Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə22/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
27
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
O‘TXK, 1967 yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta’rifni ma’qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta’rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia,
1972, 8, 36) qabul qilindi:
1. Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi – «mol».
2. Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin.
12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12
Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi – aniq
𝑔
𝑚𝑜𝑙
1980 yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma’qulladi:
Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.
Molning ta’rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi – Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi.
n(x)=𝑁(𝑋)
𝑁𝐴
shuni e’tiborga olingki, N(x) – o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.
«Modda miqdori» so‘zidagi «modda» so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta’kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan
«Vodorod xlorid HCl miqdori», yoki «Benzol C6H6 miqdori» kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta’kidlab aytish muhim (Mol ta’rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi «miqdor» so‘zining asosiy lug‘aviy ma’nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni «modda miqdori» so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, «modda konsentratsiyaning miqdori» kabi, keltirib chiqarilgan
miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki «konsentratsiya miqdori» sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida,
«modda konsentratsiyasi miqdori» nomi, «modda konstentratsiyasi»gacha qisqartirib olingan.
X atom yoki molekulaning molyar massasi M(X) yoki, Mx bilan belgilanadi va bir mol X ning massasini ifodalaydi.
Modda miqdori ta’rifi
keltirilayotganda,
odatda, ushbu izoh ham ta’kid- lab o‘tiladi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə