O’quv jihozlari
Mavzuga oid jadvallar, mantiqiy sxemalar, evglena, tufelka, ameba
tutuvchi suyuq ozuqa muhit, buyum va qoplag‘ich oynalar, preparat
tayyorlash uchun ignalar, pipetkalar, osh tuzi, karmin, ko‘k metilen
bo‘yoqlari, slaydlar, mikroskop, kodoskop, videofilmlar,multimediyalar.
Mashg‘ulot rejasi
Jadvallar, mantiqiy sxemalar va videofilmlar yordamida moddalar
hamda energiya almashinuvi o‘rganiladi. Vaqtincha preparatlarda
evglena, tufelka, amyobaning harakatlanishi kuzatiladi. Tufelkali
vaqtincha preparatga karmin qo‘shilsa hazm vakuolalari aniq ko‘rinadi,
osh tuzi qo‘shilganida ularning harakati tezlashishi ko‘riladi. Ko‘k
metilen qo‘shilganda trixotsistalar otilishini ko‘rish mumkin. Talabalar
albomga jadvallar, mantiqiy sxemalarni chizadilar. Mashg‘ulot oxirida
albomlar tekshirilib, bilimlar bahonalanadi, keyingi mashg‘ulot vazifasi
tushuntiriladi.
|