|
Xudoynazarov muxammadning iqtisodiyot nazariyasi birinchi prezintatsiyasi
|
səhifə | 5/17 | tarix | 31.12.2021 | ölçüsü | 1,4 Mb. | | #81136 |
| Birinchi Prezintatsiyam Matematika NazariyasiIshlab chiqarish omillarining o‘zaro ta’sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Кishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Aslida ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida qayd qilingan omillar bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ishlab chiqarishning omillari va miqdor jihatdan ortib sifat jihatdan takomillashib boradi.
3.1-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida o‘ziga xos omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor qobiliyati iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavf- xatardan qo‘rqmaydigan kishilarni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|