Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


-rasm.  Selektsion-bashoratlash funksiyasining tasnifiy andozasi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   317
fayl 2055 20211105

10-rasm.

 Selektsion-bashoratlash funksiyasining tasnifiy andozasi 



 

2.10. O‘qituvchi-trenerning kasbiy-pedagogik faoliyatini 

nazorat qilish shakllari 

 

Trenerni o‘z kasbiga  munosibligi  va  uning kasbiy-pedagogik tayyor-garligini 



attestatsion  nazorat  asosida  baholab  borish,  mavjud  nazariy  bilim,  amaliy 

ko‘nikma-malakani 

va 

boshqa 


funksional 

qobiliyatlarini 

yanada 

jadal 


shakllantirishga  turtki  beradi.  Bu  borada  trener  faoliyatini  nazorat  qilish  va 

baholashning  ichki  monitoring  usuli  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Aynan 

nazoratning  shu  usuli,  bir  tomondan  mavjud  kamchiliklarni  aniqlashga  yordam 

beradi  va  ularni  o‘z  vaqtida  bartaraf  etish  imkoniyatini  yaratadai,  ikkinchi 




 

40 


 

tomondan,  kasbiy-pedagogik  tayyorgarlikni  individual  tartibda  va  hamkasblar 

yordamida  yanada shakllantirish  yo‘llarini  ochib beradi. Ma’muriyat va  idora-viy-

davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsion nazorat davomida trenerning 

kasbiy-pedagogik  faoliyati  turli  uslub  va  shakllarda  tashkil  etiladi:  monitoring, 

suhbat,  ekspress-so‘rov,  so‘rovnoma,  nazariy  bilim,  amaliy  ko‘nik-ma  va 

malakalar darajasini ekspert usulda test sinovlari asosida baholash. 

Ma’lumki,  trenerning  kasbiy-pedagogik  faoliyati  –  bu  harakat  (faoliyat)  va 

harakatlar  majmuasini  aks  ettiruvchi  ko‘p  komponentli  va  serqirra  jarayondir. 

Ushbu  jarayon  turli  o‘quv-mashg‘ulot,  o‘quv-uslubiy,  ma’naviy-tarbiyaviy,  ilmiy-

tadqiqot va ijtimoiy vazifalarni hal etishga qaratiladi. 

Pedagogik jarayonda trener va sportchi faoliyati, ta’lim (o‘rgatish) va tarbiya, 

yuklamalarni  rejalashtirish  va  ularni  qo‘llash,  trener  va  sportchining  shaxsiyati, 

jamoaning  tayyorgarlik  darajasi  va  uni  musobaqada  ishtirok  etish  natijasi  kabi 

omillar  “xizmat”  ko‘rsatadi.  Shunday  ekan,  trener  sport  jamoasida  yagona, 

boshqaruvchi subyekt sifatida qayd etilgan barcha masalalarni o‘z nazarida tutishi, 

xotirasida  saqlashi,  o‘rganishi,  nazorat  qilishi,  kerak  bo‘lganda  jarayonga 

o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishi lozim bo‘ladi.  

E.A.  Seytxalilov  (2000),  Ye.R.  Yuzlinayeva  (2012)larning  ta’kidlashicha, 

sport  maktablarida  olib  boriladigan  pedagogik  jarayonni  bir  martalab  attestatsion 

nazoratdan  o‘tkazish  va  monitoring  nazorat  o‘rtasida  mavjud  muhim  farqlaridan 

biri  shuki,  monitoring  –  jarayonda  kechadigan  holatlar  dinamikasi,  kamchiliklar 

mohiyati  va  o‘zgarishlar  sur’atini  izchillik  tartibida,  to‘la-to‘kis  kuzatish  imko-

niyatini yaratadi, qaysi jarayonlar qanday yo‘nalishda o‘zgarayotganini aniq-lashga 

yordam  beradi,  salbiy  va  ijobiy  holatlarni  kuzatish,  kamchiliklarni  o‘z  vaqtida 

bartaraf etish chorasini qo‘llashga zamin yaratadi. 

Trenerning  kasbiy-pedagogik  kompetentligini  baholashga  mo‘ljallangan  eng 

demokratik  nazorat  uslubi  –  bu  oshkorana  suhbatdir.  Albatta,  trenerning 

tayyorgarlik  darajasini  aniqlashga  qaratilgan  har  bir  suhbat  oldindan  ishlab 

chiqilgan  dastur  asosida  o‘tkazilishi  lozim.  Ushbu  dasturda  suhbatning  maqsadi, 

vazifalari,  rejalashtirilgan  mavzular  mazmuni  mujassam  bo‘lmog‘i  darkor. 



 

41 


 

Suhbatning  maqsadi  kamchiliklar  yoki  muammolarni  qidirib  topishga  qaratilishi 

kerak  emas,  balki  tajribani  o‘rganish,  salbiy  holatlarga  barham  berish  va  ijobiy 

g‘oyalar  hamda  amallarni  namuna  sifatida  o‘zga  trenerlar  faoliyatiga  joriy  etish 

bilan bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu borada individual yoki jamoa bilan o‘tkazi-ladigan 

suhbatning munozara, muloqot, muhokama, qiyosiy tahlil va tortishuv (diskussiya) 

usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 

Trenerning  kasbiy-pedagogik  tayyorgarligini  o‘rganishda  ekspress-so‘rov 

uslubidan  foydalanish  uni  qaysi  yosh  va  malakaga  mansub  guruh  yoki  jamoaga 

rahbarlik  qilishiga  qarab  oldindan  tuzilgan  savollar  dasturi  asosida  amalga 

oshiriladi.  Ushbu  uslub  belgilangan  savollarga  tezkor  javob  olish  va  kasbiy-

pedagogik  faoliyatning  muayyan  yo‘nalishi  bo‘yicha  trenerda  shakllangan  bilim-

tasavvur hamda fikr-mulohazalarni o‘rganishga qaratilgan. 

So‘rovnoma  trenerning  kasbiy  tayyorgarligini  o‘rganish  va  baholashga 

mo‘ljallangan  eng  keng  tarqalgan  uslub  sifatida  tan  olinadi.  Mazkur  uslub 

yordamida  obyektiv  va  asl  natijalarga  erishish  imkoniyati  savollarning  qisqa  va 

aniq  tuzilishi,  ularning  mantiqiy  ma’nosi  va  o‘zaro  uzviylik  tartibida  joylash-

ganligi hamda mutanosib mazmunda ishlab chiqilganligiga bog‘liqdir. 

So‘rovnoma  uslubidan  foydalanishda  o‘zgalar  bilan  maslahatlashish  qat’iyan 

man  qilinishi,  javoblarni  xolisona  belgilanishi,  respondent  trener  yoki  trenerlar 

ismi-sharifi  oshkor  qilinmasligini  ta’minlanishi  muhim  ahamiyatga  molikdir. 

Savollarga  berilgan  javoblar  “ha”  yoki  “yo‘q”,  “bilaman”  va  “bilmay-man”, 

“to‘g‘ri”  yoki  “noto‘g‘ri”  yoki  boshqa  shunga  o‘xshash  biryoqlama  fikr-ma’noni 

anglatuvchi belgilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.  

Trenerlarning  amaliy  faoliyatini  o‘rganish,  tashxis  qo‘yish  yoki  attesta-

tsiyadan o‘tkazishda ko‘pincha ularning amaliy ko‘nikmalari va malakalari ekspert 

usul  asosida  baholanadi.  Ushbu  uslub  ochiq  yoki  yopiq  (maxfiy)  shaklda 

qo‘llanilishi  mumkin.  Ochiq  ekspert  usuli  asosida  baholash  quyidagicha  tashkil 

etiladi:  dastlab  3,  5  yoki  7  nafar  yetakchi  mutaxassislar  tarkibida  ekspert 

komissiyasi tuziladi  va tartibga  muvofiq tasdiqlanadi; oldindan tabaqalash-tirilgan 

baholash  reyting-ballarining  maksimal  miqdori  belgilanadi;  masalan,  maksimal 



 

42 


 

ball – 10: tabaqalashtirish – 5-6 ball – “qoniqarli”; 7-8 ball – “yaxshi”; 9-10 ball – 

“a’lo”.  Har  bir  ekspert  o‘z  ballini  e’lon  qiladi  (yoki  monitorda  ko‘rsatadi);  keyin 

barcha  to‘plangan  ballar  qo‘shiladi;  qo‘shilgan  ballar  yig‘indisi  ekspertlar  soniga 

bo‘linadi;  hosil  bo‘lgan  ball  miqdori  (masalan,  7,5  ball)  trener  tomonidan 

namoyish  etilgan  amaliy  harakat  (o‘yin  usuli  texnikasi  yoki  taktikasi)  sifatiga 

qo‘yilgan bahoni anglatadi. 

Ekspert  usul  asosida  baholashning  yopiq  (maxfiy)  shakli  sport  amaliyotida 

kamdan-kam qo‘llaniladi. 

Trenerning  nazariy tayyorgarlik darajasini  aniqlash (baholash)  uchun  maxsus 

test savollari variantlari ishlab chiqiladi va ulardan foydalaniladi. 

Qo‘llaniladigan  test  savollarining  hajmi  (soni)  trenerning  toifasi,  uning 

funksional vazifalari, guruh yoki jamoaning tayyorgarlik dasturi va mazmuni bilan 

belgilanadi (BO‘SM, BO‘OZSM, OSMM, terma jamoa). 

Savollarning  murakkablik  darajasi  esa  trenerning  qanday  shtat  lavozimida 

faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi (bosh trener, katta trener, trener, trener-o‘qituvchi, 

trener-metodist). 

Trenerlarning  kasbiy-pedagogik  tayyorgarlik  darajasini  baholashda  eng 

obyektiv uslublardan biri – dasturlashtirilgan kompyuter vositasidir. Mazkur uslub 

quyidagi  tartibda  qo‘llaniladi:  dastlab  mutaxassislar  dasturlashtirilgan  tartibda 

ishlab  chiqilgan  savollar  tizimiga  to‘g‘ri  va  muqobil  javoblarni  qog‘oz  variantda 

tayyorlaydi;  keyin  ular  kompyuter  xotirasiga  kiritiladi.  Kompyuterda  savollar 

ketma-ketligini  o‘zgartirish,  savollar  variantlarini  almashtirish  imko-niyatlari 

ko‘zda tutiladi. Savollarning  mantiqiy  ma’nosi saqlanib,  nomlanishi o‘zgartirilishi 

mumkin. 

Trenerning  nazariy  tayyorgarligi  va  amaliy  malakalarini  baholashga 

mo‘ljallangan  test  topshiriqlari  hamda  test  mashqlarini  tanlashda  shunday 

prinsipga  asoslanish  lozimki,  ularning  natijalari  kasbiy-pedagogik  tayyorgarligi 

haqida obyektiv tasavvur hosil qilishiga imkon bersin. 

Trenerning  kasbiy-pedagogik  faoliyatining  turli  qirralarini  tadqiqot  ostiga 

olgan  va  ularning  ichki  hamda  tashqi  mohiyatini  ochib  bergan  mualliflar  fikr-



 

43 


 

mulohazalarini  umumlashtirish  va  taqqoslash  asosida  ta’kidlash  mumkinki,  aynan 

har  tomonlama  yuksak  kasbiy-pedagogik  tayyorgarlikka  ega  bo‘lgan  trener 

iste’dodli va raqobatbardosh sportchilarni tarbiyalay olishi mumkin. 

Yodda  tutish  muhimki,  trenerlar  kasbiy-pedagogik  tayyorgarlik  salohiyatini 

baholashda  eng  asosiy  mezon  –  bu  musobaqa  natijasidir.  Shuning  uchun  ham 

trenerning  kasbiy-pedagogik  faoliyatini  o‘rganishda,  nazorat  shakllari  va  turlari 

asosida  baholashda  jamoani  musobaqalarda  erishgan  natijalari  birinchi  navbatda 

e’tiborga olinishi lozim. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə