Nazorat savollari
1. Oksidlar qanday yasaladi?
2. Tuzlar qanday yasaladi?
3. Uglevodorodlar qanday yasaladi?
11.7. Retsepturada qisqartmalar
Shifokor retsept yozib berar ekan, qabul qilingan qisqartmalardan foydalanadi. Dori shaklining nomlari, o‘simlik qismlarining nomlari, standart retseptura formulirovkalari qisqartiriladi. Dorivor moddalar va o‘simliklarning nomlari qisqartirilmaydi.
Retsepturada qo‘llaniladigan muhim qisqartmalar
Qisqartma
|
To‘liq yozilishi
|
Ma’nosi
|
aa
|
ana
|
teng miqdorda
|
ac, acid
|
acidum
|
kislota
|
ad us. ext.
|
ad usum externum
|
sirtdan qo‘llash uchun
|
ad us. int.
|
ad usum internum
|
ichdan qo‘llash uchun, ichish uchun
|
aq.
|
aqua
|
suv
|
aq. dest.
|
aqua destillata
|
distillangan suv
|
comp., cps., cpt.
|
compositus, a, um
|
murakkab
|
concentr.
|
concentratus, a, um
|
konsentrlangan
|
cort.
|
cortex
|
po‘stloq
|
D.
|
Da. Detur. Dentur.
|
Ber. Berilsin.
|
dec., det.
|
decoctum
|
qaynatma
|
dil.
|
dilutus, a, um
|
suyultirilgan
|
D.t.d.
|
Da (Dentur) tales doses
|
Shunday dozalarda ber
|
Div. in p. aeq.
|
Divide in partes aequales
|
Teng qismlarga bo‘l
|
empl.
|
emplastrum
|
plastir
|
emuls.
|
emulsum
|
emulsiya
|
extr.
|
extractum
|
ekstrakt
|
f.
|
fiat, fiant
|
hosil bo‘lsin
|
fl.
|
flos
|
gul
|
fluid.
|
fluidus, a, um
|
suyuq
|
fol.
|
folium
|
barg
|
fr.
|
fructus
|
meva
|
gel.
|
gelatinosus, a, um
|
jelatinli
|
gran.
|
granulum
|
granula
|
gtt., gtts.
|
guttam, guttas
|
tomchi, tomchilar
|
h., hb.
|
herba
|
maysa
|
in ampull.
|
in ampullis
|
ampulalarda
|
in caps.
|
in capsullis
|
kapsulalarda
|
inf.
|
infusum
|
damlama
|
in tab.
|
in tabulettis
|
tabletkalarda
|
in vitr. nigr.
|
in vitro nigro
|
qora shishada
|
linim.
|
linimentum
|
liniment
|
liq.
|
liquor
|
suyuqlik
|
M.
|
Misce. Misceatur.
|
aralashtir. aralashtirilsin.
|
m. pil.
|
massa pilularum
|
hab dorili massa
|
mucil.
|
mucilago
|
shilliq
|
N.
|
numero
|
soni (dona)
|
obd.
|
obductus, a, um
|
qobiqli
|
past.
|
pasta
|
pasta
|
pct., praec.
|
praecipitatus, a, um
|
cho‘ktirilgan
|
pro inject.
|
pro injectionibus
|
inyeksiya uchun
|
pulv.
|
pulvis
|
kukun
|
q.s.
|
quantum satis
|
keraklicha
|
r., rad.
|
radix
|
ildiz
|
Rp.:
|
Recipe:
|
Ol:
|
rectif.
|
rectificatus, a, um
|
tozalangan
|
rhiz.
|
rhizome
|
ildizpoya
|
S.
|
Signa. Signetur.
|
Belgila. Belgilansin.
|
sem.
|
semen
|
urug‘
|
simpl.
|
simplex
|
oddiy
|
sir.
|
sirupus
|
sharbat
|
sol.
|
solutio
|
eritma
|
sp.
|
species
|
yig‘ma
|
spir.
|
spiritus
|
spirt
|
Steril.
|
Sterilisa! Sterilisetur!
|
Sterilizatsiya qil! Sterilizatsiya qilinsin!
|
supp.
|
suppositorium
|
sham
|
supp. vagin.
|
suppositorium vaginale
|
qinga oid sham
|
susp.
|
suspensio
|
suspenziya
|
tab.
|
tabuletta
|
tabletka
|
t-ra, tinct.
|
tincture
|
tindirma
|
ung.
|
unguentum
|
surtma
|
vitr.
|
vitrum
|
shisha
|
Mustahkamlash uchun mashqlar
Qisqartmalarni qo‘llab tarjima qiling:
I. Ol: Metilestradiol tabletkalari 0,0002.
Berilsin.
Belgilansin.
II. Ol: Aminazin eritmasi 2,5% 2 ml.
Glukoza eritmasi 5% 20 ml.
Aralashtirilsin. Sterilizatsiya qilinsin!
Berilsin.
Belgilansin.
III. Ol: Aloening suyuq ekstrakti 1 ml.
Shunday dozalarda 10 ampulalarda.
Ber.
Belgila.
IV. Ol: Mentol 2,5.
Novokain.
Anestezin teng miqdorda 1,0.
Etil spirit 70% 100 ml gacha.
Aralashtir.
Ber.
Belgila.
Ibratli so‘zlar
1. De facto . Dalillar asosida, amalda.
2. De jure. Yuridik jihatdan, rasmiy.
Leksik minimum
O‘simliklar nomlari
Adonis vernalis m, f
|
bahorgi adonis
|
Aloё, ёs f
|
aloe
|
Althaea, ae f
|
gulxayri
|
Digitatis, is f
|
angishvonagul
|
Hypericum, i n
|
dalachoy
|
Millefolium, ii n
|
bo‘ymodaron
|
Preparat nomlari
Aethazolum, i n
|
etazol
|
Aminazinum, i n
|
aminazin
|
Ampicillinum, i n
|
ampitsillin
|
Anaesthesinum, i n
|
anestezin
|
Bromisovalum, i n
|
bromisoval
|
Chinosolum, i n
|
xinozol
|
Corazolum, i n
|
korazol
|
Desoxycorticostero num, i n
|
Dezoksikortikosteron
|
Dichlothiazidum, i n
|
dixlotiazid
|
Erythromycinum, i n
|
eritromitsin
|
Furazolidonum, i n
|
furazolidon
|
Liquor Ammonii anisa tus (Liquoris Ammonii anisati)
|
novshadil-anis, arpabodiyon
|
Methyloestradiolum, i n
|
metilestradiol
|
Neomycinum, i n
|
neomitsin
|
Nystatinum, i n
|
nistatin
|
Osarsolum, i n
|
osarsol
|
Phenazepamum, i n
|
fenazepam
|
Phthoracizinum, i n
|
ftoratsizin
|
Streptomycinum, i n
|
streptomitsin
|
Sulfadimezinum, i n
|
sulfadimezin
|
Theobrominum, i n
|
teobromin
|
Nazorat savollari
1. Retsepda qanday otlar qisqartirilmaydi?
2. «Da tales doses» qanday qisqartiriladi?
3. Distillangan suvning retseptdagi qisqartirilgan varianti qanday
bo‘ladi?
11.8. Retsepturada ravishdosh
Ravishdosh
So‘z turkumlaridan biri hisoblangan ravishdosh Lotin tilida klinika va farmatsevtik terminologiyada ishlatiladi. U lotin tilida Adverbium deb ataladi. Ravishdosh harakatning holatini bildirib, qay tarzda? qay holatda? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Ravishdosh mustaqil ravishda gapda, matnlardaishlatiladi.
Misol uchun: Ubi – qaerda?
Ibi – ana shu yerda
Saepo – ko‘pincha
Semper – har doim
I guruh sifatlari orqali ravishdosh sifatlarning asosiga suffiks –L yoki –O orqali;
II guruh sifatlari asosiga – iter yoki – er orqali yasaladi;
Citus, a, um – cito! – Tez
Asepticus, a, um – aseptice – aseptik sharoitda
Aequabilis, e – aequabiliter – muvozonatda
Recens, ntis – recenter – yangi
Qiyosiy daraja ravishdoshlari sifatida shu daraja sifatlarining sredniy rodi ishlatiladi.
Orttirma daraja ravishdoshlari shu daraja sifatlari yordamida suffiks –L orqali yasaladi.
Citius – tezroq
Citissime – yanada tezroq
Resepturada ishlatiladigan ravishdoshlar.
Dorilarni tezroq olish kerak bo‘lsa.
Cito! yoki Statim!
(tez) (shuzahoti)
Agar bir qancha dori formalari bir hil dozalarda bo‘lib, ularning sanog‘i oxirgi dori formasida Soni oldidan
Ana (teng) (tepa-teng) – so‘zi bilan belgilanadi.
Shamchani yoki kakao yog‘ini qancha doza berilishida quyidagi
Quantum satis – qancha kerak bo‘lsa? ravishdoshi ishlatiladi.
Agar I kurs davolash davomida dori formasi takrorlansa – ravishdosh –son fe’l oldidan
Bis, ter (II marta, III marta ishlatiladi)
XII BOB
YaMS tizimi asosida interfaol o‘yinlar, testlar, holatiy mashqlar
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quydagicha ta’rif beradi: ”Pedagogik texnologiya-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir”.
Pedagogik adabiyotlarda ta’lim texnologiyasiga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YUNESKO ta’rifidir.
”TA’LIM TEXNOLOGIYASI–ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash TIZIMIDIR”.
Ushbu bobda fanni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan interfaol o‘yinlar, holatiy masalalar va testlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |