Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Mavzuning maqsadi 
1. 
So‘ruvchi  hujayralarni  joylashish  joyi  va  ularni  tuzilishi  bilan 
tanishib chiqish.  
2. 
Sekretor  hujayralarni  joylashish  joyi  va  ularni  tuzilishi  bilan 
tanishib chiqish.  
3. 
Transport  hujayralari,  ularni  tuzilishi  va  vazifalari  bilan  tanishib 
chiqish 
4. 
Bolalar  shifokorining  bolaning  yuvinil  davrida  ota-ona  bilan  olib 
borish  zarur  bo‘lgan  chora  tadbirlari  haqida  bilimga  ega  bo‘lishida 
yuqoridagi hujayralarni tutgan o‘rnini bilishi zarur.  
 
Mashg‘ulotning jihozlanishi 
Mavzuga  oid  jadvallar,  mikropreparatlar,  elektronogrammalar, 
tarqatma materiallar, multimediyalar. 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi, vaqtini taqsimlanishi 
1. 
Tashkiliy masalalar 5 - daqiqa 
2. 
Mashg‘ulotning nazariy qismini muhokama qilish 40 - dakiqa 
3. 
Amaliy  ishlarni  bajarish  bo‘yicha  barcha  tavsiyalar  berish  5- 
daqiqa 
4. 
Rezidentning mustaqil ishlari 15 - daqiqa 
5. 
Keyingi mavzuni tushuntirib berish 20 - daqiqa 
6. 
Mashg‘ulotni yakunlash 5 – dakiqa 
 


 
66 
Mavzuning mazmuni: Maxsus so‘ruvchi hujayralar - MS’H 
Ovqat  moddalari  parchalangandan  so‘ng,  maxsus  so‘ruvchi  hujayralar 
orqali  (ichakdagi  va  buyrak  nefronining  proksimal  qismida  joylashgan 
so‘ruvchi  jiyakli  hujayralar),  monomerlar  sifatida  qon-limfa  yoki 
interstitsiyga  o‘tadilar.  Bu  bilan  ular  organizmda  umumiy  gomeostazni 
saqlab,  to‘qimalarga  o‘sish  uchun  zarur  bo‘lgan  plastik  materiallarni 
yetkazib  beradilar.  Maxsus  so‘ruvchi  hujayralar  epiteliy  to‘qimasiga 
mansub bo‘lib, qator belgilarga ega.  
MS’Hlar  ingichka  ichakda  so‘rg‘ichlar  –  vorsinkalar  yuzasini 
qoplab, bazal membranada bir qator zich yotadi va qutbli harakterga ega, 
ya'ni  apikal  va  bazal  qismlar  ajratiladi  (23-rasm).    Hujayra  apikal 
yuzasida  xoshiya-jiyak  ko‘rinadi  va  u  mayda  so‘rg‘ichlar  - 
mikrovorsinkalardan  (MV)  iborat.  Hujayra  apikal  sitoplazmasida,  MV 
lar ostida terminal to‘r, pastroqda silliq vezikula va pufakchalar, Goldji 
kompleksi  tuzilmalari  (ko‘proq  yadro  ustida),  endoplamatik  to‘r, 
mitoxondriylar, ribosomalar, polisomalar uchraydi.   
So‘ruvchi hujayralarning asosiy so‘ruvchi apparati – bu ularning apikal 
sitolemmasidagi  mikrovorsinkalar  (MV)  dan  tuzilgan  jiyaklaridir.  
MVlar ustida fermentlar bo‘ladi. Ba'zi olimlar,  hujayra ichi tuzilmalari 
(vezikula-pufakchalar,  GK  larni)  xam  so‘ruvchi  apparatga  kiritadilar. 
MV larning uzunligi 1 mkm, eni 0,1 mkm atrofida bo‘lib, ular so‘ruvchi 
hujayralarning  so‘ruvchi  yuzasini  oshiradi.  Mikrovorsinkalar  tashqi 
qavati  (mukopolisaxaridlarning  ingichka  iplaridan  tuzilgan  membrana 
usti qavati) - glikokaliks bilan qoplangan.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə