Va iqtisodiy siyosat



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.10.2023
ölçüsü319,41 Kb.
#126723
1   2   3   4   5   6   7
Va iqtisodiy siyosat

Amir Temur 


Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o`lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-
ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini 
boshqarib, bularning barchasida to`plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g`oyib 
bo`lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo`lsa, ularni o`z merosxo`rlariga topshirgan. 
To`rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo`lib, u saltanatdagi jami 
idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa 
jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo`lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: "Amr qildimki, sadrlar sadri 
(sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) 
sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg`ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, 
ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... 
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir 
kitob tayinlansin". 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi bo`lgan: 
1. Suyurg`ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir 
avloddan ikkinchisiga o`tgan. Suyurg`ol egasi markaziy xazinaga to`lanadigan soliqdan ozod 
qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig`i - xiroj olganlar. 
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo`lib, ular odamlarga biron-bir xizmati 
uchun berilgan. 
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning undan 
biri davlatga berilgan. 
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir 
yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilardi. 
Masalan, Amir Temurning Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. 
Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag` 
ajratilgan. 
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. 
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib chiqarish uchun 
qurilgan inshoot) qursa, biron bog` ko`kartirsa yohud birorta xarob bo`lib yotgan joyni obod 
qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini 
olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan. 
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va 
xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona (yo`lovchilar qo`nib o`tadigan, 
kambag`al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g`aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona 
bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi. 
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo 
aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan Buyuk ipak yo`lida karvonlarning 
xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan Mag`ribgacha bo`lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, 
turli ravotlar, karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. 
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida qarshi shahrining atrofini, 1370 yili Samarqandni 
devor bilan o`rab, qo`rg`on bunyod ettirgan. 1380 yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga 
kirishib, shahar atrofini devor bilan o`ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo`rg`onlar 
bekorga barpo bo`lmagan. Ular chegara vazifasini o`tab, shahar aholisini do`st-dushmandan, 
bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so`zi ichkari va tashqari degan ma'nolarga egadir. 
Ma'lumki, Amir Temur saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin 
shunday bo`lishiga qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so`roqsiz olib chiqib 
ketilmagan. Jahongir bu haqda: "Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo`latmagan navkarni 
yuqori martabaga ko`tarib, hurmatlasinlar. O`g`ri va qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, 


nafsi yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan 
kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik 
haqidagi xabarlar qo`shni podsholar, ularning gaplari, ishlari uzoq o`lkalardan bo`lib, mening 
dargohimda yuzlangan ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, 
to`g`rilik bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening 
arzimga yetkazib tursinlar", degan edi. Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va 
qishloqda qutvol (qal'a boshlig`i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana 
yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo`shin boshlig`i)lar tayinlanib, 
ular yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa 
narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo`yganlar. Yo`l ustida bironta odamning biror narsasi 
yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish ularning 
zimmasida bo`lgan. 
Buyuk jahongirning mana bu so`zlari yanada qimmatliroqdir: "Har mamlakat va diyor 
sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib 
turdilar. Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga 
borishmasin: Xitoy, Xo`tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, 
Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirishsin. 
O`sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar 
olib kelsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda 
ekanligini aniqlasinlar". 
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish quyidagicha edi. 
Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o`nboshilar va sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: 
oddiy sipohiyga o`z vazifasini o`rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga 
teng bo`lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to`rt otgacha tayinlangan. O`nboshilar 
maoshi qo`l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o`n barobar ortiq bo`lgan. Yuzboshilar maoshi 
o`nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar 
ziyoda edi. Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo`l qo`ygan sipohiylarning maoshi o`ndan birga 
kamaytirilgan. O`nboshi yuzboshi tasdig`i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig`i bilan, 
mingboshi bosh amir tasdig`i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo`l 
ostidagilardan o`n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o`n barobar ortiq 
bo`lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo`riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan 
tunda o`tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini 
belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o`n ming tangagacha 
bo`lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, 
xabarchilar, tarixdonlarning o`z hollariga qarab suyurg`ol, vazifa va maosh belgilangan. 
Xizmatchilar, farrosh (bu yerda palos to`shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha 
maosh berilardi. 
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to`liq ma'lumotlarini Devonbegi 
va vazirlar Amir Temurga bildirib, so`ngra tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar 
va askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko`rsatgan 
beklarga tanho sifatida yer-suv berilgan) berganlar. 
Sohibqiron vasiyatiga ko`ra uning to`ng`ich o`g`li Muhammad Jahongir Mirzo valiahd 
va viloyat hokimi bo`lib, o`n ikki ming otliq askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi 
o’g`li Mironshoh mirzo to`qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf 
qilgan. To`rtinchi o`g`li Shohruh Mirzo yetti ming otlik askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi 
bo`lgan. Nabiralari ham uch mingdan yetti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar. 
Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopovullarning bir yillik 
maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag`ni devonxonaga keltirib, shu yerda ularga tarqatilgan. 


Sipohiylar va bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan olib 
berilgan. 
O`nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan soliqlardan yig`ilgan 
xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat 
ichidagi yerlardan tiyul (xiroj va soliq yig`ib olish haqi bilan in'om etiladigan yer-mulk)lardan 
berilgan. Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. Temur 
viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday degan edi: "Viloyatlar va 
mamlakatlardan olingan jami daromadni taqsimlab, maosh berish yerliklariga biriga kam, biriga 
ortiq qilib yozsinlar. So`ng yerliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar shu 
yerliklardan birini chiqarib olsin". 
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot bilan to`lanadigan 
soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho va xonlar o`z viloyatlaridan 
o`tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan tortiqlar), qo`nalg`a (choparlar va elchilarga qo`noq 
berish solig`i) va shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig`iladigan soliq) talab 
qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning 
birinchisi viloyatdan yig`ilgan mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi 
(jog`irdor) ning fuqarolarga zulm yetkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo`lib turgan, 
yig`ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj etilgan 
qismini chiqim daftariga yozib, yig`ilgan mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan. 
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: "Qaysi amirga tiyul berilar 
ekan, uni uch yilgacha o`z holiga qo`ysinlar. Uch yil o`tgandan so`ng uni tekshirib ko`rsinlar. 
Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda 
bo`lsa, ul viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv)ga o`tkazilib, 
uch yilgacha o`sha jog`irdorga ulufa berilmasin". 
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to`plangan mol-dunyoni, olinadigan 
boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: "To`plangan xazinadagi naqd pul va 
qimmatbaho buyumlarni sipohlarga taqsimlab berdim. Qo`shinga yetarli darajada ozuqa 
berdim", degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: "Ular menga Xorazmga borishimni 
maslahat berdilar. Agar g`alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga 
qaror qildim", - deydi. 
Ma'lumki, xiroj yer solig`i uchun va umuman daromad solig`i uchun qo`llanilgan. Xiroj 
ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. Shuningdek, xirojni "mol" deb ham 
atashgan. "Raiyatga haq-nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi",- degan edi 
sohibqiron. 
Muruvvatli jahongir: "Kimki mening xizmatimni qilgan bo`lsa, xizmat haqini ado 
etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`aynilar, qo`ni-qo`shnilar va men bilan bir vaqtlar 
do`stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu 
mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etdim",-deydi. Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni 
martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, bazmlarda o`z yonidan joy bergan, 
xullas, ularning jang vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson 
ishlari bilan odamlarning ko`nglini olgan. 
Sipoh va raiyatga bir ko`z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxriy o`tova 
(bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash 
(sadoq - o`qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko`tartirdi. Har el va har 
mamlakatning ulug`larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg`a-salomlar berib, 
xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini 
so`rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo`lidan chiqib ketgan savdogarga o`z sarmoyasini 
qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. 


U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig`i zimmasiga yuklangan. Soliq olish 
Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va "Hidoya" kitoblarida bu to`g`rida to`la 
ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan 
olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan 
mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib 
qo`yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur "Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining 
kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga 
sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o`z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. 
Fath etilgan yerlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo`lsa, ularning roziligi 
bilan ish ko`rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig`sinlar. 
Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O`sha 
mamlakatdan tushgan o`lja mollarni hisob-kitob qilsinlar", - degan edi. 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo`lgan. Davlat xazinasi, 
kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo`lga qo`yilgan edi. Buning uchun 
ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar. 
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari "Temur tuzuklari"da to`la 
bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va 
ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni 
mustahkamlash, qo`shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo`lsa, 
ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, 
shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. 
A.Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga amal qilgan va uning 
yo`lini ham belgilab bergan. Gadolarning barchasi to`plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, 
kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan. Odatda, 
ko`pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko`rgan. Gadoychilikni tark etmaganlar 
qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 

Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə