Va iqtisodiy siyosat



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü319,41 Kb.
#126723
  1   2   3   4   5   6   7
Va iqtisodiy siyosat



Nafsing agar xalqqa beshakdurur
Bilki bu nafs o`zinga ko`pakdurur. 
Odami ersang, demagil odamiy. 
Aniki, yo`q xalq g`amidin g`ami. 
A.Navoiy 
5-MAVZU. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR 
VA IQTISODIY SIYOSAT 
Reja: 
5.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar 
5.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
5.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati 
5.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar 
Asosiy tushuncha va iboralar: 
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon); 
vazirlar vakolati; yer egaligining 5 ko`rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa tortish tartibi; 
tanho; Ulug`bek islohotlari; "Fulusiy adliya" tashqi savdoga e'tibor; tamg`a bojidagi o`zgarishlar; 
A.Navoiyning "Vaqfiya" (1482), "Mahbub-ul qulub" (1500) asarlari; Zahriddin Muhammad 
Boburning "Mubayyin", "Zakot to’g`risida asar" kitoblari; "Hiroj", "Muqassam", "Muvazzar". 
5.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, 
iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) 
muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga to`g`ri tanlab olingan iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy 
siyosat yordam berdi. 
Amir Temur
(1336-1405) davlat va iqtisodiyotni 
boshqarishda o`ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron 
davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir 
viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning 
butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - 
bozorlar, hammomlar, yo`llar, suv inshootlari tarmoqlarini 
nazorat qilardi. Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning 
xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish, taftish va tergov 
ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil 
baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, 
eng muhimi bu ish to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida amalga 
oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx 
qo`yish mumkin bo`lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun 
turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday vazirlardan 
birinchisiga yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda 
mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, 
kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, 
o`lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda - 
toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan. 

Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə