Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja


Turizm sohasining tasniflanishi



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə2/8
tarix12.05.2022
ölçüsü49,26 Kb.
#86804
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.

Turizm sohasining tasniflanishi

Tasniflanadigan belgilar

Turizm turlari

Geografik va turistik

talab yo‘nalishi bo‘yicha



    1. . Milliy

    2. . Xalqaro

1.3. Hududiy (mintaqaviy)

1.4. Ichki

1.5. Kiruvchi

1.6. Chiquvchi



Maqsadlar bo‘yicha

2.1. Tarixiy obidalar turizmi

2.2. Arxeologik turizm

2.3. Rekreatsion turizm

2.4. Sog‘lomlashtiruvchi dam olish

2.5. Malakaviy ish turizmi

2.6. Ilmiy turizm

2.7. Sport turizmi

2.8. Shop-turlar

2.9. Diniy turizm (haj safari, ziyorati)

2.10. Qo‘msash, sog‘inish turizmi

2.11. Ekoturizm

2.12. Ovchilik turizmi

2.13. Gastronomiya turizmi

2.14. Safari turizmi



Moliyalashtirish manbai bo‘yicha

3.1. Ijtimoiy turizm

3.2. Tijoriy turizm



Harakatlanish usuli bo‘yicha

4.1. Yayov

4.2. Aviatransport

4.3. Dengiz transporti

4.4. Daryo transporti

4.5. Avto tarnsport

4.6. Temir yo‘l transporti

4.7. Velosiped transporti

4.8. Ulovlarda

4.9. Aralash


Joylashuv vositalari bo‘yicha

5.1. Otellarga, mehmonxonalarga

5.2. Motellarga

5.3. Pansionatlarga

5.4. Kempinglarga

5.5. Palatkalarga

5.6. Rotellarga

5.7. Botellarga

5.8. Sanatoriylarga

5.9. Flotellarga

5.10. Xostellarga

5.11. Otel-klublarga

5.12. Turbazalarga

5.13. Turistik uylarga

5.14. Appartamentlar



Ishtirok etuvchilar soni bo‘yicha

6.1. Individual-Yakka

6.2. Oilaviy

6.3. Guruhlar bo‘lib


Tashkiliy shakllari bo‘yicha

7.1. Tashkil etilgan

7.2.Tashkil etilmagan


Hozirda turistlarning talablarini qondirish maqsadida turistik faoliyatlarning ko‘pgina turlari mavjud. Turizmning har bir turi sayohatning aniq belgilangan maqsadiga bog‘liq. UNWTO tashkilotiga binoan, sayohat maqsadlari asosan ikki turda bo‘ladi, shaxsiy va biznesga aloqador. Barcha sayohat maqsadlari shu ikki asosiy asosida shakllanadi.


2. Kirish turizmi, chiqish turizmi va xalqaro turizm

Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin: «Milliy», «Xalqaro», «Hududiy (mintaqaviy)», «Ichki», «Kiruvchi» va «Chiquvchi». Xalqaro turizm – mamlakat fuqarosining chet davlatlarga turistik maqsadlarda chiqishi va chet davlat fuqarolarining turistik maqsadlar bilan ushbu davlatga tashrif buyurishi hisoblanadi. Xalqaro turist tushunchasiga ko‘ra, tashrif buyurgan xorijiy davlatga 24 soatdan kam bo‘lmagan muddatga kelgan va malakaviy faoliyatiga haq to‘lanmaydigan vaqtinchalik tashrif buyurgan turistlar kiradi.

Milliy turizm - ichki va chiqish turizmini o‘z ichiga oladi, bunda rezident shaxsning mamlakat ichida va undan tashqaridagi ichki yoki tashqi sayohatchilarning bir qismi sifatidagi faoliyatlari tushuniladi. Turistik oqimlarning yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «Kiruvchi» va «Chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg‘un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi:

1 ta kiruvchi turist 1 ta chiquvchi turist 4 ta ichki turist.

Ushbu nisbatning O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har bitta kiruvchi turistga 1,4 nafar chiquvchi turist to‘g‘ri kelib, shularga nisbatan ichki turistlar soni 3,5 nafar turistni tashkil etmoqda.



1 ta kiruvchi turist 1,4 ta chiquvchi turist 3,5 ta ichki turist.

BTT tavsiyalari asosida O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 0,4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Bu vaziyat O‘zbekiston fuqarolarining oilaviy byudjetidan bevosita turistik maqsadlarga ajratilgan qismi ortib borayotganligini ifodalaydi. Bu o‘z navbatida ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi bilan birgalikda uning salbiy oqibatlari ham mavjud bo‘lib, Respublikadan chet el valyutasining chiqib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi BTTning nisbatiga ko‘ra ichki turizm 4 kishiga ega bo‘lishi kerak edi, demak O‘zbekiston sharoitida ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.

Ichki turizm – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqarolarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80-90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan harajatlar xalqaro turizm harajatlaridan 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH, Fransiya, Angliyada ommabop hisoblanadi. Kiruvchi turizm–O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan fuqarolarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Chiquvchi turizm–O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqarolarning o‘zga mamlakatlarga qilgan sayohati.


Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə