Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə15/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

tashqi diqqat;

  • ichki diqqat.

    Shu bilan birga faoliyat shakliga ko’ra:

    • individual;

    • guruhiy,jamoaviy turlariga bo’linadi.

    Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab:

    • ixtiyorsiz (sust) - uning paydo bulishida odamning maqsadi qatnashmaydi;

    • ixtiyoriy (faol) - odamning mahsadiga ko’ra, o’zi iroda kuchini ishlatishi tufayli paydo buladi.

    • ixtiyoriydan so’nggi turlariga bo’linadi.

    Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi.
    Ichki diqqat esa ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir.
    Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga individual; bir guruh yoki ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.
    Ixtiyorsiz diqqat diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan ixtiyoriy diqqat ancha murakkabdir. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va qo’yilgan maqsad ta’sirida yo’llanadi. Kishida paydo bo’ladigan talab, ehtiyojlar, organizmdagi o’zgarishlar, masalan chanqash, og’piq, ko’ngil g’ashligi kabi holatlar ham diqqatimizni jalb etishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka (mo’ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol mo’ljal refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi.

    Yüklə 13,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə