Nafsing agar
xalqqa beshakdurur,
Bilki bu nafs o`zinga ko`pakdurur.
Odami ersang, demagil odamiy.
Aniki, yo`q xalq g`amidin g`ami.
A.Navoiy
5-MAVZU. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR
VA IQTISODIY SIYOSAT
Reja:
5.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
5.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar
5.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati
5.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar
Asosiy tushuncha va iboralar:
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon);
vazirlar vakolati; yer egaligining 5 ko`rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa tortish tartibi;
tanho; Ulug`bek islohotlari; "Fulusiy adliya" tashqi savdoga e'tibor; tamg`a bojidagi o`zgarishlar;
A.Navoiyning "Vaqfiya" (1482), "Mahbub-ul qulub" (1500)
asarlari; Zahriddin Muhammad
Boburning "Mubayyin", "Zakot to’g`risida asar" kitoblari; "Hiroj", "Muqassam", "Muvazzar".
5.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi,
iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda)
muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga to`g`ri tanlab olingan iqtisodiy g`oyalar
va iqtisodiy
siyosat yordam berdi.
Amir Temur
(1336-1405) davlat va iqtisodiyotni
boshqarishda o`ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron
davlatida devoni buzurg (bosh vazir)
dan tashqari har bir
viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning
butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar -
bozorlar, hammomlar, yo`llar, suv
inshootlari tarmoqlarini
nazorat qilardi. Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning
xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish,
taftish va tergov
ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil
baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan,
eng muhimi bu ish to`ppa-to`g`ri bozorda,
xalq oldida amalga
oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx
qo`yish mumkin bo`lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun
turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday vazirlardan
birinchisiga
yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda
mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni,
kundalik
muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq,
o`lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi
vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda -
toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan.