O’zbekiston milliy iqtisodiyoti mustaqil ish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#128139
  1   2   3
9-mavzu


O’ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTI
MUSTAQIL ISH
Saidmurodov O.
Qurilish majmui va kapital qo’yilmalar samaradorligi
REJA:
1. Qurilish majmui tarkibi va tuzilmalari
2. Kapital qo’yilmalar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatikichlar
3. Qurilish sohasida kapital qo’yilmalarning ahamiyati
Qurilish majmui tarkibi va tuzilmalari
Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.
Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuritish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar qurilish mahsulotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob-havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi.
Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa qurilishlarga boʻlinadi.
Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2022-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 6,25%, xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 10,34% qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.
O’zbekiston Respublikasida qurilish industriyasining negizini davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va boshqa pudrat qurilish-montaji tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi. Qurilish tizimining organlari quyidagilardan iborat: «O’zsanoatxo’jalikqurilish» korporatsiyasi, «O’zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi, «O’zdehqonchilikqurilish», «O’zjamoaxo’jalikqurilish» davlat shirkat birlashmalari, «Toshkentuy-joyinvestqurilish» korporatsiyasi va boshqalardir. Suv xo’jaligi va meliorativ ishlarni «O’zsuvqurilish» davlat kontserni olib boradi. «O’ztransqurilish», «O’zavtoyo’l» kontserni, Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi. «O’zsanoatxo’jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublika sanoat qurilishi, uy-joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob’ektlarni qurish bilan shug’ullanadi. qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtiradi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə