70
nasos yo‘li bilan amalga opiriladi, bunda energiya sarflanmaydi. Faol
yo‘l - osmos, fagatsitoz, pinotsitoz, K-Na nasos yo‘llari orqali amalga
oshirilib, bunda energiya sarflanishi kuzatiladi. Bunda so‘rilgan
moddalar yog‘ kislotasi va glitserin bo‘lsa u prizmatik xujayralarda
qaytadan sintezlanib (resintez), so‘ng hujayralararo bo‘shliq orqali limfa
gomirlariga o‘tkaziladi. Aminokislotalar va uglevodlar esa, hech qanday
o‘zgarishsiz qonga o‘tkaziladi. Mikrovorsinkalar yuzasi qadahsimon
xujayralar ishlab chiqargan shilliq bilan qoplanib himoyalanadi.
Chaqaloqlarda oqsil parchalanmasdan pinozitoz yo‘li bilan so‘rilib, qon
orqali buyrakka boradi. U yerda maxsus lizosamal hujayralar yordamida
parchalanish ro‘y berib bu 1,5 - 2 oygacha boradi. Prizmatik xujayralar
uzog‘i bilan 4-kungacha yashab, so‘ng yangilanib turadi. Bu jarayon 4ta
bosqichda amalga oshiriladi, ya'ni: 1.proliferatsiya, 2.differensatsiya,
3.migratsiya, 4.restruziya.
Ba'zi holatlarda prizmatik hujayralarda o‘zgarish kuzatilib, natijada
oziqani kam so‘rilish kasalligi kelib chiqadi va bunday holat ko‘proq
chaqaloqlarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: