Mavzu: Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi Reja: Dukkakli sabzavot ekinlari haqida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145713
  1   2   3
Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi


Mavzu: Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi
Reja:

  1. Dukkakli sabzavot ekinlari haqida

  2. Dukkakli sabzavot ekinlari turlari

  3. Dukkakli sabzavot ekinlari yetishtirish texnologiyasi

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Dukkakdoshlar, dukkaklilar (G’a-bacoae, Leguminosae) - ikki pallali o’simliklapining bir oilasi. Yer yuzining hamma viloyatlarida keng tarqalgan. Ba’zilar dukakdoshlarni uch oila mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesaipiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae)ra ajratadi. Dukakdoshlarming barglari ko’pincha ketma-ket, odatda bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon to’pgul, odatda zigomorf (masalan, kapalakgullilar), ayrimlarida aktiniomorf. Mevasi - dukkak dukakdoshlarning 12000 turini birlashtirgan 500 turkumi bor. Dukakdoshlardan oqsilga boy bo’lgan mosh, no’xat, loviya, soya, er yong’oq oziq-ovqat uchun, to’yimli yaylov o’simliklaridan beda, sebarga, esparset em-xashak uchun ko’plab ekiladi. Dukakdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan tragakantalm va balzamli daraxtlar, qimmatbaho yog’och olinadigan daraxtlar bor. Yer yong’oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsopak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar medisimada turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Cho’llarda uchraydigan izboltir, oqmiya achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Dukakdoshlarning ba’zi zaharli turlari (dorris, lomxokarpus) insektisid sifatida ishlatiladi. Ko’p dukakdoshlar (akasiya, gledichiya, tuxumai va b.) manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Dukakdoshlarga mansub ko’p o’simliklarning ildizida atmosfera azotini o’zlashtiradigan azotobakterio yashaydi. Shuning uchun dukakdoshlar azot birikmalari kam bo’lgan tuproqda ham yaxshi o’sadi.


Don-dukkakli ekinlar dukkakdoshlarga mansub o’simliklar. Asosan, doni uchun o’stiriladi. 60 dan ortiq turi bor: no’xat, nut, loviya, mosh, soya, er-yong’oq, xashaki no’xat, xashaki soya, burchoq, yasmiq va boshqalar. Don dukakli ekinlar donida oqsil ko’p, A,B,C,D vitamiilar bor, soya va er yong’oq tarkibida esa yog’ ko’p. Don-dukakli ekinlarning etilgan doni, dumbul dukkagi, chala pishgan ko’k doki iste’mol qilinadi. Pishgan doni qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun em tariqasida, yog’ olish (soya va er yong’oq), kazein va elim (burchoq, soya, yasmiq) tayyorlashda ham ishlatiladi. Poxol va to’poni hayvonlarga beriladi. Don-dukakli ekinlar ildiz tuganagidagi bakteriyalar orqali havodagi sof azotni o’zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi. Shu sababli bular o’rniga ekilgan ekinlar mo’l hosil beradi. Don-dukakli ekinlar kuchli sho’rlanmagan va botqoqlashmagan erlardan boshqa hamma tuproqda (fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan o’g’itlanganda) yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Bu ekinlarni nitrogen bilan o’g’itlash hosilni ko’paytiribgina qolmay, tuproq unumdorligini ham oshiradi.
Loviya. O’rta Osiyoda loviyaning tik o’sadigan (bo’yi 25-50 sm), yarim chirmashuvchi (bo’yn 1,5 m gacha) va chirmashuvchi (bo’yi 2-3 m gacha) navlari mavju dukakdoshlar Dukkagining tuzilishiga qarab shirin, nimshirin va po’sti archiladigan turlari bo’ladi. Tomorqa erlarga ekish uchun loviyaning «Shedraya» (tezpishar - urug’i unib chiqqanidan so’ng 40-45 kunda etiladi), «Triumf sa-xarnыy-764» (o’rtapishar), tuksiz «Saksa-615» (juda tezpishar), «Lim-skaya» yokya «Opsimop» (shurxok erlarda o’sa olishi va juda ham mazali bo’lgani uchun O’rta Osiyoda ekishga ayniqsa qo’l keladi), mayda donli «Sershox-36» va «Armaniston-2» navlari tavsiya etiladi. Loviya urug’lari tuproqning 1 g 10 sm chuqurligidagi temperatura 8-10°C ga etganda unib chiqa boshlaydi. Ekish muddatlari aprelning oxiri va mayning boshlariga to’g’ri keladi. U qator oralari 50-60 sm, o’simlik oralari 15 sm dan qilib 3-5 sm chuqurlikka ekiladi, o’suv davri davomida 4-5 marta sug’oriladi, ikki uch marta kultivasiya, ikki marta chopiq va o’toq qilinadi. Loviya tuguncha tukkanidan 8-10 kun keyin, ya’ni doni asl kattaligining uchdan bir qismiga etganda har 6-8 kunda terib turiladi. U naviga qarab mavsumda 6-8 marta teriladi. Doni uchun ekilgan loviyalar dumbullik davrida, donning kattaligi deyarli normal darajaga etganda yig’ib olinadi. Buni dukkagining bo’rtishiga qarab aniqlash mumkin.
