Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari


“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118577
1   2   3   4
105-107 1654101695

“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI 
hayvonlar suyaklari ustun, uning terisi bilan atrofi o‘ralgan bo‘lib, uning balandligi 1-2 metr 
bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda 
Amudaryo faoliyati natijasida Quyi Amudaryo havzasi, Sariqamish bo‘yi, O‘zbay atroflarida 
ko‘p sonli suv havzalari vujudga kelganligi munosabati bilan o‘simlik va hayvonot dunyosi 
ovchilik va baliqchilik, termachilikni jadal rivojlanishiga bo‘lgan imkoniyatni hosil qilgan.
3
S.P.Tolstov tadqiqotlarida Yonboshqal’a balandligi atrofida qum barhanlari o‘rtasidagi 
maydonchalar Oqchadaryo irmog‘i faoliyati natijasida hosil bo‘lgan suv havzalari sohili 
etagiga ulanib ketgan balandlik yon qismiga manzilgohlar qurilgan bo‘lib, shundaylardan biri 
Yonbosh-4 manzili qadimiy holda qayta tiklangan. Masalan, Yonbosh-4 turar-joy egallagan 
hudud 24x17 m, yog‘och ustunli, ko‘pburchak, konussimon shaklda, asosiy qurilish ashyosi 
yog‘och, egiluvchan novda va qamish bo‘lgan. Tadqiqotchi fikricha, manzilgohda neolit 
urug‘ jamoasi a’zolari istiqomat qilib, ularning soni 120-125 kishini tashkil etgan. Manzilgoh 
tekislikka qurilgan, uning ichki qismi tuzilishi markazda “otashgoh”, chuqurchalardan iborat 
bo‘lgan.
4
Xorazm arxeologik-entografik ekspeditsiyasi xodimlari hamkorligida nashr qilingan 
monografiyada Yonbosh-4 manzilgohi qayta tiklanishi S.P.Tolstov fikri davom ettirilgan.
5
Tadqiqotchi A.V.Vinogradov O‘rta Osiyo neolit davri ovchilari va termachilari 
turar-joylari haqidagi ma’lumotlari qatorida Oqchadaryo havzasida Yonbosh-4 manzili bilan 
bir tarixiy sanada qurilgan Tolstov manzili to‘g‘riburchak shaklda bo‘lib, yer sathiga 
qurilgan. Uning maydoni 110-120 m
2
. Qurilish ashyosi yog‘och, qamish va yog‘och 
po‘stloqlari bo‘lgan
6
. Afsuski, tadqiqotchi Tolstov manzilgohi tuzilishi qanday xususiyatga 
ega ekanligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar kuzatilmaydi.
Tadqiqotchilar asarlarida Yonbosh-4 manzilgohi S.P.Tolstov tomonidan ilgari 
surilgan qayta tiklash to‘g‘risidagi xulosasi qo‘llab quvvatlangan
7

G‘arbiy Zarafshon hududida Darvozaqir 1,2 da olib borilgan arxeologik izlanishlar 
natijasida Yonbosh-4 manzili qurilish an’anasi davom etganligi aniqlandi. Tarixiy 
ma’lumotlarga ko‘ra, neolit davri oxiriga kelib, iqlim sharoiti o‘zgarganligi sabab, 
Echkiliksoy, Daryosoy sohili atroflarida suv ta’minoti to‘xtagan, ammo, Oyoqagetma havzasi 
bilan bir qatorda Zarafshon daryosi janubiy o‘zani – Moxandaryo va Xo‘jayli irmoqlari suv 
ta’minoti yuqori darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, Moxandaryo irmog‘i ham suv hajmi 
3
Толстов С.П. Древний Хорезм. М. МГУ, 1948 - С. 59 - 65. Ўша муаллиф По следам 
древнехорезмийской цивилизации – М. - Л., Наука 1948 – С. 65 -71. По древним дельтам Окса и 
Яксарта – М, наука, 1962 – С. 27 - 30. Низовья Аму-дарьи, Сарыкамиш, Узбой. История 
формирования и заселения – М. Л, наука, 1960 – С. 35 - 267. Виноградов А.В. Древние охотники 
и рыболовы. Среднеазиатского междуречья. -М. Наука, 1981 - С. 78 - 90. Ғуломов Я.Ғ. 
Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Тошкент, Фан 1959 - Б. 44 - 48. 
4
 Толстов С.П. Древний Хорезм. М. МГУ, 1948 - С. 60. рис. 2. Ўша муаллиф. По следим древне 
... С. - 66 рис. 18. 
5
 Низовя Аму-дарьи ------ С. 67 - 68. рис. 33 
6
 Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы. Среднеазиатского междуречья. - М. Наука, 
1981. Вып. XIII. – С. 82. Рис. 29. 
7
Жабборов И. Кўҳна харобалар сири. Тошкент, УзДавнашр, 1961 - Б. 37. Ёнбош - 4 расми. 
Кдырниязов М.Ш., Ягодин В.Н., Сагдуллаев А.С., Мамбетуллаев М.М., Кдырниязов О.Ш. 
История цивилизации Хорезма. - Нукус, “Qaqaraqlpaqstan”, 2017- С. 115, рис. 4. 


www.re-search.uz 
107 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə