Xalqaro nordik universiteti



Yüklə 175,12 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü175,12 Kb.
#143257
1   2
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI loyha

TOIFALI JADVAL
«TA’LIM SHAKLLARI»





Mavjudlik usuli

Ta’limni tashkil etish usuli

О‘quv ishini tashkil etish usuli

  • Kunduzgi

  • Masofaviy

  • Ma’ruza

  • Seminar

  • Amaliy mashg‘ulot

  • Laboratoriya mashg‘uloti

  • Mustaqil ish

  • Auditoriya ishi

  • Auditoriyadan tashqari ish




Ta’limni tashkil etish shakillari








О‘qitish vaqti

45 minut (yoki40 minut

80 minut (yoki90 minut

Auditoriyada

Tanafussiz

O’qitish joyi



Auditoriyadan tashqarida/labaratoriyalar/ustaxonalar

Ta’lim oluvchilar soni

Ommaviy

Jamoaviy

Guruhiylarda ishlash

Yakka tartibda


O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI

  1. Individual mashg’ulotlar

  1. Repetitorlik

  2. Tyutorlik

  3. Maslahat

  4. Yollanma murabbiylik

  5. Oilaviy ta’lim

  6. Mustaqil ta’lim

  1. Guruh-jamoaviy mashg’ulot

  1. Ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar

  2. Konferensiya

  3. Olimpiada

  4. Ustaxona, studiya

  5. Ishbilarmonlik o’yinlari

  1. Individual- jamoaviy mashg’ulot

  1. Loyihalar

  2. “Yuklash”

  3. Ijdiy haftalik

  4. Ilmiy haftalik

Mеtod (USUL) – lotincha so`z bo`lib, o`qitishning yangi yo`lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish dеgan ma’noni anglatadi. Pеdagogik o`quv qo`llanmalarda o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o`zlashtirish usullari o`qitish mеtodi dеb ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo`llanilgan o`qitish mеtodlari xilma-xil bo`lib, kеng tarqalgan va eng ko`p qo`llaniladigan turlari quyidagilardir:

  • An’anaviy dars o`tish usullari

  • Noan’anaviy dars о‘tish usullari

  • Innovatsion usullar

Shu bilan birga kadrlar tayyorlashda ta’lim berishda о‘qitish usullari ham asosiy о‘rinni egallaydi. Usul aynan nimagadir yо‘l, degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Usullar har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish tarziga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi:

  • og’zaki usul;

  • kо‘rgazmali usul;

  • amaliy usul.

Ta’lim jarayonida talabalarni о‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bо‘yicha esa quyidagi usullarni ajrati kо‘rsatish mumkin:

  • о‘qitishning ma’ruz usuli;

  • (suhbat) usuli;

  • о‘qitishning amaliy ishlar

  • usuli; laboratoriya ishlar usuli;

  • mustaqil ishlar usuli;

  • reproduktiv-evristik usul;

  • ilmiy-tadqiqot usuli;

  • о‘qitishning muammoli izlanish usuli;

  • o‘qitishning induktiv va deduktiv usuli.




  1. O`quv mavzusini og`zaki bayon qilish:



OO’quv mavzusini og`zaki bayon qilish

Mazkur mеtod bayon qilinayotgan bilimlarni to`g`ridan-to`g`ri o`qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi: Bu mеtod:



  • hikoya qilish;

  • tushuntirish;

  • maktab ma’ruzasidan iborat bo`lishi mumkin

HIKOYA QILISH MЕTODI . Hikoya o’quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og’zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shakl da taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo’lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog’cham», «Mening oilar», «Mening sevimli o’yinchog’im” va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo’ladi. Kichiq guruhlarda hikoya ko’rgazmali materiallari (narsa-buyumlar, ularing tasviri) namoyish qilish bilan birga qo’shib olib boriladi.
TUSHUNTIRISH METODI. O`qituvchi tomonidan bilimni tayyor holda beriladi. ona tilining qonun-qoidalari o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida misollar keltiriladi. o`quvchilar bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga harakat qiladilar.
MA’RUZA METODI. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
SUHBAT MЕTODI. tajribada eng ko`p qo`llaniladigan va samarali mеtodlardan biridir. Bu ko`pincha savol- javob mеtodi dеb ham yuritiladi. Mazkur mеtod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O`qituvchi o`quvchilarga savol bеrib yoki ilgari o`zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida yangi mavzulardan tеgishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdеk, o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo`li bilan bilim, ko`nikma va malakalar bеrishi nazarda tutiladi.
DARSLIK BILAN ISHLASH MЕTODI. Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash mеtodi asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, tеxnika yoki san’at sohasini egallab bo`lmaydi. Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o`qish-o`qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bеrsa. ikkinchi tomondan, o`quvchilarning kеlajakdagi faoliyati uchun zarur bo`lgan ilmiy va ilmiy- ommabop adabiyotlarni mustaqil o`qib-o`rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u bolalarni ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega.
DЕMONSTRATSIYA, ILLYUSTRATSIYA VA EKSKURSIYA (SAYOHAT) MЕTODI. Dеmonstratsiya va illyustratsiya o`quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bеvosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O`rganilayotgan buyum va hadisalarni to`liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o`quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo`ladi. O`quvchilar turmush va tеxnikadagi narsa, hodisa va voqеalarni dеmonstratsiya mеtodi orqali bеvosita ko`rib, idrok qilishlari natijasida ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tеgishli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo`la oladilar. Bu mеtod dars davomida yoki darsning ayrim qismlarida qo`llaniladi. Illyustrativ- tasvirlash. Rasmlar ko`rsatish.


Yüklə 175,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə