Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   317
fayl 2055 20211105

Demokratik

  yondashuv  asosida  rahbarlik  qiluvchi  trenerlar  ham  kam  emas. 

Jamoani  demokratik  prinsipda  boshqaruvchi  trenerlar  o‘z  yordamchilari, 

sportchilar bilan maslahatlashadi, ular bilan hamkorlikda ish olib boradi. Hatto ular 

shug‘ullanuvchilarning  ota-onalari  bilan  ham  muloqotda  bo‘lishi  mumkin. 

Demokrat trenerlar  yo‘lboshchilik qilsalarda, lekin  ular sportchilar, jamoa sardori, 

o‘z  yordamchilari,  hatto  ilmiy  maslahatchi  tomonidan  bildirilgan  asosli  va 

obyektiv  fikr-takliflarga  qo‘shilib  turadilar.  Shu  orqali  ularga  jamoa  oldiga 

qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish mas’uliyatini yuklaydi. 



 

27 


 

Bunday toifaga mansub trenerlar faoliyatida “Hokimiyat” rasmiy buyruqlar va 

ko‘rsatmalardan  holi  bo‘ladi.  Go‘yo  bunday  yondashuv  asosida  jamoani 

boshqarishda  adolat  yoki  foydali  prinsip  bordek  tuyuladi.  Ammo,  yuqorida  qayd 

etilgan  mualliflar  fikriga  qaraganda,  kasbdoshlar  yoki  sportchilar  tomonidan 

bildirilgan  mulohaza,  obyektiv  ma’lumotlarni  qayta  ko‘rib  chiqish  va  yagona 

qarorni  bari-bir  demokrat  trener  shaxsan  qabul  qilishi  maqsadga  muvofiq  ekan. 

Chunki,  tayyorgarlik  va  musobaqa  natijasi  yordamchi  trenerlar  yoki  sport-

chilardan emas, balki demokrat trenerdan talab qilinadi. 

Sport  amaliyotida  jamoani 



liberal

  yondashuv  asosida  boshqaruvchi  trenerlar 

ham  uchraydi.  Ko‘pchilik  mutaxassislarning  ta’kidlashicha,  zamona-viy  sport 

amaliyotida,  jumladan,  yuqori  malakali  sport  zahiralarini  tayyorlash  jarayonida 

shug‘ullanuvchilarga  liberal  yondashuv  asosida  rahbarlik  qilish  anarxiyaga  olib 

kelishi mumkin ekan, jamoali sport turlarida esa bunday yondashuv asosida barcha 

jamoa a’zolarini yagona maqsad – g‘alabaga olib keluvchi jipslashgan, hamjihatlik, 

hamfikrlik va hamkorlik bilan faoliyat ko‘rsatuvchi jamoa tayyorlash o‘ta mushkul 

ekan (3-rasm). 

 

 



3-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali tashkilotchilik funksiyasi


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə