Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə15/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Adashoy

4-guruhga

Tarqatma №4

Intellekt ko‘pligi nazariyasi

Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug‘ilgan) ishlab chiqqan.



Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida 8 ta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi.Ular quyidagilar:

  1. Verbal – lingvistik intellekt – so‘z xotirasi, so‘z boyligi yaxshi, o‘qishni yaxshi ko‘radi, so‘z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.

  2. Mantiqiy – matematik intellekt – hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni yechishni, shaxmat o‘ynashni yaxshi ko‘radi, tengqurlariga nisbatanko‘proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar...

  3. Vizual – fazoviy intellekt – ko‘rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o‘qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstruktsiyalashni yaxshi ko‘radi.Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchi...

  4. Motor – harakatli intellekt – yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakati, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo‘l tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig‘ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko‘radi.Bular raqqos, artist, sportchi...

  5. Musiqaviy – ritmik intellekt – qo‘shiqlar. Kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so‘zlashi ritmli, o‘zicha sezmasdan kuylaydi. Bular bastakor, qo‘shiqchi, raqqos...

  6. Shaxslararo intellekt – tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalr bilan o‘ynash va ularga o‘rgatishni yaxshi ko‘radi, turli holatlarda yetakchi bo‘lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni biladi.Bular siyosatchi, diplomat, diniy xodimlar...

  7. Ichki shaxsiy intellekt – mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi. O‘zining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi, o‘zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko‘radi, o‘z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o‘z xatolaridan ibrat oladi, o‘z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o‘qituvchi, tarbiyachilar.

  8. Tabiatshunos intellekti – tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivor, o‘simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilargaqobiliyatini namoyon qiladi.Bular tabiatshunos, ekolog, q/x xodimlari.

Har bir boladagi o‘z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unda hayotda yuksak cho‘qqilarga erishish uchun yo‘l ochib beradi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə