Toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə6/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

1.4-rasm. p-n o’tishning hosil bo’lishi: a - turli o’tka- zuvchanlikli yarim o’tkazgichlar kontakta; b-tok tashuvchilar taqsimoti (Nr, Ne - asosiy va pr pe-asosiy emas); v - kontakt potensiallar farqi; g - elektr maydon kuchlanganligining taqsimoti


Kontaktga keltirishning boshlang’ich vaqtida p- sohadagi kavaklar miqdori n-sohadagidan, n-sohadagi elektronlar miqdori p-sohadagidan katta bo’ladi (1.4-b rasm). Shuning uchun kontakt sohasida tok tashuvchilar diffuziyasi vujudga keladi. Bunda n-sohadagi elektronlar p-soha tomon, p-sohadagi kavaklar esa n-soha tomon ko’chadiki, unga bir xil ishorali zaryadlarning o’zaro itarilishi yoki turli ishorali zaryadlarning o’zaro tortishishi sabab bo’lmaydi. Diffuziya hosil bo’lishining asosiy sababi kontakt sohasidagi tok tashuvchilar konsentratsiyasining turlicha bo’lishidir.
n-sohadan p- sohaga elektronlarning siljishi natijasida kontakt chegarasida musbat zaryadli atomlar-ionlar qoladi. Ular musbat qo’zg’almas zaryad­larning konsentratsiyasi ortiqcha bo’lishiga olib kela­di. Natijada bu soha elektronlarga kambag’al bo’lib qoladi. Xuddi shunday jarayon natijasida p- sohada manfiy zaryadlar konsentratsiyasi ortib, soha kavaklarga kambag’al bo’ladi. Kontakt sohasida bunday kambag’allashgan sohaning vujudga kelishi kondensator qoplamalariga o’xshash turlicha zaryadga ega bo’lgan ikki qatlamni hosil qiladi. Natijada potensiallar ayirmasi φk va maydon kuchlanganligi Yek bo’lgan elektr maydoninn hosil qiladi (1.4v, g-rasm). Uning yo’nalishi shundayki, asosiy tok tashuvchilarning diffuziyasiga to’sqinlik qilib, asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar­ning ko’chishiga imkon beradi. Zaryadlarning ko’chishi elektr maydon kuch chiziqlari bo’yicha bo’lgani uchun uni dreyf toki deyiladi.
Diffuziya toki bilan dreyf toki tenglashganda muvozanat hosil bo’ladi. U dinamik muvozanat deyiladi. Unda vaqt birligi ichida qarama-qarshi yo’nalishda o’tuvchi tok tashuvchilarning sopi o’zaro teng bo’ladi.
Kontakt sohasidagi zaryadlarga kambag’al bo’lgan so- ha yarim o’tkazgichning kavak va elektron o’tkazuvchanlikka ega qatlamlarini bir-biridan ajratib turadi. Bu qatlam to’siq qatlam deb, hosil bo’lgan potensial­lar ayirmasi esa, potensial to’siq deb ataladi. Ko’rib o’tilgan jarayon p-n o’tish hodisasi yoki p-no’tish deb ataladi. p-no’tish hodisasini bunday tushuntirish juda yuzaki bo’lib, kontakt sohasida yuz beradigan jarayonlarning fizik mohiyatini to’liq ifodalay olmaydi. Uni zonalar nazariyasi asosida aniq bajarish mumkin.


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə