Va iqtisodiy siyosat


Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.10.2023
ölçüsü319,41 Kb.
#126723
1   2   3   4   5   6   7
Va iqtisodiy siyosat

5.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug`bek (1394-
1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi 
rivojlandi. Ayniqsa, qo`shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq 
munosabatlari o`sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha "daryo 
ortidagi" (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug`bek tomonidan 
o`tkazilgan pul islohoti bilan bog`liqdir. Jamiyatda pulning 
ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish 
uchun harakat qilingan. O`sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa 
pullar yengil vaznda bo`lib, savdo rivojiga to`siqlik qilgan.
Ulug`bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan 
barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga 
almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo`lgan talabini 
qondirish uchun u bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, 
Termiz, 
Toshkent, 
Shohruhiya 
va 
Andijon 
shaharlarida 
zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski 
chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini 
markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro 
zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida "fulusi adliya", ya'ni 
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar 
Ulug`bek


va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to`la ta'minlay 
boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini 
oshirish bilan hal etilishi o`rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo`lsada, har holda 
Ulug`bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana 
savdosi uchun keng yo`l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish 
maqsadida "tamg`a" boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda 
proteksionizm siyosatidan foydalanildi. 
Ulug`bek (1394-1449) tarixda ko`proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, 
yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong`i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix 
ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda biz Ulug`bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida 
e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, 
busiz rivojlanish bo`lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug`orish tarmoqlari qurilib, ular 
toshhovuz, darg`ot, navo, chig`ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko`prik, handoq, tazar 
va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. 
O`sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog`liqligi 
yaxshi ma'lum edi. Soliq yig`imi qancha yuqori bo`lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi 
kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo`lgani bilan, davlatning boshqaruv, 
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to`g`ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan 
hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig`ishning ma'lum adolatli usullarini 
qo`llanganlar. Masalan, Ulug`bek hukmronligi davrida g`alla g`aram qilinmasdan avval soliq 
to`plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq to`lash imkoniga 
ega bo`ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo`lingan: 
1) saraton (iyun-iyul); 
2) sumbula mezon(avgust va sentabr); 
3) qavs(noyabr). 
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador 
yoki bog`bonga nisbatan zug`um o`tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush 
janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo`yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga 
bo`lgan daxlsizligi ta'minlangan. 
Umuman, soliq bo`yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, ularga 
nisbatan qattiq choralar ko`rishga soliqchilarning haqqi yo`q edi. 
Soliq miqdori va to`lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat 
qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. 
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va 
boshqa ko`pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun 
qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak. Elchilar "Buyuk ipak yo`li" 
xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, 
tovar-pul munosabatlari, milliy valuta mustahkamligiga bevosita bog`liq. Ma'lumki, pulning 
uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat o`lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg`arma vositasi. 
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo`lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati 
buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o`tkazib turiladi. 1428 yili 
Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Muomaladagi 
fulusiy pullar almashtirildi.
Ulug`bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo`shdi. 
Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 

Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə