Nazorat savollari
1. Retseptning lotincha qismi qaysi so‘z bilan boshlanadi?
2. «Repete» so‘zi qaysi maylda ishlatiladi?
3. «Da tales doses» ning shart mayli qanday yoziladi?
11.3. Retsepda ko‘makchinig ishlatilishi
Lotin tilida ko‘makchilar ikkita kelishik: akkuzativ va ablyativda ishlatiladi.
1. Akkuzativda qo‘llanadigan ko‘makchilar:
ad (gacha, uchun, ichida) 20,0 - 20,0 gacha
ad usurn internum - ichkariga qo‘llash uchun
ad vitrum nigrum - qora shishada
contra (qarshi) tissum - yo‘talga qarshi
per (orqali) os - og‘iz orqali
per inhalationem - ingalyatsiya yordamida
post (keyin) mortem - o‘limdan so‘ng
Dostları ilə paylaş: |