Universiteti hamda termiz davlat pedagogika instituti


Taraflarning hamkorlik yo‘nalishlari



Yüklə 32,17 Kb.
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü32,17 Kb.
#110961
1   2   3   4
Termiz davlat pedagogika instituti shartnoma

2. Taraflarning hamkorlik yo‘nalishlari
2.1. O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha:
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha (DTS, ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari, ishchi fan dasturlari, dars ishlanmalari va b.) o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish va takomillashtirish;
- taraflarning vakillari (talaba va magistrantlar) uchun ochiq dars mashg‘ulotlarini, professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglarni, davra suhbatlarini, bevosita mashg‘ulotlarga tashrif buyurgan holda, tajriba almashinuvlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;
- taraflarning vakillari (talabalar va magistrantlar) tomonidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarida, bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiya ishlarida hamkor tashkilotning yetuk olim va mutaxassislaridan ilmiy rahbarlarni tayinlash;
- zamonaviy pedagogik va axborot-texnologiyalarini ta`lim jarayoniga tadbiq etilishida o‘zaro metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
- taraflarning vakillari tomonidan ishlab chiqiladigan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarga yetuk mutaxassislarni taqrizchi yoki ekspert sifatida xulosa berish uchun jalb qilish;
- birgalikda o‘quv-uslubiy ishlanmalarni yaratishlari, axborot-resurs markazidagi mavjud o‘quv-metodik adabiyotlardan foydalanishlarida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
- taraflarning axborot-resurs markazlari fondidan hamkor muassasaning professor-o‘qituvchilari, talabalar (magistrantlar) va xodimlari foydalanishlari uchun imkoniyat va sharoitlar yaratishlari;
- shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuvlari asosida o‘quv-metodik hamkorliklarning boshqa yo‘nalishlari va shakllarini amalga oshirishlari mumkin.

2.2 Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha:


- ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining o‘quv-ilmiy va innovatsion faoliyati samaradorliklarini oshirish maqsadida taraflar, ilmiy hamda, loyiha-konstruktorlik ishlarida ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni muntazam rivojlantirib borishlari;
- taraflar ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashtirishlari;
- ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish, hamkorlikda mutaxassislik soxalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar o‘rtasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyalarini tashkillashtirish, o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish, taraflarning ilmiy tadqiqot laboratoriyalaridan foydalanish yuzasidan imkoniyatlar yaratib berish shuningdek, ularni innovatsion yarmarkalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda faol ishtirok etishlarini ta`minlash;
- taraflar hamkorligida ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va xalqaro konferensiyalarni o‘tkazishlari. bunda xorijiy sheriklarni taklif etishlari: 'Taraflarning nashrlarida (maqolalar va tezislar to‘plamlarida, jurnal va gazetalarida) hamkor muassasa professor-o‘qituvchilari, talaba va magistrantlarning ilmiy maqolalari va tezislarini chop qilinishi yoki ularning nashr etilishiga amaliy yordam ko‘rsatishlari;
- taraflarning vakillari (xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba (magistrantlari) tomonidan yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga taqriz va ekspertiza xulosalari berishlari;
- taraflarning xodimlari, doktorantlari va magistrlariga ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun xamkor tashkilotning yetuk professor va olimlaridan ilmiy rahbar va maslaxatchilarni tayinlashlari;
- taraflarning o‘zaro kelishuvlari asosida ilmiy-tadqiqot bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishning boshqa yo‘nalishlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.

2.3 Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari bo‘yicha:


- talabalarni yo‘qori ma’naviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda O‘zbekistonning milliy g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularda keng dunyo qarashni va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish. Jumladan:
- ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha oldindan o‘zaro hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar rejalarini tuzish va yuqori saviyada o‘tkazilishida bir-birlarga yaqindan yordam berishlari ;
- hamkorlikda davlat va umumxalq bayramlari, tarixiy sanalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishlari va uni hamkorlikda o‘tkazishlari;
- taraflar tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlarda xamkor muassasaning professor-o‘qituvchilari, talabalari (magistrantlari) va xodimlarining tadbir qatnashchisi sifatida ishtirok etishini ta’minlashlari;
- taraflarning professor-o‘qituvchilari, talabalari (magistrantlari) va xodimlarining xamkor muassasaning xayoti va ijodiy muhiti bilan tanishish uchun o‘zaro sayoxatlar tashkil etishlari;
- mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy soxada amalga oshirilayotgan isloxotlarning mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida taraflarning hamkor muassasa, tashkilot va korxonalar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkillashtirishlari;
- taraflar talabalari (magistrantlari)ni yetuk olimlar, faxriy pedagoglar, soxalarning yetuk olimlarilarni hayot yo‘li, ibratli faoliyati bilan tanishtirish maqsadida hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (faxriylar bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va h.k.) hamda ommaviy sport turlaridan o‘zaro musobaqalar o‘tkazish rejasini tuzishlari va uyushtirishlari;
- taraflarning o‘zaro kelishuvlari asosida ma’naviy-ma’rifiy hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari va shakllarini amalga oshirishlari mumkin.

Yüklə 32,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə