Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Tashkilotchilik funksiyasi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   317
fayl 2055 20211105

 

2.4. Tashkilotchilik funksiyasi 

 

 



Tashkilotchilik  qobiliyati  u  yoki  bu  darajada  barcha  soha  va  jarayonlarda 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Guruh,  jamoa,  sinf,  mahalla,  jamiyat  bilan  olib 

boriladigan  har  bir  ishni  qulay,  “tezbitar”,  lekin  sifatli  va  foydali  natija  kelti-

radigan  vosita,  uslublari  hamda  yangicha  yo‘llarini  topish  va  tashkil  qilish 

tashkilotchidan maxsus bilim, hayotiy va kasbiy tajriba, ixtirochilik kabi xislatlarni 

talab qiladi. 

Sport sohasida bolalarni muayyan sport turiga qiziqtirish, jismoniy tarbiya va 

sportni  sog‘liqni  mustahkamlovchi  vosita  ekanligini  ular  ongiga  singdirish,  sport 

maktabiga  qabul  qilish,  mashg‘ulot,  musobaqa  va  sport  bayramlarini  o‘tkazishda 

trenerning  tashkilotchilik  qobiliyati  ustuvor  o‘rin  tutadi.  Iste’dodli  sportchilarni 

tayyorlash,  seleksiya  ishlarini  amalga  oshirish,  jamoaning  tarkibiy  a’zolarini 

tanlash,  sport  uskunalari,  jihozlari  va  anjomlarini  mashg‘ulotga  tayyorlash 

trenerning  aynan  tashkilotchilik  qobiliyatiga  bog‘liqdir.  Bolalarni  sport  turiga 

tanlash uchun trener oldindan iqtidorli va iste’dodli bolalarni izlash dasturini ishlab 




 

25 


 

chiqadi.  Ana  shu  dasturga  asosan  u  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida, 

umumta’lim  maktablari,  mahallalarda  ota-onalar,  o‘qituvchilar  va  faxriylar 

yordamida  qobiliyatli  bolalarni  izlab  topishga  qaratilgan  ishlarni  tashkillashtiradi. 

Bunday  bolalarni  sportga  qiziqtirish  maqsadida  suhbat,  mulo-qotlar  o‘tkazadi, 

musobaqalarni  tomosha  qilishga  taklif  etadi,  yetakchi  sportchi-chempionlar  bilan 

tanishtiradi, kezi kelsa ko‘rgazmali musobaqalar uyushtiradi. 

Dastlabki  sport  tayyorgarligi  bosqichidan  toki  ko‘p  yillik  sport  trenirov-

kasining  barcha  davrlarida  trener  o‘z  o‘quvchilari,  shogirdlari  va  jamoasini 

muzeylarga,  tabiat  quchog‘iga,  umumxalq  bayramlariga,  tarixiy  obidalar,  ulug‘ 

ajdodlarimiz  yashab  o‘tgan,  o‘lmas  meroslar  qoldirgan  maskanlarga  sayr-

sayohatlarga olib borish ishlarini amalga oshiradi. 

Agar trenerda sport trenirovkasiga doir nazariy bilim  va amaliy ko‘nik-malar 

yetarli  shakllangan  bo‘lsa,  mashg‘ulotlarni  mahorat  bilan  o‘tkazish  qobiliyati 

mujassam  bo‘lsa-yu,  lekin  unda  tashkilotchilik  qobiliyati  yetarli  bo‘lmasa,  shu 

jarayonlarda  ko‘zlangan  natija  kutilganidek  bo‘lmaydi,  shug‘ul-lanuvchilar 

biryoqlamalik  yondashuvga  moslashib  qoladi,  ularda,  masalan,  mustaqil  fikr 

yuritish, tashabbus ko‘rsatish, vaziyatga mos kombinatsiyalarni o‘z vaqtida tashkil 

qilish  qobiliyati  sayqal  topmaydi.  Shuning  uchun  ham  trenerning  yuksak 

tashkilotchilik qobiliyati namuna sifatida o‘z shogirdlariga ham ko‘chishi mumkin. 

Trenerning  tashkilotchilik  funksiyasi  tarkibiga  mashg‘ulot  o‘tkazish  joyini 

oldindan  zarur  jihozlar,  uskunalar,  anjomlar,  kerak  bo‘lsa  texnik  vosita  va 

moslamalar, trenajyorlar bilan ta’minlash ishlari ham kiradi. 

Ta’kidlash  joizki,  trenerning  tashkilotchilik  faoliyati  guruhga  yoki  jamoaga 

qanday  yondashuv  asosida  rahbarlik  qilish  samaradorligi  bilan  ham  belgilanadi. 

Bir  qator  mualliflar  tomonidan  chop  etilgan  manbalarga  qaraganda,  jamoani 

boshqaruvchi  trenerlar  o‘zining  ontogenetik  va  psixo-pedagogik  xususiyatlariga 

qarab bir-biridan keskin farq qiluvchi uch toifaga bo‘lingan ekan (A.I. Korx, 2000; 

M.V. Sanaya, 2010). 

Birinchisi  – 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə