Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


Chora yo’qtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir



Yüklə 350,79 Kb.
səhifə14/15
tarix21.01.2023
ölçüsü350,79 Kb.
#98931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja

Chora yo’qtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir,
Mumkin ermas kishi taqdirg’a bermoq tag’’yir.
Do’stlar, dahr vafosini xayol aylamangiz,
Burju kohig’a tama’ g’ayri zavol aylamangiz.


Turfa mahbub durur umru vafosi yo’q aning,
Andin istarg’a vafo fikri mahol aylamangiz.


Har kishi komil erur, bas ang’a haq bandalig’i,
Mundin o’zga tama’i kasbi kamol aylamangiz.


Yo’q jamol ichra vafo husnig’a dog’i bunyod,
G’arroi husn bo’lib arzi jamol aylamangiz.


Olami foniy uchun ranju mashaqqat chekmang,
Mol uchun g’am yemangiz, fikri manol aylamangiz.


Ishq dardig’a Navoiy kebi mag’rur o’lmang,
O’zni har mahvash uchun shifta hol aylamangiz.


Turk piri kebi olamdin etakni silking,
Do’stdin g’ayri tamannoi visol aylamangiz.


To salomat bu xatar manzilidin solib kom,
Ma’mani vaslg’a bo’lg’ay tuta olmoq orom.


Xulosa
Yoshlarni adabiyotga shuningdek, boshqa fanlarga boʻlgan qiziqishini orttirish uchun ta’lim jarayonida turli xil metodlardan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim hisoblanadi.
Katta hajmli lirik asarlar ko‘proq yuqori sinflarda o‘rganiladi. Ularni o‘rgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki o‘rganiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bo‘lgani uchun ularni tekstual tahlil qilish imkoni yo‘q. Bunday vaqtlarda asosiy e’tibor o‘rganilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Muayyan asardagi timsollarning ruhiyati, o‘y-kechinmalari, xatti-harakatlari, sa’jiyalari tasviri hayotiylik va badiiylik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, shu yo‘sinda muallifning badiiy mahorati va asarning estetik qimmati namoyon etiladi.
Adabiy asarning, jumladan lirik turga mansub bo‘lgan asarlarning matni ustidagi ish adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U «o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqеalarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat» yaratadi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar asarning poetik mohiyatini anglab еtadi, uning mazmunini tahlil qiladi, mavzuning talg‘inlariga e’tibor qaratadi, tasvirlanayotgan voqеa-hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi vog‘еalar rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi.
Lirik asarlarni tahlil qilishda ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligi asosiy o‘rinda turadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflarida asosan eposning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o‘rganiladi. Yirik epik asarlarni o‘rganish esa yuqori sinflarda, shuningdеk, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida o‘rganilishi rеjalashtirilgan. Ularning har birini o‘rganishda o‘ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to‘g‘ri kеladi.
O‘quv tahlilida o‘quvchilar timsollarni jonli odamlar, o‘z taqdiriga, o‘ziga xos tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu timsollar tuygan tuyg‘ular o‘quvchilarga ham yuqadi, ularga ta’sir qiladi. Demak, tarbiyalaydi. Shuningdek, biror asarning o‘quv tahlili mobaynida badiiy timsollarning ijobiy va salbiy kabi qarama-qarshi guruhlarga ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga e’tibor qaratilishi lozim. Atrofimizdagi odamlarni jo‘ngina yaxshi va yomonga ajratish mumkin bo‘lmaganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to‘g‘ri emasligini o‘quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib borish zarur.
Professor Q. Yo‘ldoshev haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Maktab adabiyoti ta’lim berish vositasi emas, balki tarbiyalash vositasidir. Aslida adabiyot tarixiga dahldor biror dalilni sharillatib aytib bera oladigan, ammo ma’naviyatida ezgu fazilatlar bo‘lmagan o‘quvchidan ko‘ra, ayrim adabiy ma’lumotlar tizimini bilmasa ham, badiiy asarlarning qahramonlariga xos eng insoniy fazilatlarni o‘z tabiatiga singdira bilgan, sirtdan qaraganda, nofaolday tuyuladigan o‘quvchilar jamiyatimiz uchun ko‘proq zarurdir... Badiiy adabiyot go‘zal dunyo ichida go‘zal ruhiy dunyo
yaratishdir». Shu nuqtayi nazardan adabiyot fanining asosiy maqsadi ham o‘quvchilar ong-u shuurida ma’anviy qadriyatlar sadoqat, vatanga muhabbat, ezgulikka mehr uyg‘otishdan iboratdir.

Yüklə 350,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə