Umum ped na amal-O`um 13-14


Pedagogik kuzatish usuli qanday qo‘llaniladi?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

Pedagogik kuzatish usuli qanday qo‘llaniladi? 
Kuzatish usuli ta‘lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi 
holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar 
uchun dalillar, omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi. Bu usul ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday 
amalga oshayotganligini aniqlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun 
ham qo‘llaniladi. 
Tabiiy kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o‘zgarishlarni 
hisobga olish va tegishli ta‘limiy-tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. 
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, 
fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat 
natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo‘ladi. 
Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o‘rni qanday?
Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki 
yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, 
suhbat usuli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli 
tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish 
yo‘llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. 
Bolalar ijodi qay shaklda o‘rganiladi? 
Bolalar ijodini o‘rganishda maktab o‘quvchilarining o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar 
tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o‘quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan 
xatlari, she‘r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma‘naviyatini 
o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Bu usul orqali o‘quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste‘dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish 
olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo‘yicha 
konkurslar; maktablar bo‘yicha ko‘rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə