Ushbu ma’ruzada relyef shakllarini tashkil etuvchi tog` jinslari bayon etilgan. Ma’ruza №3 relyef materiallari va tog` jinslari rejaKarbonatlar: Oolitli (dumaloq) ohaktoshlar, dolomitlar, ohaktosh tuflari Sulfatlar
Bu jinslar bo`laklarning yirik-maydaligi bo`shoq yoki tsementlanganligi va bo`laklarining qirrali, silliq (yumaloq)langanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Siniq jinslarni fizik xossasi, struktura va teksturasini aniqlash bilan ularga to`g`ri nom berish mumkin. Bunday jinslar bo`laklarini diametrini va hosil bo`lgan sharoitini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir. Psefit jinslarining siniq bo`laklari diametri 2 mm dan 200 mm gacha, psammit jinslariniki esa 2 mm dan 0,1 mm gacha bo`ladi. Alevrolit (soztuproqlar) maydaligi 0,1 dan 0,01 mm gacha; o`ta mayda gil (il) gruppa jinslari bo`laklari katga-kichikligi 0,01 mm dan 0,001 mm gacha bo`ladi (10- jadval). 2. Ximiyaviy cho`kindilar. Quruqlik, dengiz, ko`l havzalarida va boshqa joylarda erigan elementlarni qayta birikib cho`kishidan hosil bo`lgan jinslardir. Ximik cho`kindilarga tabiatda ko`p uchraydigan tuzlar kiradi, masalan, osh tuzi, gips, angidrid, silvin, ohakli tuf, temir suvli oksidlar va boshqa kremniyli, fosforli birikmalar shular jumlasidandir. Cho`kindi jinslar orasida bular qatlam-qatlam, to`p-to`p holda konlar hosil qiladi. 3. Organik jinslar. Bu kenja gruppa jinslari kelib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi. Birinchi xili asosan o`simlik va hayvon qoldiqlaridan hosil bo`ladigan yoqilg`i foydali qazilmalar bo`lib, bunga torf, qo`ng`ir ko`mir, toshko`mir, antratsit va yonuvchi slanetslar, gaz, neft va boshqa yoqilg`ilar kiradi. Organik qoldiqlarning ikkinchi xili okean, dengiz. va ko`llarda yashovchi hayvon hamda o`simlik qoldig`i yig`indisidan hosil bo`lgan organik jinslardir. Bular dengiz tipratikoni, marjonlari, ikki qopqoqlik va suzib yuruvchi yumshoq tanlilarning chig`anoqlari yig`indisidan hosil bo`ladi. Chig`anoqlar yig`indisidan chig`anoqli ohaktoshlar hosil bo`ladi. Bularga marjonlilar ohaktoshi, spriferli ohaktosh, braxiopadali ohaktosh, fuzulinali ohaktosh va bo`r, mergel kabi karbonatli dengiz yotqiziqlari kiradi. Cho`kindi tog` jinslarini o`rganish va ularni aniqlash bular orasida uchraydigan yoqilg`i, ximik, metall va boshqa foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega Yüklə 44,35 Kb. Dostları ilə paylaş: |