Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga O‘rta Osiyo Rossiya 
imperiyasi tarkibida: me’morchilik, musiqa, tasviriy san’at, ilm-
fan rivoji hamda o‘lkada jadidchilik harakati va siyosiy jarayonlar 
haqida ma’lumotlar berish.
Rus bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi 
o‘choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istilochilar ular-
ning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilikning bundan keyingi 
taqdiri uchun o‘sha maktab va madrasalarning g‘oyatda xavf-
li ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois chorizm o‘lkada rus-
lashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo‘yicha 
o‘z dasturini ishlab chiqadi. Ayniqsa bu sohada K.P.Kaufman jon 
kuydirib faoliyat ko‘rsatgandi.
1866-yilda Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan bir-
yil o‘tgach, Toshkent shahrida birinchi rus maktabi ochildi, bundan 
keyin Turkistonning boshqa shaharlarida ham rus maktablari ochila 
boshladi. 1876-yildan e’tiboran Turkiston o‘lkasidagi o‘quv yurtlari 
boshqarmasi tuziladi, shu-yili Toshkentda erlar va xotin-qizlar 
progimnaziyalarining quyi sinflari ochiladi. 1880-yili Imperiya Davlat 
Kengashining qarori bilan Turkistonni ruslashtirish siyosatining 
yangi bir jabhasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman kengashda 
Turkistonda ruslar bilan mahalliy millat bolalarini birgalikda 
123
davom etayotgan bir davrda osiyoliklar tog‘larda korizlar orqali 
kanallar qurishmoqda. Uning tubidan o‘nlab sajen yuqori suvlarni 
chiqarishmoqda, bir qoyadan ikkinchi qoyaga arg‘amchi tortib tarnov 
yordamida suv olishmoqda, bular esa bizdagi donishmandlarning 
tushiga ham kirmagan”.
Rus olimlari, sayyohlari, savdogarlari Qo‘qon xonligidagina 
emas, balki o‘lkaning boshqa joylarida ham sun’iy sug‘orish usulini 
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib yuksak baho berganlar.
Turkiston xalqlari madaniyati haqida Turkiston general-gubernatori 
S.M.Duxovskiyning 1899-yili podshoga yozgan dokladida qiziqarli 
fikrlar bor. Jumladan, u shunday yozadi: “Uzoq vaqtlar mobaynida 
Buxoro butun musulmonlar olamida musulmon huquqshunosligi 
va ilmining mo‘tabar markazi sifatida tan olib kelingan, boz ustiga 
bu obro‘-e’tiborni hanuz yo‘qotmay kelayotir. Bir vaqtlar O‘rta 
osiyolik ruhoniylar, qonunshunos arab tili bilimdonlari faoliyatining 
ahamiyati naqadar ulug‘ bo‘lganini bugungi kunda butun dunyodagi 
musulmon-sunniylar qo‘llayotgan mashhur va mo‘‘tabar shariat 
majmualarining ayrimlari O‘rta Osiyoda bitilganini eslashning 
o‘zigina kifoya. “Hidoya-i-Sharif” Marg‘ilonda, “Aqoid” Buxoroda, 
“Hikmat-ul-Ayn” Samarqandda yaratildi. Musulmon olamiga 
shariatning so‘nggi talqinini O‘rta Osiyo taqdim etdi. Bulardan 
tashqari, bu o‘lka olamga Navoiy, So‘fi Olloyor, Ahmad Yassaviy, 
Mashrab kabi shoir-so‘fiylarni berdi”.
Xullas Turkistonda Rossiya bosqiniga qadar aholining savod-
xonlik va madaniyati darajasi ba’zi kimsalar ta’kidlagani singari 
qoloq bo‘lmagan. To‘g‘ri, hozirgi davrga nisbatan oladigan bo‘lsak, 
savodsizlar Turkiston o‘lkasida XIX asrda ko‘p bo‘lgan. Ammo o‘tgan 
o‘sha XIX asrda qaysi mamlakatda ahvol bundan ko‘ra yaxshiroq 
edi? Shuning uchun xalqimizning o‘tmish tarixini nodonlarcha qora 
bo‘yoqlarda yoritishga istiqlol tufayli barham berilmoqda. 
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘lkaning ijtimoiy-madaniy hayo tida 
albatta ba’zi bir ijobiy o‘zgarish va yangiliklar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar 
va yangiliklar mustamlakachilar tomonidan yerli xalqlarning talab 
va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro‘yobga chiqarilgani yo‘q. 
Balki, birinchi navbatda va asosan bosqinchilarning talablari va 
manfaatlari nuqtai-nazaridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik 
va o‘zgarishlardan biri o‘lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy 


122
etgan holda aholining savodxonligi – 19,55 foiz bo‘lgan».
Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko‘p eski maktablarda oliy 
ta’lim beradigan o‘quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta’lim 
olgan 
liklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon 
ayollar otinoyilik qilib, shariat (fiqh) qonunchiligidan ta’lim-tarbiya 
ber 
ganlari, o‘sha o‘quv muassasalarida ko‘plab yurtdoshlarimiz 
o‘qib, zamonasining savodli kishilari bo‘lib yetishganini unutmaslik 
kerak. XX asr boshlarida butun o‘lka bo‘yicha jadid maktablarining 
necha tarmog‘i yuzaga kelganini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim. 
Ehti mol shu boisdan mashhur rus olimlaridan akademik V.V.Bartold, 
A.D.Middendorf, sayyoh olim A.L.Fedchenko, sharqshunoslardan 
V.P.Nalivkin, A.L.Kun va boshqalar o‘lkadagi maorif taraqqiyotiga 
yuqori baho berganlar, xalqimizning madaniyatiga hayron qolgan-
lar va uni olqishlaganlar. A.Middendorfning 1882-yilda chop 
etilgan “Очерки Ферганской долины” kitobida shunday satrlarni 
o‘qiymiz: “Farg‘ona viloyatida qadimdan o‘troq holda yashashni 
sevgan mehnatkash qabilalar istiqomat qilishadi. Albatta, o‘ziga xos 
betakror sharoiti bo‘lgan Farg‘ona yuksak madaniyatli mamlakatlar 
cho‘qqisiga ko‘tarildi”. A.Middendorfning so‘ziga qaraganda XIX 
asrga yevropaliklar yer xo‘jaligi ravnaqiga harakat qilib maqsadlariga 
erisholmayotgan bir paytda Farg‘ona vodiysida bu muammo ancha 
burun hal bo‘lgan, u joylarda dalalar sug‘orilar, yaylovlar esa 
o‘g‘itlantirilarkan.
Olim o‘z fikrini davom ettirib yozadi: “Farg‘onada qilingan ish-
larga havas qildik, bu yerdagi zaminga nisbatan yuksak madaniyat 
boshqa yerlarga qaraganda ko‘proq saqlanib qolganligini ko‘rdik. Bir 
qancha yerlarni ko‘zdan kechirib shu xulosaga keldikki, Farg‘onada 
yer xo‘jaligini ehtiyotkorona va mohirona olib borishar ekan. Bu esa 
hayratda qoldiradigan haqiqiy madaniy mehnat eng katta zanjirining 
bir qismi ekaniga ishonch hosil qildik”.
“Golos” gazetasi 1874-yil 29 avgust sonida suv xo‘jaligi masalasi 
haqida bunday yozadi: “amalda ko‘pincha tuzemetslardan (ya’ni 
ma 
halliy aholidan) ko‘p narsani o‘rganishga to‘g‘ri kelmoqda. 
Irri gatsiya haqida Rossiyada oxirgi vaqtgacha o‘ylanmagan edi. 
Osiyoda esa bu soha yuksak darajada rivojlangan va albatta, dalalarni 
sun’iy sug‘orish bo‘yicha biz O‘rta osiyoliklarga hech narsa o‘rgata 
olmaymiz. Bizda Janubiy Rossiyada irrigatsiya borasida tortishuvlar 
119
o‘qitish masalasini ko‘taradi. U musulmon va rus maktablarining 
ajralib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. 
Bu g‘oyani Kaufmanning izdoshi general-leytenant N.O. Rozenbax 
(1884-1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang‘ich maktablar 
– rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. 
1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi, ularning 
soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. Bunday maktablarda 
o‘quv kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ikki soatlik 
mashg‘ulotni rus o‘qituvchisi, ikkinchi qismda esa saboqni o‘zbek 
muallimi olib borgan. O‘quv-yili 125 kundan oshmagan. 1887-yilda 
rus-tuzem maktablari uchun umumiy tarzda tuzilgan dastur ishlab 
chiqilgan. Bu maktablar uchun darsliklar sistemasi ham bo‘lmagan. 
O‘zbek bolalarini rus tiliga o‘rgatish metodlari tasodifiy xarakterda 
bo‘lgan. Mana shular natijasida rus-tuzem maktablarini kamdan-kam 
mahalliy millat vakillari bitirib chiqqanlar. Maktabni tamomlaganlar 
ruschani odatda ancha tez va ravon o‘qiganlar, rus grammatikasiga 
doir biron bir qoidani ham yoddan aytib bera olganlar, lekin og‘zaki 
so‘zlashda qo‘pol xatolar qilganlar.
XIX-asr oxiriga kelganda Turkiston o‘lkasidagi rus-tuzem mak-
tablari uchun darsliklar sistemasi tuzilgan. Bu sistema ko‘rgazmali-
og‘zaki metod asosida tuzilgan edi. Lekin darslikdagi asosiy 
kamchilik shunda ediki, unda o‘quvchilarning ona tili hisobga 
olinmagan edi. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni Turkiston ma’murlarni 
musulmon ruhoniylariga extiyotlik bilan qarashga majbur etdi. Shu 
munosabat bilan Turkiston ma’murlari rus-tuzem maktablarining 
rolini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Bunda avvalo mahalliy o‘quvchilar 
sinflariga e’tibor berila boshladi. Farg‘ona harbiy gubernatori 
N.I.Korolkov 1898-yilda imperatorga yo‘llagan hisobotida podsho 
ma’muriyatining o‘lkani ruslashtirish borasidagi dasturini bayon 
etib, tuzemetslarning o‘z bolalarini ixtiyoriy rus-tuzem maktablariga 
berishiga erishish muhimligiga e’tiborni qaratgan. Buning uchun 
u mahalliy ma’muriyat amaldorlariga yaqin besh-yil ichida ish 
yuritishni rus tiliga ko‘chirtirish lozimligini uqtiradi. Korolkov bu 
tadbir mahalliy millat vakillarini mansabga qiziqib, farzandlarini 
rus-tuzem maktablariga berish istagini uyg‘otadi, deb hisoblagan. 
Bu g‘oya o‘z natijasini berib, rus-tuzem maktablari o‘quvchilari soni 
ko‘paya boshladi. XIX-asr oxirida Turkistonda 100 dan ortiq rus-


120
tuzem maktablari bo‘lib, xonliklar poytaxtlari Xivada (1891-yilda) 
va Buxoroda (1894-yilda) ham rus-tuzem maktablari ochildi.
Shaharlarda ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning mu-
him o‘chog‘i bo‘lib hizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan 
inter natlari bilan ajralib turgan. Internatlarda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq 
bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxshi 
o‘zlashtirayotgani mustamlakachilarga ayon bo‘lgan. Shuning 
uchun ham Turkiston general-gubernatori M.G. Chernyaev (1882-
1884) Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish uchun 100 ming 
rubl ajratgani va bilim yurtida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun pul 
mukofoti ta’sis etgani bejiz emas.
Ammo rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko‘zini 
ochib g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ziyolilar kerak emas edi. 
Mus tamlaka ma’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erish-
sa, o‘z xalqi uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga 
qarshi chiqishlari mumkinligidan xavfsirashgan. Shu boisdan ham 
mustamlaka ma’muriyati mahalliy millat vakillari orasidan etishib 
chiqqan oydin fikrli ziyoliliarni doimo ta’qib etishga hara kat qilgan. 
Mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida qayg‘uradigan ilm odamlari, 
millatparvar kishilar mahalliy boshqaruvga umuman yaqin-
lashtirimagan. Bunday kimsalar savylovlarda g‘olib bo‘lsada, rus 
ma’ muriyati tomonidan saylov natijalari bekor qilingan. Vaholanki, 
mus 
tamlaka Turkistonida mahalliy maktab-madrasalarda saboq 
olgan, bilimli, savodli kishilar ham ko‘p edi. 
Rossiya davlati ma’murlarining Turkiston o‘lkasida erli xalq 
vakillarini qorong‘ulik va zulmatda saqlashga qaratilgan mustam-
lakachilik va zo‘rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri XX 
asr boshlarida o‘lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti 
to‘xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham sovet davri 
tarixchilari o‘z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan 
va madaniyat sohasidagi siyosatni maqtab, rus bosqiniga qadar 
o‘lkadagi ahvolni kamsitib erga urdilar. Ular 1897-yil o‘lkada 
savodli o‘zbeklar - 1,6 foizni, qozoqlar - 1 foizni, turkmanlar - 0,7, 
qirg‘izlar - 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan 
keyingi-yillarda ham oshmagan, O‘zbekistonda har 100 kishining 
98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. “O‘rta Osiyo xalqlari inqilobgacha 
deyarli yoppasiga savodsiz edi. 1897-yili o‘zbeklarning atigi 1,9 foi-
121
zi o‘qish va imzo chekishni bilardi. 1897-yilgi Butunrossiya aholi 
ro‘yxatiga ko‘ra savodlilar o‘lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya’ni 
inqilobgacha Turkiston deyarli yoppa savodsiz o‘lka edi”. “O‘zbek 
xalqi deyarli yalpi savodsiz edi”. Hatto ayrim olimlar vatanga, o‘z 
xalqiga xiyonat qilgan va bosqinchi Rossiya hukmdorlari tomoniga 
o‘tgan Saidazimboy singari savdogarlarni Toshkentda o‘z uyida rus-
tuzem maktabi ochdi deb osmonga ko‘tarib maqtaydilar. Aslida esa 
rus-tuzem maktablari asosan tilmochlar-tarjimonlar tayyorlashga 
mo‘ljallab tashkil etilgan edi. 
Shu bilan birga sovet davrida bu kabi da’volarni inkor etuvchi 
xolisona tadqiqotlar ham e’lon qilindi. Taniqli tarixchi olim Pyotr 
Geronovich Kim o‘zining “Uydirma va haqiqat” maqolasida 
quyidagicha yozadi: Xo‘sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining 
fahru iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va 
Xivadagi Go‘ri Amir, Shohizinda, Bibixonim kabi koshonalarni va 
boshqa ko‘plab asori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan? 
Savodsiz xalq qay yo‘l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy, 
Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni yetkazib berdi ekan? 
Savodsiz xalq Navoiy, Ulug‘bek, Forobiy, Jomiy va boshqa ko‘plab 
shoiru fozillari bilan olamga dong taratganining siri nimada? Furqat, 
Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi minglab ma’rifatparvarlari 
bo‘lgan xalqning savodsizligiga ishonish mumkinmi?
P.G.Kim yuqoridagi kabi mantiqsiz va kurakda turmaydigan 
da’volarni inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan o‘z maqolasida 
isbot lab berdi. U bunday yozadi: “Endi manbalarda keltirilgan fakt-
larga asoslanib, 1897-yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aho-
lining, maktablarning, ulardagi o‘quvchilarning sonlarini kuzatsak, 
bu o‘lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi. Rossiyada 
aholining umumiy soni – 126,388,800, maktablar soni – 33,401, 
o‘quvchi soni – 2,318.100, aholining umumiy soniga nisbatan 
o‘quvchilar 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi 
– 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni – 6,492.857, 
maktablar soni – 2,263, o‘quvchilar soni – 125.418, aholining 
umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,9 foizni tashkil etgan holda 
aholining savodxonligi – 24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy 
soni – 3,792.774, maktablar soni – 6.027, o‘quvchilar soni – 64015, 
aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,7 foizni tashkil 


144
bosqinchilarga qarshi kurash sahifalari aks ettirildi. 
1941-1945-yillardagi urush davrida O‘zbekistonda ta’sirchan 
vo sita hisoblangan teatr va san’at ancha rivojlandi. Teatr va san’at 
arboblari frontning oldingi marralarida bo‘ldilar. Bu davrda O‘zbe-
kistonda 35 ta mahalliy va 16 ta ko‘chirib keltirilgan teatr jamoasi 
faoliyat ko‘rgazib, butun urush davomida 203 ta yangi postanovka 
tayyorladilar va 6.667.303 tomoshabinga 13.568 ta spektakl va 
konsertlar ko‘rsatdilar. 
Ikkinchi jahon urushi-yillarida respublikamizda 30 dan ortiq 
konsert brigadalari tashkil etilib, ular harakatdagi armiya qismlarida 
35 mingdan ortiq, Turkiston harbiy okrugi qismlari va gospitaldagi 
nogironlarga 26 mingta konsert qo‘yib berib, jangchilarni ruhlan-
tirdilar, ularni fashizm ustidan g‘alabaga undadilar. Ayniqsa, Tama-
raxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg‘unboyeva, Sora 
Eshonto‘rayeva, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov kabi san’at-
korlar ishtirokidagi konsert va tomoshalar jangchilar, tomoshabinlar 
qalbiga zo‘r ko‘tarinkilik baxshida etgan.
A.Abdullayev, Ch.Ahmarov, O‘.Tansiqboyev kabi rassomlar 
urush lavhalari, badiiy-yilnomalarni yaratib, xalqimizning front va 
front orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar. 
Qisqa metrajli filmlar va 10 ta ovozli badiiy filmlarini yaratish bilan 
I. A’zamov, K. Yormatov, N. G‘aniyev, S. Muhamedov kabi o‘zbek 
rejissyorlari urush-yillarida kinomotografiyani rivojlantirdilar. Bu 
davrda ishlangan – Nasriddin Buxoroda, – Tohir va Zuhra kabi 
filmlar – O‘zbekfilmning oltin fondiga aylandi. Umuman olganda 
urushda qo‘lga kiritilgan g‘alabaga o‘zbekistonliklar o‘zlarining 
fidokorona mehnatlari bilan katta hissa qo‘shdilar.
Shu bilan birga, XX asrning 40-yillaridan 50-yillarigacha davom 
etgan siyosiy qatag‘onlar O‘zbekiston madaniy hayoti va taraqqiyotiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu qatag‘onlar asosan ilm-fan va madaniyat 
arboblariga qaratilgan edi. Ko‘pgina yozuvchilar, shoirlar, olimlar va 
boshqa fan va madaniyat arboblari nohaq qoralandi, “millatchi”likda 
ayblanib, hatto «xalq dushmani» tamg‘asini oldi. Natijada adabiyot, 
san’atning taraqqiyot yo‘li yuqoridan belgilab beriladigan yo‘lga 
solib qo‘yildi. Asosiy e’tibor hayotni realistik, demokratik va 
oshkora tasvirlab berish o‘rniga “xalqlar otasi”ning, partiya va 
rahbarlar gegemonligining buyuk qudrati hamda qahramonliklarini 
129
darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi 
asarlari bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta 
ta’sir ko‘rsatgan edi. Qisqacha aytganda u yangi usul maktablarning 
vujudga kelishida namuna bo‘lgan.
Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy 
zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy 
kuch sifatida XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan tarix sahnasiga chiqa 
boshladilar. Jadidlar Turkistonda XIX-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or 
usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni chog‘da 
turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, 
xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad 
qilib qo‘ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin 
Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va 
bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi “Ittihod va 
taraqqiy” (“Yosh turklar” harakati) harakatining ta’siri katta bo‘ldi. 
Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so‘ngra 
Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala 
boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini ko‘tarishda katta 
ta’sir ko‘rsatgan. Birgina Toshkentning o‘zida bobiylar va bahoiylar 
tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar, 
qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqning turli qatlam vakillari 
o‘rtasida ma’rifat tarqatishda katta rol o‘ynadi. 
Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy”chilardan Turkistondagi “Ittihod 
va taraqqiy” chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik 
g‘oya deyarli yo‘q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik 
tizimiga qarshi kurash g‘oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 
1905-yilgi rus inqilobi va 1908-yilgi Turkiya inqilobida imperializm 
va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g‘oyasi yo‘q edi.
Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amirni ham 
o‘z g‘oya va maslaklariga tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari 
1900-yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruhsat 
olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarini 
ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiyaning 
amirga bo‘lgan tahdidi ortdi, amir jadidlarni siquv ostiga oldi. 
Rossiya barcha imkoniyatlarni ishga solib jadidlarning musulmon 
mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo‘ladigan har qanday bordi-
keldi aloqalarini oldini olishga e’tibor beradi. 


130
Rus mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul 
maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni “islomiyatga 
qarshi”, “g‘ayridin maktablari” deb tashviqot yurgizadilar, josuslik 
idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham 
kuchli tazyiq o‘tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib yetadiki, bu 
masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi. Chor ma’murlari 
islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hatto, 
1903-yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham 
farmon bilan man etadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli 
norozilik uyg‘otdi.
1905-yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy 
xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z 
davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo‘lgan Qirim, Qozon, 
Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga 
ham keng yoyila boshladi. 1908-yilgi Turkiya inqilobi tufayli 
yuzaga kelgan “Yosh turklar” harakatiga muqobil holda Xivada 
“Yosh xivaliklar”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” jamiyatlari yuzaga 
keldi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldi. 
Jadidchilik haraktining bunday siyosiy tashkilotlari qisqa vaqt 
ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Andijon kabi 
yirik shaharlarda kuchli tashkilotlarga aylandi. Turkiston xalqida 
jadidlarga bo‘lgan hayrixohlik, ishonch tobora ortib bordi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, XX asr boshlaridayoq milliy 
ozodlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, milliy birlik kuchlarini birligini 
ta’minlash borasida salmoqli faoliyat ko‘rsata boshlagan Turkiston 
jadidlari jahon jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga jalb qildi. 1906-yilning 
bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy 
razvedka) topshirig‘i bilan mayor Lyakost ikki-yil davomida 
Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U 
o‘zining kuzatishlarini hisobot tarzida “Komitet Asiya Fransays” 
nomli jurnalda chop etadi. Maqola Yevropada katta qiziqish 
uyg‘otdi. Bu maqolada Turkiston general-gubernatorligi hududidagi 
ijtimoiy-siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi. 
E’tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o‘tkir nigohi 
bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani 
shunday aniqlab berildiki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g‘oyat 
jiddiy tashvishga soldi. Mayor Lyakost Turkiston o‘lkasidagi eng 
143
ta’limi sohasida ham o‘qituvchilarning frontga ketishi, ko‘pgina 
binolarning gospitallarga, bolalar uyi va harbiy-o‘quv punktlariga 
berilishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining, mutaxassis kadrlarning 
yetishmovchiligi anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi. 
Shunday bo‘lsa ham urush-yillarida o‘qitish ishlari muntazam olib 
borildi. O‘quvchilar maktabda o‘qish bilan birga yaradorlarga, 
frontga ketganlarning oila a’zolariga, urush nogironlari oilalariga 
yordam berdilar. 
O‘zbek adabiyoti ham xalqimizning yovuz dushmanga qarshi 
kurash-yillarida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Oybek, Hamid 
Olimjon, Shayxzoda, G‘ofur G‘ulom, Uyg‘un, Sobir Abdulla, 
Zulfiya, Temur Fattoh kabi shoir va yozuvchilar urush maydonlariga 
safarbar etuvchi she’rlari va maqolalari bilan xalqni g‘alabaga 
ruhlantirdilar. Oybekning – Yovga o‘lim! she’ri, – Navoiy romani, 
G‘.G‘ulomning – Sen yetim emassan she’ri, Hamid Olimjonning – 
Yigitlarni frontga jo‘natish, – Jangchi Tursun, – Roksananing ko‘z 
yoshlari va boshqa asarlar urush-yillaridagi o‘zbek adabiyotining 
yorqin namunalaridir. M. Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham 
Rahmat, N. Safarov, Ibrohim Rahim, Z. Fatxullin, Adham Hamdam 
kabi yozuvchi va jurnalistlar frontda ishtirok etib, – Qizil armiya, 
– Front haqiqati, – Qizil askar haqiqati, – Suvorovchi, – Vatan 
sharafi uchun kabi front gazetalarida xizmat qilish jarayonida, 
Hamid Olimjon, Oybek, A.Umariy, G‘afur G‘ulom, Ra’no 
Uzoqova va boshqa shoir, ham yozuvchilar hukumat delegatsiyalari 
tarkibida frontning oldingi marralariga borib, o‘z qahramonlari 
bilan tanishdilar, yurtdoshlarining jasoratlarini tarannum etdilar. 
A.Axmatova, I. Virta, S. Gorodetskiy, A. Deych, K. Zelinskiy, YA. 
Kolas, N. Pogodin, A. Tolstoy, V. Yan kabi yozuvchi-shoirlar ham 
O‘zbekistonda yashab, o‘zbek adabiyotchilari bilan hamkorlikda 
ajoyib asarlar yaratdilar. Bunda respublika Yozuvchilar uyushmasiga 
rahbarlik qilgan H.Olimjonning xizmati katta bo‘ldi. Dramaturgiya 
sohasida N. Pogodin, Hamid Olimjon, Uyg‘un va Sobir Abdullalar 
yozgan – O‘zbekiston qilichi va A. Umariyning – Qasos, Yashin va 
Sobir Abdullaning ― Davron ota kabi asarlari bilan birga Uyg‘un va 
Izzat Sulton – Alisher Navoiy, Hamid Olimjon – Muqanna, Maqsud 
Shayxzoda – Jaloliddin Manguberdi, Oybek – Mahmud Tarobiy 
kabi dramatik asarlarini yaratdilar-ki, ularda o‘zbek xalqining 


142
35 ta geologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. O‘zbekistonlik 
kimyogarlar paxta chiqindisidan xalq xo‘jaligida foydalanish taklifini, 
etil spirtini, sirka kislotasini, qamishni quruq qayta ishlash natijasida 
ko‘mir briketini olishning yangi usullarini ishlab chiqdilar. Bunda 
akademik O.S. Sodiqov boshliq guruh ishlari alohida ahamiyat kasb 
etdi.
O‘zbekiston o‘simliklarining alkoloidlik xususiyatini o‘rganish 
yuzasidan akademik S.Yu. Yunusov rahbarligida katta ishlar olib 
borildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘zMU)ning kimyo fakultetida 
urush davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narkoz efiri, xlorli 
kalsiy, kofein, streptotsid, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yildi. Fakultet bazasida Toshkent farmatsevtika zavodi 
tashkil etildi. O‘zbekistonlik farmatsevtlar mahalliy xomashyodan 
15 ta yangi dori preparatlarini ishlab chiqarish usullarini kashf 
etdilar. 
O‘zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari-tarixchilar, 
sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, iqtisodchilar va 
fay lasuflar o‘zlarining ijodiy mehnatlari bilan mamlakat ilmiy salo-
hiyatini rivojlantirishga, ommaga insonparvarlik, vatanparvarlik, 
erksevarlik g‘oyalarini singdirishga qimmatli hissa qo‘shdilar. 
Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni 
dastlab 1940-yilda tashkil etilgan SSSR FAning O‘zbekiston filiali 
(O‘zFAN), keyin 1943-yil noyabrda ochilgan O‘zFA amalga oshirdi. 
O‘zFA ning birinchi prezidenti qilib T.N.Qori Niyozov saylandi. 
Bu o‘zbek xalqi hayotida muhim voqea bo‘ldi. 1943-1945-yillarda 
qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan O‘zFA Ittifoqda tanilgan 
ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22ta 
ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida 
tadqiqot ishlarini olib bordilar. O‘zFAning faoliyatida ko‘chirib 
keltirilgan ilmiy xodimlarning ham o‘ziga xos hissasi bo‘ldi. 
Urush-yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O‘zbekistonda 
Oliy va o‘rta maxsus yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati 
ham to‘xtab qolmadi. O‘zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta o‘rta maxsus 
o‘quv yurti ishlab turdi, ularning soni markazdan ko‘chirib keltirilgan 
31 ta oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yana ortib 
bordi. Bu o‘quv yurtlarida urush-yillari mobaynida 11.750 nafar 
yuqori malakali mutaxassis va 6.673 nafar kadrlar tayyorlandi. Xalq 
131
e’tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar 
(bolshevik va mensheviklar), yoki sotsialist-inqilobchilar (so‘l 
va o‘ng eserlar), yo kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar 
(rasmiy idoralar Turkiston jadidlarini yosh turklarga qiyoslab “Yosh 
sartlar” deb atashgan) degan xulosaga kelgan edi. Razvedkachi 
Turkistonda jadidlar ta’siri kuchli bo‘lgan o‘z firqasiga ega ekani 
va u 1906-yilning yanvarida Sankt-Peterburgga, Umumrusiya 
musulmonlarining qurultoyiga vakil yuborganini ta’kidlab, bu firqa 
xuddi Qozon tatarlari kabi o‘zining milliy dasturiga egaligi va rus 
istibdodiga jiddiy zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi. 
Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga 
keldi, mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda 
yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi 
kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo‘lga kiritish 
g‘oyalari bilan to‘lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllandi. Abay 
bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri edi. Undan so‘ng 
Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi. 
O‘rta asrlarda shunday ulug‘ zotlarni yetishtirgan Turkiston kabi 
buyuk bir tabarruk zaminning so‘nggi asrlarda jaholat va hurofot 
azobida inqirozga yuz tutishi, bu yerda kuchli bo‘lgan o‘rta asrchilik 
va mustamlakachilik zulmlari, o‘lkadagi yangi uyg‘onish, yangi 
ma’rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar 
huquqini himoya qilish haqida Ismoil Gaspirali o‘tkir publitsistik 
maqolalari bilan faol qatnasha boshladi. “Buxoro va Bog‘chasaroy”, 
“Bog‘chasaroydan Toshkentga” (1893), “Turkistonning yangi tarixi” 
(1905), “Buxoroda nimalarni ko‘rdim?” (1908), “Turkistondan 
xat” va boshqalar shu jumladandir. Uning ta’siri bilan Turkistonda 
ham yangi usul maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalari, matbuot va 
adabiyot namunalari maydonga kela boshladi.
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmud-
xo‘ja Behbudiy (1871-1919)dir. U “Turkiston jadidlarining otasi” 
sifatida tarixda nom qoldirgan. U istiqlol uchun kurashning oldingi 
saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo‘jayev Behbudiy 
haqida bunday degandi; “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining 
kengligi jihatidan o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga 
teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”.
Behbudiy Gaspirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jadid” maktablarini 


132
Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan 
ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-
madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo‘la olishi mumkinligi 
haqida o‘nlab maqolalar yozdi. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bo-
lalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, 
“Aholi geografiyasiga kirish”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” 
kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo‘l-
lanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma’lum. Bular ilk o‘zbek 
maktablari uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalar sifatida emas, 
til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim 
ahamiyatga ega. Behbudiy 1913-yilda “Samarqand” gazetasi va 
“Oyina” jurnalini chiqardi. Gazeta dastlab 2, so‘ng 4 betlik bo‘lib 
haftada 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45 sonidan keyin 
to‘xtagani ma’lum. “Oyina” o‘lkadagi o‘zbek tilida chiqqan birinchi 
jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida haftada 
bir, 1914-yildan esa har o‘n besh kunda chiqqan. 
Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asos-
chilaridandir. U 1906-yil sentyabrda “Xurshid”(“Quyosh”) jaridasini 
nashr etdi va unga muharrirlik qildi. “Najot” (1917-yil), “Kengash” 
(1917-yil), “Hurriyat” (1917-yil), “Osiyo”, “Haqiqat”, “Turon” kabi 
matbuot nashrlarida muharrirlik qildi.
Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zbek xalqining atoqli shoiri, 
muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. 
Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktab uchun to‘rt qismdan iborat 
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, 
“Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar va o‘qish kitobini 
yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko‘mak ko‘rsatuvchi “Jamiyati 
hayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab 
kutubxonasi” kitob do‘konini ochgan. U 1913-yilda tashkil etilgan 
professional “Turon” nomli teatr to‘garagining tashkilotchilaridandir.
Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik haraktining yirik 
namoyondalaridan biridir. U Buxoro jadidchilarining tashkilotchi-
laridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand 
qilish uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyot-
shunos sifatida kirib keldi. U “Munozara” nomli drama yaratgan. 
Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi 
islom” kabi asarlarini 1908-1913-yillarda yaratdi. Fitrat o‘z ona 
141
II jahon urushi-yillari adabiyot va san’atdagi asosiy mavzu – 
insonparvarlik g‘oyalarining yanada kuchaytirilishi edi. Chunki 
fashizm butun insoniyat va uning tomonidan yaratilgan barcha 
madaniy merosni yo‘q qiluvchi ofat hisoblanardi. Shu sababli urush-
yillarida yaratilgan barcha madaniy boyliklar insoniylik g‘oyalariga 
yo‘g‘rilgan edi. Bu davrdagi asosiy mavzulardan biri – vatanparvarlik 
hissining oshib-toshib ketishi va barcha san’at asarlarida namoyon 
bo‘lishi edi. Barcha narsa va harakat, barcha badiiy ijod - buyuk 
Vatan tuyg‘usini shakllantirish, Vatan uchun jonini tikishdek qudratli 
hisga bag‘ishlandi. Natijada bu davrda yaratilgan barcha san’at 
asarlarida millati, tili, e’tiqodi har xil bo‘lgan kishilarning yagona, 
qudratli kuchiga aylangan ichki ruhiy hissiyot – Vatan tuyg‘usi o‘z 
ifodasini topdi.
O‘zbekiston ishchi va mehnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif 
va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari ustidan 
qozonilgan g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 
Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun! Shioriga 
labbay! deb javob bergan ko‘pgina olimlar urushning birinchi 
kunlaridayoq frontga ketdilar. 
Ular orasida O‘zbekistonning mashhur olimlaridan – U.A.Orifov, 
Ya.X.To‘raqulov, I.Ismoilov, X.Usmanov va boshqalar bor edi. 
T.N.Qori-Niyozov, V.I.Romanovskiy, T.Z.Zohidov, I.A.Raykova, 
O.S.Sodiqov kabi olimlar natijasi xalq xo‘jaligi va front zaruriyati 
uchun xizmat qilgan muammolarni hal qilishda katta kuch bilan 
mehnat qildilar. 
O‘zbek matematik, mexanik va astronomlari evakuatsiya, o‘q-
dori, harbiy texnika sifatini oshirishga aloqador bo‘lgan bir qancha 
muhim ilmiy muammolarni hal qildilar. Bunda T.A. Sarimsoqov, V.I. 
Ramonovskiy, M. Kamolov, N.N. Nazarov va boshqa olimlarning 
hissasi katta bo‘ldi. Ularning ehtimollik nazariyasi va matematika 
statistikasi sohasidagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va 
bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning yuk ko‘tarish 
imkoniyatini oshirishga, respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy 
texnikaning sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi. 
Geolog olimlar foydali qazilma boyliklarni qidirib topish, sanoatni 
zarur xomashyo bilan ta’minlash vazifalarini bajarishga katta e’tibor 
berdilar. O‘zbekiston tog‘lari va cho‘llarida 1943-yilning o‘zidagina 


140
ladi. Bu davrda Hamza va Mannon Uyg‘urlar tomonidan o‘zbek 
professional teatri beshigi hisoblangan akademik teatr tashkil topdi. 
Natijada Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Muhiddin Qori Yoqubov 
kabi ulug‘ siymolar yetishib chiqdi. Bu davrda O‘zbekiston kino 
san’ati asosiga tamal toshi qo‘yildi. O‘zbek musiqa, kinematografiya 
va teatr san’ati tezkorlik bilan rivojlandi. O‘z davrining buyuk 
san’atkorlari: M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonov, (musiqa), 
Y.A’zamov, N.G‘aniyev, S.Iskandarov, A.Umarov, R.Pirmuhamedov 
(kino-matografiya), L.Narzullayev, Z.Hidoyatova, Sh.Qayumov, 
T.Saidazimova, X.Nosirov (teatr) kabilar yetishib chiqdilar.
XX asrning 30-yillari o‘zbek fanining jadal rivoj topayotgan 
davrlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda mashhur geolog olimlardan 
X.M.Abdullayev, G.A.Mavlonov, matematiklardan T.N.Qori Niyozov, 
T.A.Sarimsoqov, biolog olimlardan T.X.Zohidov. D.K.Saidov, 
A.M.Muzaffarov, A.To‘laganov, kimyogarlardan O.S.Sodiqov, 
A.S.Sat 
torov, M.Yunusov, X.U.Usmonov K.S.Ahmedov, energe-
tiklardan X.F.Fozilov, G.R.Rahimov, faylasuflardan I.M.Mo‘minov, 
arxeologlardan Ya.G‘.G‘ulomov kabilar yetishib chiqdilar.
Bu davrning eng buyuk muvaffaqiyatlaridan biri – televideniyening 
vatani Toshkent bo‘lib qolganligidir. 1928-yili o‘zbekistonlik 
V.P.Gra bovskiy va I.F.Belyanskiylar elektron nur yordamida hara-
katdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul 
qilingan «radiotelefon» yaratdilar.
Xullas, XX asrning 30-yillarida ro‘y bergan murakkab ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy jarayonlar respublika madaniy hayotiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, ma’naviy hayot sohasidagi qatag‘onlar 
milliy madaniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
“Xalqlar otasi” ning jamiyat turmushidagi barcha sohalarga 
“do hiylarcha rahbarligi” xato va kamchiliklarsiz ideal jamiyat qu-
rilayotganligini madh etuvchi asarlarning ko‘payishiga olib keldi. 
San’atning turli sohalarida hayot haqiqatini bir yoqlama korsatuvchi, 
qolipga solingan ijod namunalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Qonunchilikning qo‘pol ravishda buzilishi, insoniy qadr-
qimmatning poymol etilishi natijasida milliy madaniyatning ko‘pgina 
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari - Munavvarqori, Abdulla Qodiriy, 
Cho‘lpon, Fitrat, Zohiriy, Shokir Sulaymon, Elbek, Usmon Nosir, 
Otajon Hoshimov va boshqa millatparvarlar yo‘q qilindi.
133
diyorini ozod va hur ko‘rishni orzu qildi. U ana shunday ilg‘or 
g‘oya va fikrlari uchun ko‘pchilik jadidlar qatorida shakkoklik, 
isyonkorlikda ayblandi, chor ma’murlari esa uni mustamlakachilikka 
qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron 
bo‘lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g‘oyasi 
tarafdori, “xalq dushmani” degan uydirma tamg‘a bilan aybladilar.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan 
Cho‘lpon (1898-1938) shaharda “Turon kutubxonasi” va uning 
yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o‘z 
hukmronliklarini o‘tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, 
erksevar farzandalri jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun, 
mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo‘rlik va zo‘ravonlikka 
qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o‘lkada so‘nggi asrlar davomida 
ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi 
oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-nazariy sa-
viyasi ham yetarli darajada davr talabiga monand bo‘lmaganligidan 
bu kurash birlashgan katta kuch sifatida muvaffaqiyat qozonildi. 
Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik, “o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y” kayfiyati 
milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur etkazdi.
Jadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy suratda qo‘llab 
quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat 
g‘oyalarini tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor biqiq doirasida 
o‘ralib qoldi, siyosiy kurash partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi va 
ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy kurashga torta olmadi... 
Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga o‘sib 
yetmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni 
ikkiga bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning 
yolg‘on va quruq va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, “Yosh 
buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” guruhiga uyushdilar. Natijada 
milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan kuchlar 
kuchsizlandi va parokandalikka uchradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə