Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya


III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‘LIM



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102

24 
 
III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‘LIM 
METODLARI. 
 
Yangi  interfaol  usullar  bo‗yicha  ishlash  uchun  guruhda  kichik  guruhlar  tashkil  qilinib, 
ishonchni  yaratish,  ochiq  muhokamaga  xalaqit  beruvchi  ruhiy  zo‗riqishni  yo‗qotish,  amaliy 
mashg‗ulotlarda  talabalarning  barchasini  darsda  faol  qatnashishiga  erishish  va  45  daqiqadan 
ortiq bo‗lmagan vaqtni belgilash lozim (135 daqiqalik darslarda). 
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‗ulotlarda ―Miya 
shturmi‖, ―Stol o‗rtasida ruchka‖, ―Kim ko‗proq, Kim tezroq‖, ―Dumaloq stol‖, ―Kuchsiz 
zveno‖, ―Diskussiya‖, ―Galereya bo‗ylab sayohat‖, ―Qor bo‗lakchalai‖, ―Qor uyumi‖, ―Ari 
uyasi‖ – nomli usullar qo‗llaniladi. 
Amaliy mashg‗ulotlarda bu usullarni qo‗llashdan maqsad: 
- talabalarning amaliy mashg‗ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish. 
- talabalarning bir-biridan o‗rganishga imkon berish. 
-  guruhlarda  o‗qitish  jarayonini  kuchaytirish  va  talabalarni  shu  fanga  bo‗lgan  qiziqishini 
orttirish. 
-  mavzularga  mos  bo‗lgan  yangi  interfaol  usullarni  tanlay  bilish  (reja  asosida)  va 
mashg‗ulotlarni qiziqarli o‗tkazishga erishish. 
- talabalarga o‗zaro g‗oya va fikrlarini almashishga imkoniyat berish. 
-  ishtirokchilar  katta  guruhlarda  bayon  qila  olmagan  fikrlarini  kichik  guruhlarda  bayon 
qilishlariga erishish. 
-  amaliy  mashg‗ulotlarda  diqqat  markazini  o‗qituvchidan  ishtirokchilarga  o‗tkazish  va 
bilimni olish uchun katta mas‘uliyatni ishtirokchilarga topshirishga erishish. 
Amaliy mashg‗ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini 
oshirish usullari: 
1.  Talabalarga  amaliy  mashg‗ulotlarda  o‗tiladigan  barcha  mavzular  qaysi  interfaol  usulda 
o‗tishini oldindan tushuntirish va kalendar tematik reja asosida yozdirish. 
2. Talabalarga auditoriyada joylashish uchun vaqt berish. 
3.  Har  bir  amaliy  mashg‗ulotda  mavzuga  talabalarning  qaysi  usuldan  foydalanishi  qay 
darajada bilishlarini aniqlash. 
4.  Ishtirokchilar  topshiriq  olguncha  o‗zlarining  guruhlarga  bo‗linish  imkoniyatidan 
foydalanish. 
5.  Talabalarni  shunday  kichik  guruhlarga  ajratish  kerakki,  guruhda  bir-biri  bilan  tanishlar 
kamligiga e‘tibor berish. 
6. Topshiriqni hech bo‗lmasa bir marta takrorlash. 
7. Vazifani aniq, ravshan bayon qilish, uni hamma tushunganiga ishonch hosil qilish. 
8. Ishtirokchilarni topshiriq bo‗yicha ishlashayotganini tekshirib borish. 
 
―M I YA   SH T U R M I‖   U S U L I 
 
Bu usulda dastlab o‗qituvchi amaliy mashg‗ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi 
(darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 10, 20, 30 ball bilan baholanadilar) 
va  o‗qituvchi  savol  beradi  –  talaba  javob  beradi,  o‗qituvchi  javobga  qoniqmasa,  navbatdagi 
talabaga  savolni  takrorlaydi  –  javob  to‗g‗ri,  aniq,  bo‗lgunga  qadar  o‗rtaga  tashlangan  jumboqli 
savol takrorlanaveradi. 
Masalan:  ―Bakteiyalar  sof  kulturasini  ajratib  olish  usullari,  aerob  va  anaerob 
mikroorganizmlarga  sharoit  yaratish  usullari.  Identifikatsiya‖  mavzusida  o‗qituvchi  tomonidan 
5-10 ta savol (talabalarning tayyorligiga qarab) beriladi: 
1. Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olishning nechta bosqichi bor? 
2. Anaerostat va eksikatorlarning anaerob sharoit yaratish uchun ishlatilishi qanday?  
3. Anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratishning qanday usullarini bilasiz?  


25 
 
4. Anaerob mikroorganizmlarni o‗stirishning fizik usularini ayting. 
5.  Anaerob  mikroorganizmlarni  o‗stirishning  kimyoviy,  biologik  usullariga  misollar 
keltiring. 
6.  Identifikatsiya  nima?  Mikroorganizmlarni  identifikatsiya  qilishdan  maqsad  nima?  va 
boshqalar 
O‗qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 
ta  savolga  javob  bera  olmasa,  eng  past  ball  beriladi  –  amaliy  mashg‗ulotning  nazariy  qismini 
o‗zlashtirmagan  talaba  sifatida  savol-javoblarda  qatnashmaydi,  ammo  amaliyotni  bajarishda 
ishtirok etadi 
Bu  usulning  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  qisqa  vaqt  ichida  guruhdan  ko‗p  miqdordagi 
javob  variantlarini  olish,  talabalar  bilimini  aniqlash,  ulardan  kutilmaganda  so‗rash  oqibatida 
mashg‗ulotga  tayyorgarlik  daraxasini  bilish,  xotirada  fan  bo‗yicha  saqlanib  qolgan  barcha 
bilimlarni aniqlash imkoni tug‗iladi.  
Talabalar  tomonidan  berilgan  barcha  javoblar,  ma‘nosi  va  mazmunidan  qat‘iy  nazar, 
muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‗z fikrlarini aytadilar, o‗qituvchi tomonidan yuqori kasbiy 
va pedagogik mahorat bilan yo‗naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, 
kuchli  nazariy  bilim  va  tayyorgarlikka  ega  talabaning  yuqori  ball  to‗play  olishiga  erishiladi, 
shuningdek  tayyorgarligi  past  talaba  ham  ko‗plab  bilimlarni  o‗z  xotirasida  saqlab  qolishiga 
erishiladi.  
Bundan  tashqari  fan  bo‗yicha  yangi  bilimlarni  olishga  erishish,  ishtirokchilarga  taklif 
etilgan  g‗oyalarni  muhokama  qilish  uchun  imkoniyat  yaratish  va  guruhda  faollikni  oshirishga 
erishiladi. 
―S T O L   U S T I D A   R U CH K A‖   U S U L I 
 
Tahsil  olayotgan  guruh  talabalari  2  ta  guruhchaga  ajratiladi.  Talabalarga  savol  yozilgan 
qog‗oz beriladi va talabalar qog‗ozga ism shariflarini yozadilar. O‗qituvchi mashg‗ulotni diqqat 
bilan kuzatadi, agar talaba qog‗ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‗lidagi ruchkani stol o‗rtasiga 
qo‗yadi.  Boshqa  talaba  javob  berishga  kirishadi  va  hokazo.  Talaba  javob  bera  olmay  o‗z 
ruchkasini  stol o‗rtsiga 3 marta qo‗ysa, amaliy  mashg‗ulotning nazariy qismini  o‗zlashtirmagan 
talaba  sifatida  savol-javoblarda  qatnashmaydi,  ammo  amaliyotni  bajarishda  ishtirok  etadi, 
mashg‗ulotning  nazariy  qismidan  ball  olib  bilmaydi.  Bu  usulda  bitta  talabaga  5-6  ta  savol 
yozilgan qog‗oz beriladi va barcha qog‗ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar. 
Masalan:  ―Mikroorganizmlar  fiziologiyasi.  Oziqlanishi,  nafas  olishi,  ko‗payishi,  oziq 
muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1. Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab qanday bo‗linadi? 
2. Mikroorganizmlarning ko‗payish usullari va davrlari qanday? 
3. Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari. 
4. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari. 
5.  Differensial-diagnostik  oziq  muhitlarni  laboratoriya  sharoitida  ishlatishdan  maqsad 
nima? 
6. Bakteriyalarning gemolitik xususiyatini aniqlashda qanday oziq muhitlar ishlatiladi? 
 
―D U M A L O Q   S T O L‖  U S U L I 
 
Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‗oz tashlanadi. Har bir talaba 
o‗zining  javob  variantini  yozib  boshqa  talabaga  qog‗ozni  uzatadi.  Hamma  o‗z  djavobini  yozib 
bo‗lgandan  keyin  tahlil  qilinadi:  noto‗g‗ri  javoblar  o‗chirilib,  to‗g‗ri  javoblar  muhokama 
qilinadi,  talabalar  bilim  darajasi  baholanadi.  Bu  usul  nafaqat  yozma,  balki  og‗zaki  holda  ham 
olib borilishi mumkin. O‗qituvchi tomonidan savol to‗liq va aniq berilishi lozim. 
Masalan:  ―Mikroorganizmlar  ekologiyasi.  Tuproq,  suv  va  havo  mikroflorasi,  ularni 
o‗rganish usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar quyidagicha: 
1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə