Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi

1.

 

Buxgalteriya balansi, uning tarkibi va tuzilishining mohiyati 

 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriyaning  o‘rni  va  vazifasi  aniq  qilib 

belgilab  olingan.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  30-avgustda 

qabul  qilingan  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  24  moddadan  iborat  Qonuni 

buxgalteriya hisobining uchta asosiy vazifasini belgilab berdi: 

1.

 



Buxgalteriya  hisobi  hisobvaraqlarida  aktivlarning  holati  va  harakati, 

mulkiy  huquqlar  va  majburiyatlarning  holati  to‘g‘risidagi  to‘liq  hamda  aniq 

ma’lumotlarni shakllantirish; 

2.

 



Samarali  boshqarish  maqsadida  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlarini 

umumlashtirish; 

3.

 

Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 



Mamlakatimizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga 

muvofiq  ma’lumotlar  jamlanma  holida  va  pul  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  ma’lum 

sanaga  taqdim  etilishi  kerak.  Ushbu  ma’lumotlardan  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt 

mablag‘lari tarkibi va ularning manbasi o‘rganish uchun ma’lum iqtisodiy ma’noda 

guruhlash zarur. Bu jarayon buxalteriya balansini tuzish deb ataladi. 

Buxgalteriya balansi 



xo‘jalik  mablag‘larini  ularning  turlari  va  tashkil 

topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks 

ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. U buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosiy 

usullaridan  biri  hisobladi.  Buxgalteriya  balansi  moliyaviy  hisobotning  asosiy 

tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 

Mablag‘lar  turlari  va  ularning  manbalarini  ajratib  ko‘rsatish  maqsadida 

O‘zbekistоn  Respublikasi  Mоliya  vazirligining  2002  yil  27  dekabrdagi  140-sоnli 

buyrug‘i  bilan  qabul  qilingan  buxgalteriya  balansi  ikki  qismdan  iborat  bo‘lgan 

jadval shaklida tuzilgan. 




 

Buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik mablag‘larini 



ma’lum  bir  sanaga  tavsiflab,  uning o‘tgan  davrdagi  barcha  faoliyat  natijasini 

qanday  holatga  olib  kelganligini 

ko‘rsatadi.  Shunday  qilib,  balans  xo‘jalik 

yurituvchi subyekt mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim 

axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to‘g‘risidagi 

hisobotdir. 

Buxgalteriya balansi,  ma’lum sanaga tuziladi va xo‘jalik yurituvchi subyekt 

faoliyatining ma’lum davrdagi holatini o‘zida mujasamlashtiradi. 

Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va 

u  aktiv  qism  deb  nomlanadi,  passiv  qism  deb  nomlanadigan o‘ng  tomonida 

mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi. 

Aktiv qism - asоsiy va aylanma mablag‘larning hоlatini ko‘rsatib, mоliyaviy 

xo‘jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan fоydalanadi. Mulk 

to‘plangan  mоliyaviy  hamda  davlat  tashkilоtlari  mablag‘i,  hususiy  shaxslar 

jamg‘armasi,  hissadоr  va  ta’sischilarning  ulushi,   bank  krediti,  chet  ellik 

sarmоyadоrlar va  hakоzо  mablag‘lar  evaziga  sоtib оlinadi.  Ayrim  hоllarda 

ta’sischilar  asоsiy  vоsita  va  mоddiy  bоyliklarning  o‘zini  berishi  ham  mumkin. 

Asоsiy  va  aylanma  mablag‘lar  ishlab  chiqarish  faоliyatini  uzluksiz  yuritishga 

xizmat  qiladi. O‘z-o‘zidan  bu  faоliyat davоmida  o‘zgaradi,  harakatda  bo‘ladi  va 

tarkibi yanada yangilanadi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə