Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Lingvistik kompetensiya elementi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə50/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Lingvistik kompetensiya elementi: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars .
Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish , “Rebusni to‘g‘ri yeching ” topshirig‘i .
Dars jihozi: Doska , mavzug

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

a oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:


I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . O‘qituvchi :
-Qani aziz bolalar ,
Kim dars nomin aytadi ?
Yurtimiz tabiatin
Menga aytib beradi ?
O’quvchi:
-Darsimiz yozuv darsi ,
-Yurtimda oltin kuz fasli.
- Havo iliq , Kun ochiq ,
Dalada ishlar qizg‘in .
Dehqon hosil yig‘adi,
Bog‘bon meva teradi.
Yetilgan sabzavot , meva
Tabiatni bezaydi
Atrof sariq libosda
Har yon go‘zal har chog‘da
Chunki yurtim jamoli
O‘zgacha kuz chog‘ida.
O‘qituvchi : -Kun , yil ,oy ta’rifin
Ayting endi bolalar
O‘quvchilar yil ,oy, kun haqida ma’lumot beradi.
Sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi va nomlanadi. Guruhlar taqdimoti bo‘ladi.
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish.
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “L” tovush harfini , “L” tovush harfi qatnashgan bo‘-g‘in, so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “Ll” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish . O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “Ll” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
“Olmalarni terib ol” o’yini o‘tkaziladi .

III . Yangi mavzu bayoni .
Ekranda “Bolta, banan,bodring, baliq , buzoq” rasmlarini ko‘rsatib , bu so‘zlar qaysi tovushdan boshlanganini so‘rash . “Bb” tovushini undosh tovush ekanligi haqida tushun-cha berish .
Kichik “ b” tovushining talaffuzi va yozilishi ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik “b” harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsatiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . O‘quvchilar kichik “b” harfini daftarlariga yozadilar.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə