|
Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
17
Siyovush dastlab mifologik xudo obrazi sifatida tasvirlanadi. U husn jamolda tengsiz
edi, o’gay onasining ehtiroslarini rad etgani uchun malomatga qoladi. Siyovush o’zining
pokligini isbotlash uchun olov ustidan otida sakrab o’tadi. O’gay ona bilan yuz
ko’rishmaslik uchun Afrosiyobning oldiga boradi. Afrosiyob unga qizini beradi. Fitnachi
amaldorlar Siyovush va Afrosiyob o’rtasiga adovat solib, shohning o’z kuyovini o’ldirishiga
erishadilar. Siyovushning o’g’li Kayxisrav bobosi Afrosiyobdan qasos olib uni o’ldiradi.
Kayxisrav Xorazmshohlar sulolasiga asos solgan deyiladi.
Umumturkiy adabiyotga oid doston “O’g’uznoma”dir. Ma’lum bo’lishicha, O’rta Osiyoda
chig’atoy tilida qator “O’g’uznoma”lar bitilgan. Taniqli olim X.Ko’ro’g’li asar haqida
quyidagicha fikr bildirgan: “O’g’uznoma” atamasi... dastlab Abu Bakr b. Abdulloh b. Oybek
ad Davadari (XIV asr) asrida uchraydi. Rashiduddinda qayd etilgan, lekin bizgacha yetib
kelmagan nusxa hamda Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan uyg’ur yozuvidagi
“O’g’uznoma” ham taxminan o’sha davrga xosdir. Bundan tashqari, XV- XIX asrlarda O’rta
Osiyoda chig’atoy tilida bitilgan qator “O’g’uznoma”lar haqida ma’lumotlar mavjud...
Bizgacha yetib kelgan O’rta va Markaziy Osiyoda yaratilgan “O’g’uznoma”lar uzuq bo’lib,
o’g’uzlarning boy epik ijodi haqida “Kitob dedam Qo’rqut” kabi tasavvur bera olmaydi”
(X.Koroglы. «Rodoslovnaya turkmen» Abulgazi i oguzskiy epos». “Turkologik”, L., 1976).
Tilshunos olim V.V.Radlovning “Qadimgi turki lug’at”ida O’g’uzxon haqida ma’lumot berib
XIII yuz yillikka oid bu afsona mazmunan epikligi, XV asrga daxldor yagona nusxasi uyg’ur
yozuvida bitilgani va har birida 9 qator yozuv bo’lgan 42 sahifadan tashkil topganligi,
uning Parij Milliy kutubxonasida saqlanishini qayd etadi. “O’g’uznoma” xorijiy
mamlakatlari olimlari tomonidan ham o’rganilgan
1
. Asarda qadimiy turkiylarning
etnogenezisi, har bir urug’ning shajaralari ko’rsatilgan. Dostonda ko’plab she’riy parchalar
ham keltirilgan. O’g’izxonning tug’ilishi bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar berilgan, uning
davlatni boshqarish, el-yurt obodonchiligi, turkiylarning ozodligi, mustaqilligi, farovon
hayoti uchun olib borgan kurashlari bayon etilgan.
1
“Dede Korkut kitabi”, Ankara, 1958; F.Sumer. Oguzlar. Turkmenlar. Tarixlari – boy teskilati – destanlari,
Ankara, 1967; “Книга моего деда Коркута» М., Л., 1925; Х.Короглы. «Родословная туркмен» Абулгази и
огузский эпос». “Turkologik”, Л., 1976; Ж.Дюмезиль. Скифы и Нарты. М.: Наука, 1979.
|
|
|