Mosh oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Rangi turlicha: tim yashil, och yashil, 04 jigar rang va qo’ng’ir bo’lishi mumkin. Tim yashil rangdagisi, eng yaxshi mosh, hisoblanib, bir qaynaganda pishadi, mazali va o’ziga xos xushbo’y hidga ham ega bo’ladi. Bir yildan ko’proq vaqt saqlangan mosh qattiq bo’lib qoladi, pishishi qiyin bo’lib, rangi qo’ng’ir, mazasi esa yaxshi bo’lmaydi; bunday mosh «g’o’dra deb yuritiladi. Shuning uchun moshni yangiligida ishlatish va uzoq saqlamaslik zarur Moshli taomlar; moshova, moshxo’rda, moshugra, moshqovoq, moshkichiri, moshpalov, mosh manti va boshqalar ko’proq yoz oylarida peshingi ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Qishda va kechqurun iste’mol etilgan moshli taomlar yaxshi hazm bo’lmaydi hamda jig’ildon qaynashiga sabab bo’ladi. Moshning tarkibida kraxmal ancha ko’p (45% dan 50% ga-cha), oqsilga boyligi (25% dan to 30% gacha) bilan go’shtdan sira qolishmaydi, g’oyat to’q tutadi. Moshda yana 2-4% moy, har turli ma’dan moddalari, vitaminlar, ayniqsa gruppasidagi (VV, RR) vitaminlar ko’p.
No’xat O’rta Osiyo, Qozog’iston, Ukrainaning janubi, Shimoliy Kavkazda ekiladi. Doni tarkibida 30% gacha oqsil, 5-87 moy, 60% dan ortiq azotsiz ekstraktiv moddalar bor. Savdoga po’sti olinmagan butun donli oziq-ovqatga ishlatiladigan no’xat va po’sti olinib (oqlangan) silliqlangan no’xat chiqariladi. Po’sti olingan no’xat butunligicha silliqlangan yorib silliqlangan turlarga bo’lindi. No’xat turli suyuq va quyuq ovqatlarga ishlatiladi, Masalan, no’xat xo’rak no’xatsho’rak va boshqalar.
Soya, so’ya (Glycine)-dukkakdoshlar (dukkaklilar oilasi)ga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar avlodi. Unlab turi (ba’zi malumotlarga ko’ra o’n turi) ma’lum Madaniy turi ko’p ekiladi. Poyasi tik 1-2 m, sershoh barglari patsimon, uchtalik gullari mayda, oq, binafsha rang, qizil, to’pgulga yig’ilgan. Mevasi dukkak to’g’ri yoki o’roqsimon. Urug’i yumaloq, cho’zinchoq, sariq, ko’k 1000 donasi 60-425 g. Tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog’, 20-32% uglevodlar, 1-2% lisitin, D, B, E va b. vitaminlar bor. Urug’i yog’, oqsil va lisitin olish uchun foydalaniladi. Oqsilga boy ozuqa. Doni, pishib etilmagan dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya suya unidan sut, tvorog, konditer mahsulotlari tayyorlashda, yog’idan margarin, kombijir ishlab chiqarishda foydalaniladi. Doni turli sanoat mahsulotlari (plastmassa, elim, lak bo’yoq sovun va b.) uchun xom ashyo. Soya suya issiqsevar va namsevar. O’suv davri 75-200 kun. Urug’i 8-10° da unib chiqadi Soya suya aprelda, keng qatorlab (qator oralarini 60 sm qilib), sabzavot seyalkasida ekiladi. Gektariga 35-140 kg urug’ sarflanadi. Barglari to’kilib, dukkaklari qorayganda (doni pishganda) don kombayni yoki o’roq mashinasida yig’ib olinadi. Vatani Xitoy, shuningdek AQSH, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Vetnam, Indoneziyada, Uzoq Sharq, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va qisman O’zbekistondi ekiladi.Don g’alla ekinlari mevasi va don-dukkakli o’simliklar urug’idir. Don mahsulotlari odamning asosiy ovqatlaridan biri, un, krupa, pivo, kraxmal-patoka, spirt, aralash yem-xashak tayyorlash uchun xom ashyo hamda qishloq xo’jalik hayvonlarning kuchli ozig’i. Davlat oziq-ovqat mahsulotlari jamg’armasining asosiy qismi va chetga chiqariladigan tovar hisoblanadi.
G’alladoshlar, boshoq gullilar (Roa-seaye yoki Qramineae)-bir pallali o’simliklar oilasi. Bir yillik ikki yillik yoki ko’p yillik o’tsimon, ba’zam butasimon yoki daraxtsimon shakllari bor. Poyasi silindriq tik yoki yonboshlab ko’tarilib o’sadi, bo’g’imlarga bo’lingan ichi g’ovak shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Bo’yi 1 sm dan bir nechta o’n m gacha; ba’zilarining poyasi yog’ochlanib baland bo’lib o’sadi (masalan, bambukning 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, lentasimon, ipsimon, qalami bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, ba’zan bir jinsli, mayda, ko’rimsiz oddiy to’pgullarga (boshoqchalarga) yig’ilgan, bular esa murakkab to’pgullar shingil, ro’vak va boshqalar, hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, ba’zan ko’p gulli. Mevasi don, ba’zan danaksimon, yong’oqsimon yoki rezavor. Urug’ining ko’p qismi kraxmalli eidospermdan iborat. G’allaning ko’pchiligi uzun ildizpoyali va popuk ildizli. G’allaning 600 turkumi, 10000 turi ma’lum. O’zbekistonda 91 turkumi (270 turi) o’sadi.Unib chiqishi Yerga ekilgan sog’lom urug’lar qulay sharoitda bo’rtadi, unadi va yer betiga ko’karib chiqadi. Urug’ning unib chiqishi uchun kislorod, harorat va namlik kerak. Don ekinlari donining bo’rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv kerak bo’ladi. Masalan, bug’doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% ga yaqin, arpa, suli, makkajo’xori, tariq va oqjo’xori - 25% miqdorda suv iste’mol qiladi. Urug’ning bo’rtish tezligi muhit haroratiga, donning yirik maydaligiga, konsistensiyasiga, po’sti bor yo’qligiga va tuproq hamda boshqa omillarga bog’liq. Tuproqqa tashlangan urug’ning bo’rtishi uchun urug’da ma’lum fiziologik o’zgarishlar boradi, lekin unish, rivojlanish omillariga bog’liq.Suv urug’ning bo’rtishi va fermeitlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Urug’ning mo’rtagi endospermaga karaganda suvni tez shimadi, natijada u unib chiqayotganda qobig’i yoriladi va birlamchi ildiz hamda boshlang’ich poyalar chiqadi. Ferment (diastaza, proteaza, lipaza va boshqa)lar suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga aylantiradi. Chunonchi, kraxmal qandga, oqsil aminokislotaga, yog’ gliserin va yog’ kislotasiga parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi birlamchi ildiz qalqonchasi orqali mo’rtakka keladi. Don ekinlari turli haroratda unib chiqadi. Bug’doy, javdar, arpa, suli donining unishi uchun harorat 1 -2°, maysalashi uchun kamida 4-5°C bo’lishi kerak, tariq, makkajo’xori, jo’xori uchun 15° dan 18°C gacha va sholi uchun 18° dan 22°C gacha bo’lishi kerak Haroratning bundan yuqori ko’tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, harorat 30-32° ga yetganda I guruhdon ekinlari, 36- 40° ga yetganda II guruhdon ekinlari urug’i butunlay unishdan to’xtaydi. Demak urug’ning unib chiqishi uchun barcha omillarningtengligini yoddan chiqarmaslik zarur.Urug’ mo’rtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u yetishmasa, urug’ kech unib chiqadi. Shuning uchun urug’ni haddan tashqari chuqur ekish va yer betining qatqaloklanishi zararli. Urug’ tirik organizm, hatto saqlanayotgan paytda ham nafas oladi, una boshlaganda hayotiy jarayonlar tezlashadi, shuning uchun ham yengil, g’ovak strukturali tuproqlarda urug’lar tez unib chiqadi. Urug’ unayotganda dastlab birlamchi yoki mo’rtak ildizlari, keyin poyachalari o’sa boshlaydi. Makkajo’xori, oqjo’xori, tariq, sholi bitta; bug’doy, arpa, suli, javdar, esa 3 dan 8 tagacha mo’rtak ildiz chiqarib ko’karadi. Urug’ning yer yuziga chiqishi zarur sharoitlar paydo bo’lganda dastlabki shakllangan poyachadonning qobig’ini yorib, yer yuziga chiqishga harakat qiladi. U birinchi yaltiroq barg, barg novi bilan o’ralagan bo’lib, bu nov g’ilof yoki koleoptile deb ataladi. Rangi yashil, taloqrang, yoki bi-nafsha tusda bo’lib, poyacha va birinchi yashil bargni mexaniq shikastlanishdan himoya qiladi. Poyacha yer betiga chiqishi bilan o’sishdan to’xtaydi, koleoptile esa navbatdagi bargni chi-qarib yoriladi, bu barg yer betiga chiqqach, yashil rangga kiradi. Ana shu yashil barglar maisa chiqqanligini anglatadi. Haqiqiy don ekinlarining maysasi odatda 6-10 kunda chiqadi. Maysalar chiqqandan bir hafta keyin o’simlikda navbatdagi - ik-kinchi barg’ shakllanadi. Uchinchi va to’rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bo’ladi. Bug’doyning maysalari ko’pincha yashil, javdarniki binafsha va jigarrang, suliniki och yashil, arpaniqi zangori ko’kimtir, makkajo’xori va jo’xoriniki yashil rangda bo’ladi Tuplanish fazasi don ekinlarining hammasida har xil biologik om illarni talab qiladi va o’simlikdagi botaniq o’zgarishlar ham turlicha bo’lib, hatto bu faza har xil muddatda davom etadi (51-rasm).
O’simlik 2-3 ta barg chiqargandan keyin asosiy poyasining o’sishi sekinlashadi. Poyasiningerosti qismida bir-biriga yaqin bir necha bo’g’im paydo bo’ladn, bular tuplanish bo’g’imi deyiladi. Tuplanish bo’g’imidan yon novdalar, shu bilan bir vaqtda ikkinchi tartib ildizlar chiqadi, ular o’simlikda popuk ildiz hosil qiladi. Tuplanish bo’g’imida o’simlikning bo’lajak qismlari joylashgan bo’lib, unda oziqmoddalar to’planadi. Tuproqda nam qancha ko’p, yer unumdor bo’lsa, tuplanish shuncha kuchli bo’ladi. Urug’ qalin ekilgan bo’lsa, yorug’lik va oziq moddalar yetishmasa, tuplanish kuchi pasayadi va, aksincha. Don ekinlarining o’sish sharoiti qancha qulay bo’lsa, ular shuncha yaxshi to’planadi. Umumiy tuplanishdan tashkari, unumli tuplanish ham bo’ladi. Unumli yoki maxsuldor tuplanish poyada boshoq hosil qilganlarigaaytiladi. Masalan, bir tup bug’doy 8 ta poya hosil qilgan bo’lsa shundan 6 ta poyada boshoq bor, 2 tasi boshoqcha hosil qilmagan yoki boshog’i kichkina puch bo’lib qolgan bo’ladi. Boshoqni olib qarasangiz unda don yo’q. Demaq 6 ta boshokda don hosil qilgan, 2 tasi donsiz puch, ozuqa moddalar yetishmaslikdan yoki kech paydo bo’lganidan boshokda don hosil bo’lmadi. Mah-suldor poyalar soni nav hamda tuproq sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doyda tuplanish soni muvofiq sharoitda 3-6 ta, siyrak ekilganda 8-12 ta, kuzgi arpada muvofiq sharoitda 8-12 ta, siyrak ekilganda 16- 20 ta bo’ladi. Odatda bahorgi bug’doy va arpa kam to’planadi. Kuzgilari odatda ko’p to’planadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə