Va iqtisodiy siyosat


Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.10.2023
ölçüsü319,41 Kb.
#126723
1   2   3   4   5   6   7
Va iqtisodiy siyosat

5.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati 


Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g`oyalar muhim o`rinni 
egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal 
yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi 
qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash
obodonlashtirish ishiga katta hissa qo`shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va'da bergan va 
va'dasining ustidan chiqqan, ko`pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko`prik, rabot va 
boshqalarni o`z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o`rniga, do`stlikka 
yuksak baho bergan. 
Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan. 
Navoiyning mana bu sifatlari uning ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy 
qarashlarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv 
kishisi sifatida gumanistik va vatanparvarlik mafkurasi ramkasidan 
otilib chiqdi. U o`z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, 
mamlakatning iqtisodiy qudratini barkamollashtirish uchun kishilarda 
gumanistik vatan-parvarlik xislatlarini uyg`otish kerak ekanligini erta 
tushunib yetdi. 
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan 
asari - bu 1469 yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga 
bag`ishlangan "Hiloliya" asaridir. Husayn Boyqaroning taxtga kelishini 
Navoiy zulmat qorong`uligini yoritadigan "hilol", ya'ni uch kunlik oy 
bilan 
tenglashtiradi. 
Mamlakatning 
iqtisodiy, 
siyosiy 
qudrati 
mustahkamlanishiga, 
aholining 
ijtimoiy, 
moddiy 
ahvoli 
yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham berilishiga, mamlakatda 
tinchlik o`rnatilishiga ishongan. Navoiy Husayn Boyqaroni shohlar 
shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy, maqtash bilan birga muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash 
Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi. Uning asosiy 
strategik maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini 
yaxshilashga, yagona markazga, markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan edi. 
Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial-siyosiy 
va madaniy-oqartuv sohalarida yuksak o`zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog`laydi. 
Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat iqtisodiy ahvoli shu 
mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog`liq deb hisoblaydi. Agar mamlakat 
hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, u 
boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa, mamlakat qashshoq va 
xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana bo`lmaganidek, podshosiz davlat ham bo`lmaydi deb 
tarixda realist sifatida nom qoldirdi. 
Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrda mamlakatda nisbiy rivojlanish ko`zga 
tashlandi. Savdo-sotiq kengaydi, hunarmandchilik va dehqonchilik yaxshi yo`lga qo`yildi. 
Irrigatsion inshootlar qurilishi ham kengaydi. Navoiy Markaziy Osiyo sharoiti uchun irrigatsion 
inshootlarni kengaytirish - iqtisodiy rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan biridir, deydi. 
A.Navoiyning bevosita rahnamoligi ostida 70 dan ortiq kanallar va ariqlar qazildi. Milliy 
daromadning asosiy qismini qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan hosildan olinadigan daromad 
tashkil etardi. Feodal jamiyatda irrigatsiya inshootlarini qurishni kengaytirish o`sha davr 
iqtisodiyotini rivojlantirishga keng ta'sir ko`rsatar edi. Navoiy feodalizm davrida asosiy ishlab 
chiqarish vositasi bo`lgan yerni kengaytirishga, uning mahsuldorligini oshirishga katta e'tibor 
berdi (В.Захидов. Мир идея и образ А.Навои). 

Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə