Va mantiqiy tafakkurini shakllantirish



Yüklə 390,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.09.2023
ölçüsü390,14 Kb.
#124459
5666-Article Text-14137-1-10-20220419 (11)



MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING IJODIY 
VA MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 
YO’LLARI
 
Jizzax viloyati Yangiobod tumani 
 3-sonli DMTT tarbiyachisi
Begmatova Madina
 
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini 
kichiklikdan boshlab yaxshilik, oliyjanoblik, insonparvarlik, 
odamgarchilik, aql-idrokli bo’lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, 
vatanparvarlik, halollik, poklik, so’zamollik, xushso’zlilik, ilmli 
bo’lish kabi xislatlar bilan boyitish inson kamolotining me‘yori 
bo’lib kelgan. Chunki komil insonning ma‘naviyati yuksak bo’ladi 
Yuksak ma‘naviyatga ega bo’lgan kishi esa o’z xalqining tarixi, urf-
odati, qadriyati hamda an‘analari, madaniyatini chuqur biladi va 
unga rioya qiladi.
Maktabgacha davr bolaning o’sish, rivojlanish, o’zini namoyon 
etishga intilish, o’rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan davridir. 
Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati 
rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola 
bilan ta‘lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik 
barvaqt namoyon bo’ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta‘sir 
qiladi. Shunday ekan, bolalar tafakkurini rivojlantirish asosiy 
vazifalardan biriga aylanadi. Buning uchun uning yirik va mayda 
qo’l motorikasini rivojlantirish zarur. Chunki inson qo’l va 
barmoqlarida nerv tolalari joylashgan. Barmoqlar orqali inson 
axborot oladi. Bolalarning mayda motorikasi uning nutqi, mantiqiy 
tafakkurini shakllantirishga ta‘sir etadi. Bolalarning qo’l va bilak 
motorikasi to’g’ri rivojlantirilsa, miya faoliyati shunchalik yaxshi 
taraqqiy etadi.
Qo’l barmoqchalari motorikasining rivojlanishi quyidagi 
holatlarni yuzaga keltiradi:



tafakkurning rivojlanishi;

harakat 
koordinatsiyasining 
rivojlanishi; – xotira va diqqatning 
oshirish;

yozish 
ko’nikmalarining 
shakllanishi; – nutqning ravonlashuvi.
Tasavvur etish, tafakkurning rivojlanishidir. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar mashg’ulotlaridagi asosiy vazifalardan biri – bola 
miyasida buyum va hodisalar haqidagi axborotni tasavvur ettirish.
Masalan, rasm chizish, turli o’yinlar, kubiklardan biron-bir narsa 
yasash orqali bola ana shu axborotni tafakkurida rivojlantiradi. 
Ushbu tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo’lib, so’z 
boyligi, mantiqiy tafakkurning shakllanishi, kelajakdagi maktab 
darslarini a‘lo darajada o’zlashtirishda ko’maklashadi.
Bolalar o’z tabiatlariga ko’ra haddan tashqari qiziquvchan 
bo’ladi. Ular hamma narsani bilishi juda zarur: ta‘mini tatib ko’rishi, 
ushlab ko’rishi, tushunarsiz va yangi bo’lgan narsalarga o’z 
tushuntirishlarini o’ylab topishi, tajriba o’tkazib ko’rishi va o’z 
farazlarini tekshirishi. Har bir ota-ona o’z farzandiga uni o’rab 
turgan olamni tanishiga yordam berishi zarur.
Bola 3 yoshigacha asosan predmet va harakatlarning nomlarini 
o’zlashtiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatib, bu predmet 
yoki harakatning tashqi ko’rinishi o’zgarsa ham uning nomi 
o’zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlari 
ishlatilishini vazifalariga bog’lagan holda tez o’zlashtiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish 
jarayoni ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3-
yoshida beixtiyor idrok maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada 
ma‘lum bir maqsadga qaratilgan, tanlangan idrokka aylanadi, 
kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda so’zning roli osha 
boradi, endi bola narsalarning belgilab qo’ygan sifatlari va 
xususiyatlarini aytib ko’rsatadi. Idrok jarayoni bolaning tafakkurini 
o’stiradi hamda o’z faoliyati davomida va tafakkur jarayonida 


