Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi

Buxgalteriya balansi

4

 

1-jadval 

 

Aktiv 


Passiv 

Xo‘jalik mablag‘lari 

Summa 

Mablag‘lar manbalari 



Summa 

I bo‘lim 

Uzoq muddatli aktivlar 

45926 


I bo‘lim 

O‘z mablag‘larining manbalari 

65869 

II bo‘lim. 



Joriy aktivlar 

56788 


II bo‘lim. Majburiyatlar 

36845 


Balans 

102714 


Balans 

102714 


 

Balans  ko‘rsatkichlaridan  quyidagi  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  aniqlab  olish 

mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig‘indisiga teng. Хo‘jalik 

yurituvchi  subyektning  o‘z  mablag‘lari  aktivlaridan  majburiyatlarini  ayirganiga 

teng. 

4

 Xolbekov.R.O. “Buxgalteriya hisobi nazriyasi” Darslik.-T.: CHo‘lpon nomidagi nashriyot 



matbaa uyi -2011.-56 b. 


12 

 

“Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  Qonunning  3-moddasiga  binoan 



O‘zbekistan Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasida ro‘yhatga olingan 

barcha  xo‘jalik  sub’ektlari  yuridik  shaxslar,  ularning  shu’ba  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlari,  filiallari,  vakolatxonalari  va  boshqa  tarkib  bo‘linmalari  buxgalteriya 

hisobi sub’ektlari hisoblanadilar. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteriya  hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga 

binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi 

hamda  hisobot  tuzilishi  lozim  bo‘lgan  buxgalteriya  hisobining  asosiy  tamoyillari 

quyidagilardir: 

 

ikki yoqlama yozuv; 



 

uzluksizlik; 



 

xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; 



 

aniqlik; 



 

hisoblash; 



 

ehtiyotkorlik; 



 

mazmunning shakldan ustunligi; 



 

hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 



 

aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 



Xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish 

uchun  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatining  buxgalteriya 

hisobi  hisobvaraqlari  rejasi  hamda  har  bir  hisobvaraq  tavsiflangan  va  ularga  doir 

hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo‘llash bo‘yicha 

yo‘riqnomadan to‘g‘ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Buxgalteriya 

hisobi  milliy  andozalarini  amalga  tadbiq  etish  va  bu  boradagi  ishlarni  yangi 

bosqichga ko‘tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlarining yangi rejasi ishlab 

chiqildi.  “Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyatining 

buxgalteriya  hisobi  hisobvaraqlari  rejasi  va  uni  qo‘llash  bo‘yicha  yo‘riqnoma” 

nomli 21-son BHMS O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 

qonunining  5-moddasiga  binoan  ishlab  chiqilgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar 

moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatining  buxgalteriya  hisobi  hisobvaraqlari  rejasi  asosida 




13 

 

xo‘jalik  muomalalari  buxgalteriya  hisobvaraqlari  ishchi  rejasini  tuzadilar  va  u 



xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettiriladi. 

Hisobvaraqlar  rejasi  -  buxgalteriya  hisobi  bo‘yicha  hisobvaraqlarning 

ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir tizimga solingan ro‘yxatidir.

5

 



Qisqasini  aytganimizda  qaysi  faoliyat  turi  bo‘lmasin  bevosita  buxgalteriya 

hisobini  yuritadi.  Bu  orqali  u  o‘zining  qay  darajada  faoliyat  olib  borishini  tahlil 

qiladi.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  buxgalteriya  hisobi  bevosita  hujjatlarga 

asoslangan  holda  tashkil  etiladi.  Faoliyat  qay  darajada  olib  borilayotganini  biz 

bevosita hujjatlar asosida bilib olamiz albatta. Shunday ekan uni to‘g‘ri tashkil etish 

katta ahamiyat kasb etadi. 

Balans  ma’lumоtlarida  ishlab  chiqarishni  uzluksiz  оlib  bоrish  uchun  zarur 

bo‘lgan  va  hisоbоt  tuzish  davriga  qiymat  shaklidagi  mоl-mulki  hamda  uni 

qоplashga jalb qilingan manbalari o‘z aksini tоpadi. Bu ko‘rsatkichlar  mоl-mulk 

hajmi,  tarkibi  va  qiymatini  qay  darajadaligini  ifоdalaydi.  Shuningdek,  mоl- 

mulkning  mоliyalashtirish  manbalari,  ya’ni  o‘ziga  tegishli  manbalar  va  chetdan 

qarzga jalb qilingan manbalar hоlati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir 

band va bo‘lim kоrxоnalarning mоliyaviy hоlatiga bоg‘liq, shuning uchun ham uni 

chuqur o‘rganish lоzim. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

5

 



“Buxgalteriya hisobi milliy standartlari” 21-BHMS 


14 

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə