000. 186 б.
15. Зяблюк Н.Г. Государство и малый бизнес США. Социальнополитический аспект. М.: Наука, 1987. 242 с.
16. Мирзаева Ш.М. ва бошқ. Ўзбекистонда ишбилармонлик ва тадбиркорликнинг ривожланиши. Тошкент. 1999 й. 156 б.
17. Курс предпринимательства. /Учебник для вузов. –М.: «Финансы», ЮНИТИ, 2001
18. Лебедова С.Ю. Регулирование и поддержка малого и средного предпринимательства в ЕС и России. Манбаа: http://www.dis.ru/mang/arxiv/2001/1/6.html
19. Никологорский Д.Ю. О методах государственной поддержки малого и средного бизнеса. Журнал ―Проблемы теории и практики управления‖. № 11, ноябрь, 2006 г.
20. Рубе В.А. Малый бизнес: История, теория, практика. – М., МГУ, 2000. с.78.
21. Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. Ресурсный центр малого предпринимательства http://www.lib.rcsme.ru
22. Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт. Т.: Университет, 2003 й, 366 б. 67
23. Солиев А, Назаров М, Қурбонов Ш.―Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоийиқтисодий ривожланиши‖. Т.: 2011, 300 б.
24. Солиев А. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиѐти [Матн]: танлаган асалар / А.Солиев; маъсул муҳаррир: О.Б.ОтаМирзаев. – Тошкент: Камалак. 2013. -184 б.
25. Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б.
26. Тореев В.Б., Вороновская О.Е. Эффективность программ поддержки малого предпринимательства. – М., Журнал «Экономическая наука современной России», № 3, 2002 г. Стр. 73-87.
27. Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. /илмий таҳлилий журнал, -Т.: 2005 йил, № 3-4.
28. Егамбердиев э., Хўжақулов Х. Кичик бизнес ва тадбиркорлик. –Т.: ТМИ, 2003. 246 б.
29. Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 214 б.
30.1. http://www.gazeta.uz - O`zMAA internet-OAV.
30.2. http://www.ziyonet.uz – O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim portali
30.3. http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi axborot bilan ta‘minlash markazi.
30.4. http://www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
30.5. http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi.
30.6. http://kun.uz/
30.7. http://www.rea.uz
30.8. http://www.humanities.edu.ru
30.9. http://www.rcsme.ru/lib.as
Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə