Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna


Pedagogik atamalar va ularning ma’nolari



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə17/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Adashoy

Pedagogik atamalar va ularning ma’nolari

  • Ko‘nikma – ongli faoliyat(harakat)ni tez, tejamli, to‘g‘ri hamda jismoniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish.

  • Mediapedagog - ZATlarini o‘zlashtirish orqali mediata’limni olib bora bilish BKMlarini egallagan o‘qituvchi.

  • Mediata’lim – o‘quvchilar tomonidan ommaviy kommunikatsiya qonuniyatlari – matbuot, televidenie, radio, kino, internet axborotlarini olish, tahlil qilish va bilim olishga asoslangan ta’lim.

  • Metod – grekcha so‘z bo‘lib, yo‘l, usul ma’nolarini ifodalaydi.

  • Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi.

  • Ta’lim – maqsadi o‘quvchilarni axloqiy intellektual, kasbiy, madaniy, jismoniy rivojlantirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat bo‘lgan tarbiyalash va o‘qitish jarayoni.

  • Kreativ ta’lim- (lotincha so‘z – yaratuvchanlik, ijodkorlik) o‘quvchi ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim.

  • Evristik ta’lim – (grekcha so‘z – izlayman, topaman) yo‘naltiruvchi savollarni berib borishga asoslangan o‘qitish tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim.

  • Masofaviy ta’lim – axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar asosida kechadigan pedagogik jarayon.

  • Forum – internet imkoniyatlaridan biri bo‘lib, saytda muloqot yuritish shakli.

  • Inklyuziv – (tenglik) o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Shu bilan birga. imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qitishni tashkil qilish.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə