2. Ablyativus bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
cum (bilan) extracto - ekstrakt bilan
ex (-dan) aqua - suvdan
pro (uchun) injectionibus - ineksiya uchun
Retsept Recipe (Ol) fe’lidan boshlanadi. Har bir dori-darmon yangi qatordan yoziladi. Qatorning boshlanishida Recipe: dan keyin dorivor modda va o‘simlikiar nomi bosh harf bilan boshlanadi. Dorivor moddalarning nomlari qaratqich kelishligida yoziladi.
Masalan: Recipe: Infusi herbae Thermopsidis 0,1- 100 ml.
Liquoris Ammonii anisati 1 ml.
Natrii benzoatis 0,6.
Sirupi Althaeae 20 ml.
Misceatur. Detur. Signetur.
Qattiq va sachratuvchi dorivor modallar miqdori grammlar bilan belgilanadi «gramm» so‘zi yozilmaydi, uning raqami o‘nli kasr bilan ifodalanadi.
Masalan: Recipe: Unguenti Zinci 30,0
Recipe: Extracti Belladonnae 0,015
Suyuq dorilarning miqdori millilitrda beriladi:
Recipe: Olei Vaselini 30 ml. (30,0)
Recipe: Extracti Crataegi fluidi 20,0
Suyuq dorivor preparatlarning miqdori 1 ml kam bo‘lsa u tomchilarda dozirovka qilinadi va birlikda akkuzativda (guttam), ko‘plikda (guttas) yoziladi.
Ikkita yoki bir nechta dorivor moddalar teng miqdorda berilsa uning dozasi oxirgi dorivor moddadan so‘ng ko‘rsatiladi va raqam oldida ana (tengma –teng) so‘zi yoziladi.
Recipe: Amidopyrini.
Analgini ana 0,25.
Da tales doses numero 32 in tabulettis.
Signa.
Dostları ilə paylaş: |