tobora takomillashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola 
tasavvurlari doirasi kengayishi va bilimning oshishi uning aqliy 
faoliyatining xarakterini o’zgartiradi.
Nutqning o’sish faoliyatining kengayishi yangi tafakkur shakllari 
uchun sharoit yaratadi.
5–6 yashar bola tasvirlaydi, keyin esa muhokama qiladi, 
umumlashtiradi. Shu yoshdagi bolaning tafakkuri aniq obrazli 
emotsional va yaqqol tafakkur hisoblanadi. Muhokama bevosita 
narsa, 
buyum 
bilan 
bog’langan. 
Bola 
umumlashtirilgan 
tushunchalarni o’zlashtiradi, fikr yuritish operatsiyalari faqat idrok 
etishgagina emas, balki xayolga ham asoslanadi.
Dastlabki (garchi mukammal bo’lmasa ham) hukmlardan 
xulosa chiqarish va yakun yasash paydo bo’ladi. Bu yoshdagi 
bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va uning oldiga qo’yilgan yangi 
talablar asosida takomillasha boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar 
o’zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan, 
ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni 
beixtiyor esida saqlab qoladi. Ushbu yoshdagi bolalar tafakkuri va 
uning o’sishi o’ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshda 
bolaning tafakkuri juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, 
birinchidan, ularda turmush tajribasining nisbatan ko’payishi, 
ikkinchidan, nutqining yaxshi o’sgan bo’lishi, uchinchidan esa 
bog’cha yoshidagi bolalarning juda ko’p erkin, mustaqil harakatlar 
qilish imkoniyatiga ega bo’lishlaridir. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda har sohaga doir savollarning tug’ilishi ular tafakkurining 
faollashayotganidan darak beradi. Bola o’z savoliga javob topa 
olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasa, undagi 
qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
Bolaga ta‘limni erta, kech ham emas, balki o’z vaqtida berish 
lozim. Bolaning yoshiga muvofiq ravishda shunday ta‘lim berish 
kerakki, bunda uning barcha hissiyot a‘zolari jalb etilgan bo’lsin.


Ya‘ni bola rivojlanish jarayonida mustaqil ravishda o’zi teginish, 
ko’rish, eshitish, hidlash va mazasini bilish imkoniyatiga ega 
bo’lishini ta‘minlash zarur.
Bolaga kichikligidan axloqni o’rgatish miya rivojlanishida katta 
ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, salom berish, yo’l harakati 
qoidalariga amal qilish va boshqa shu kabilarni o’rganib borgan bola 
hayoti davomida qiynalmaydi va kam xato qiladi.
Bilim olish bolaga yaxshi kayfiyat baxsh etishi kerak. Bolani 
qiynab, o’qish yoki yozishga barvaqt o’rgatib, o’yindan xoli qilish 
uning stress olishiga olib keladi. Natijada bolada har xil kasalliklar 
yuzaga kelishi mumkin. Bola bilimni o’z xohishi bilan o’zlashtirishi 
kerak. Agar istamayotgan bo’lsa, demak, ota-ona uni qiziqtirish 
yo’llarini topa olmayapti. Shuning uchun ota-onalar bolaning 
rivojlanishi uchun aynan uning kichikligidan sharoit yaratib, 
atrofmuhitni yanada qiziqarli qilib ko’rsatishlari kerak. Bola 
chizish, o’qish, yasash, o’ynash, qurish, yozish va boshqa 
faoliyatlarning barchasi farzand uchun qiziqarli bo’lishi ota-onaga 
bog’liq. Bola kichikligidan qanchalik qiziquvchan, savollari ko’p 
bo’lsa, shunchalik rivojlanib o’sadi.
Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo’lgan davri juda muhim 
o’rin tutadi. Bu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixologik 
salomatligi 
shakllanadi 
va 
aqliy 
rivojlanish 
qobiliyatlari 
takomillashadi. Bolani kelajakda omadli, aqlli hamda iste‘dodli 
bo’lishini istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan 
boshlab ahamiyat bermog’i lozim.
Bolaning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda 
quyidagi yo’llarni amalga oshirish mumkin:
Kitob o’qish. Bola bilan birga kitob rasmlarini tahlil qilib 
o’qish, undagi ertakning mazmunini bolaga o’yin tarzida qayta 
so’zlatish, o’yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda foydali 
va qiziqarli mashg’ulot sanaladi. Ertak eshitish jarayonida bola ertak 
qahramonlarini kimgadir o’xshatishga harakat qiladi, u o’zi ertak 
yoki hikoyalarni mustaqil to’qiy olishi ham mumkin.


Chizish (bo’yoq, un, qum bilan). Bolalar odatda chizishni juda 
yaxshi ko’rishadi. Lekin uddalay olishmasa, xafa bo’lib chizmay 
qo’yishi ham mumkin. Bolaga qalamning o’rniga qo’llarida 
chizishni (faqat maxsus bo’yoqlar bilan) taklif qilib ko’ring. 
Bo’yoqqa qo’llarini botirib, istagan narsani chizayotgan bola juda 
zavqlanadi (hamma yoq bo’yoq bo’lib ketishini inobatga oling). 
Yoki chala chizish mashg’ulotini qo’llang. Bunda siz bolaga biron-
bir narsani oxiriga yetkazmasdan chizib berasiz. Bola esa o’zi uni 
tugatib qo’yishi kerak. Masalan, siz aylana chizib, boladan uni 
tugatib qo’yishini so’rang. Shunda bola aylanadan nima chizish 
mumkinligi haqida fikr yuritadi.
Bola rasm solar ekan, rasmni so’zlar bilan to’ldirib, faollik bilan 
harakat qiladi, u o’z tasavvurlari asosida keyinchalik katta yoshdagi 
odamlarning so’ziga binoan rasmlar yaratishi mumkin, unda ayrim 
narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va 
plastilinlardan shakllar yasaydi. Natijada, bola analizatorlarini 
rivojlantirishda moslashgan va differensiyallashgan harakatning 
tarkib topishidan tashqari, uning narsa shakli, hajmi, bir o’lchovda 
bo’lishi va munosabatini idrok etish takomillasha boradi. Chizishni 
un va qumda ham amalga oshirish mumkin.
Grafik diktant. Bunda tarbiyachi bolalarga geometrik shakllar, 
narsa-buyumlarni aytib turadi. Bolalar chizadi. Masalan, 
uchburchak, qush va boshqalar.
3–4 yashar bola narsalar o’rtasidagi bog’lanishni farqlab oladi 
va o’z faoliyatini rejalashtiradi. Bu faoliyat asta-sekin ijodiy 
faoliyatga aylanadi.
Bo’yash. Ayrim bolalar yaxshi chiza olmaydi, ammo chizishni 
xohlaydi. Bunday bolalarga tayyor rasmlarni bo’yash vazifasini 
topshirish mumkin. Ular rasmlarni bo’yar ekan, ertak qahramonlari 
bilan tanishadi. Ularning kiyimlari, qiyofalari, atrof-muhiti haqidagi 
tasavvurlarga ega bo’ladi. Shu bilan birga, qo’l harakati motorikasi, 
ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi.


Pazl. Pazl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi juda foydali 
mashg’ulot. Bola yaxshi ko’rgan rasmlardan unga pazl olib bering 
yoki o’zingiz yasab bering.
Bolalar 
dominosi. 
Ertaklar 
qahramoni 
aks 
ettirilgan 
dominolarni bolangiz bilan birga o’ynab, ba‘zida unga yutqazib 
tursangiz, bola juda zavq bilan o’ynaydi. O’yin davomida esa u 
aqlan rivojlanadi. Bolalar dominosini o’zingiz ham yasasangiz 
bo’ladi.
O’yin jarayonida 3 yashar bolada dastlabki umumlashtirish 
yuzaga keladiki, bu narsa bolaning oddiy masalalarni yechishida 
yordam beradi.
She‘r yodlash. Bolaning xotirasini rivojlantirish maqsadida har 
kuni bitta kichik she‘r yodlating. Ertasi kuni kechagisini eslatib
yangisini yodlatsangiz maqsadga muvofiq.
Origami (yaponcha, ―qog’ozni yig’ish‖). Yaponlarning qalbini 
aks ettiruvchi, to’rtburchak qog’ozdan shakllar yasash san‘atidir. 
Origami nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda odamlarning 
sevimli hordiq chiqarish mashg’ulotlariga aylangan. Origami 
san‘atini o’rgatish bolalarda tasavvur qilish, fikrlash qobiliyati va 
barmoqlar motorikasini rivojlantirishga yordam beradi.
Kusudami (yaponcha, ―dori‖, ―shar‖). Yaponlarning 
qog’ozdan yumaloq shakllar yasash san‘ati.
Bolalar teatri. Bu usul bolalar qo’l motorikasini rivojlantirishda 
qollaniladi.
O’yin. Bola o’yin jarayonida amaliy ehtiyojlarga qaram 
bo’lmaydi. Bunda u o’zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan 
kelib chiqadi hamda jarayonda o’z taassurotlari, borliq haqidagi 
tushunchalari va unga bo’lgan o’z munosabatlarini aks ettiradi. 
O’yinlarni turli predmetlar orqali amalga oshirish mumkin. 
Masalan, qisqich va sanoq cho’plari bilan mashqlar; dastro’mol, ip 
kalavasi, qog’oz bilan mashq; ―Sehrli xaltacha‖; oyoq kiyimlarning 
ipini 
o’tkazish; 
mozaika, 
konstruktorlar; 
skrepkalar; 
tish 
kavlagichlar, gugurt donalari bilan o’ynash.


Eng asosiysi, bolani o’yin tarzida rivojlantirish kerak. Dars 
qilgandek, uni majburlab rivojlantirish ijobiy natijaga olib 
kelmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola har tomonlama rivojlana 
olsa, keyinchalik yutuqlarga erishishi oson bo’ladi.
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bolalarni maktabga tayyorlash daftari. Rasulova.M.SH.,
Jalolova.G.Q.tarjimasi. T.., O‘z PFITI, 1995.
2.
F.Qodirova va boshqalar . «Maktabgacha pedagogikasi» 
«Tafakkur» T- 2019y.
3.
O.U.Xasanboeva.Oila pedagogikasi. T., 2007 y.
4.
U.Otavalieva.Bola tarbiyasida bog‘cha va oila hamkorligi
.
«O‘qituvchi» T., 1994

Yüklə 390,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə