U. G‘afUrov, Q. SharIpov


MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaTNING



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaTNING
afZaLLIKLarI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy 
korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa 
muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega. 
Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, 
mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi 
bo‘lishi mumkin.


36
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ular
-
ning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona faoliyatida shax
-
siy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini 
ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi. 
MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaTNING
KaMChILIKLarI
M
as’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan chek
-
lab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga 
to‘sqinlik qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota 
olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan 
chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning 
qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning 
roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi 
mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri 
qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.
MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaTDa 
DIvIDENDGa SoLIQ
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividend
-
dan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.
Misol. 
«SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha 
sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan 
tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
– birinchi ta’sischi – 45%;
– ikkinchi ta’sischi – 25%;
– uchinchi ta’sischi – 18%;
– to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha 
taqsimlanadi: 
– birinchi ta’sischi – 47000000 × 45% = 21 150 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 47000000 × 25% = 11 750 000 so‘m;


37
– uchinchi ta’sischi – 47000000 × 18% = 8 460 000 (soliq summasi 
8 460 000 × 10% = 846 000) so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 47000000 × 12% = 5 640 000 (soliq summasi 
5 640 000 × 10% = 564 000) so‘m.
Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miq
-
dorda hisoblanadi:
– birinchi ta’sischi – 21 150 000 × 10% = 2 115 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 11 750 000 × 10% = 1 175 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 8 460 000 × 10% = 846 000 so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 5 640
000 
×
10%
=
564 000 so‘m.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə