|
![](/i/favi32.png) Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
23
yurtidan chiqib boshqa joylarga safar qilgani, ko’plab madaniy-adabiy manbalarni
o’rgangani va Koshg’arga kelib asarni yozib tugatganini anglash mumkin.
“Qutadg’u bilig”ga qadar yaratilgan asarlarning barchasi arab va forsiyda bo’lib, bu asar
turkiyda yaratilgan birinchi eng yirik adabiy asar edi. Asar Tabg’ach Bug’roxon tomonidan
munosib taqdirlanib, muallifga shuhrat keltiradi, eshik og’asi unvonini oladi.
“Qutadg’u bilig” asarining uch qo’lyozma nusxasi mavjud, uyg’ur yozuvida
ko’chirilgan nusxasi Venadan, arab yozuvida ko’chirilgan nusxasi Qohiradan va yana bir
nusxasi Namangandan topilgan. Asar bo’yicha G’arbiy Yevropa sharqshunoslari, rus
sharqshunoslari va o’zbek olimlari Fitrat, S.Mutalliboev, A.Abdurahmonov, N.Mallaev,
B.To’xliev tadqiqot ishlarini olib borganlar. 1971 yilda asar Qayum Karimov tomonidan
nashr etilgan. 1990 yilda adabiyotshunos B.To’xliev soddslashtirib chop etdi.
Asar muayyan syujet asosiga qurilgan emas. Adib o’zining ijtimoiy fikrlari va
g’oyalarini, orzu-istaklarini ramziy obrazlar sajiyasiga, suhbatiga singdirib yuboradi.
Adolat-Kuntug’di-shoh, Davlat-Oyto’ldi-vazir-oy, Aql-O’gdulmish-vazir, o’g’li-charog’onlik,
Qanoat-O’zg’urmish-vazir qarindoshi-sergaklik ramzlarini ifodalaydi. Asosiy voqealar shu
4 obraz o’rtasidagi savol-javoblardan iborat bo’lib, bir qator eng asosiy masalalar ana shu
jarayonda yoritib beriladi. Xos Xojib falsafasiga ko’ra hayot, umr barcha ezguliklar uchun
asosdir. Shoir insonning hayotda ilm-ma’rifat olishi zarurligiga e’tibor qaratadi, asarda bu
to’g’rida qayta-qayta to’xtalib o’tadi. Yana bir hikmat bor: Hazrati odam,- Bilim, aqlu idrok
sabab muhtaram.
“Qutadg’u bilig”ni aql va hikmat darsligi deb ham atashadi.
Turkiy adabiyotda xamsachilik an’analari paydo bo’ldi, she’riyatda tasavvuf mavzusi
ham yetakchilik qildi. Turkiy adabiyotning buyuk iste’dodlari maydonga keldi, jahon
adabiyoti san’atkorlari qatoridan o’rin olganlar. Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy, Jaloliddin
Rumiy, Yunus Emro, Navoiy va Bobur, Maxtumquli, Zaliliy, Abay kabilarni qayd etish
mumkin. Shuningdek, XX asr adabiyotida ham ko’zga ko’ringan turkiy adiblar yetishib
chiqdi. Nozim Hikmat, Rashod Nuri, A.Qodiriy, Cho’lpon, Ch.Aytmatov, M.Avezov, O’ljas
|
|
|