Amaliy mashg’ulot mavzu: Boshlang’ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə1/4
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#111226
  1   2   3   4
tarixiy materiallar


AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Boshlang’ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda tarixiy materiallardan foydalanish metodikasi bo‘yicha savol-javob.
2. O‘rta osiyolik olimlarning matematika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari.
3. Mavzu yuzasidan sinfdan tashqari ishlarning manbalarini kuzatish va tahlil qilish.
4. Talabalar faoliyatini baholash

Matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish

  • Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanishdan maqsad o‘quvchilarda matematikaga doir dastlabki tushunchalarni hosil qilish, mavzuning xarakteriga ko‘ra tarixiy materiallarning uzviyligini ta’minlash uchun dastlabki pedagogik shart-sharoit yaratishdir.
  • Matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutildi:
  • 1. O‘quvchilarni matematik bilim va tasavvurlarini chuqurlashtirish.
  • 2. Darsda beriladigan tarixiy tushunchalarga qiziqish va ehtiyoj uyg‘otish.
  • 3. Avlod ajdodlarimiz merosiga chuqur hurmat va muhabbat bilan qarash.

Natural sonlar deb, buyumlarni sanashda qo‘llanadigan sonlarga aytiladi. Buni albatta biz boshlangich sinfda qo‘llaymiz. O‘quvchilar ongini shunday singdirib borishimiz kerakki, raqam nima? Son nima? Buni bir-biridan ajrata bilsinlar. Qadimgi zamonlarda turlicha xisoblash tizimlari bo‘lgan. Masalan: 5 talab -qo’lning barmoklari, 10 talab -ikki qo’lning barmoklari, 20 talab- qo’l va oyok barmoklari, 60 lik - qadimgi bobilliklarda sanoq tizimlari ishlatilgan. 12 soni Fransiya va Gruzinlarda pozitsion tizim o’nlik asosda bo’lib qadimgi hind matematiklar kashf etgandan keyin VIII asrga kelib Mahammad Al-Xorazmiy o’zining "hind hisobi" risolasida keng ommaga tushunarli kilib tadbiq etdi.


Pozitsion tizim.
O‘quvchilar arifmetikani o‘rganib borgan davom ettirgan sari ular uchun pozitsion tizim tushunchasini bilib olishning ahamiyati beqiyos ortib boradi.
Matematikani o‘rganishda burilish davri bo‘lgan bu davrni to‘g‘ri baholash uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi-o‘ziga hisob berishi kerakki, bu o‘rinda gap sonlarni nafaqat to‘g‘ri yoza bilishda, shu bilan birga amallarni yozma ravishda bajarish asoslari hamda o‘nlik birliklarni nomeralay bilishda hamdir. Oliy darajadagi birlik past darajadagi 10 ta birlikga ega ekanligini bilish mutloqo yetarli emas ( bu xaqda bolalar birinchi sinfdanoq qisman ma’lumot oladilar), ular ayni paytda faqat pozitsion tizimgina o‘nlik tizimidan to‘liq foydalanish mumkinligini aniq tasavvur qila bilishlari kerak. Odatda, bu ikki pozitsion va o‘nlik tizim bizning ongimizda shu qadar uzviy bog‘lanib qolganki, bularning farqini ajratish uchun fikrlashga tug‘ri keladi.
Og‘zaki nomerlashda sonlarning talaffuz etilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Chunonchi, o‘n ikki o‘n ikkinchi, yigirma yigirmanchi, o‘ttiz o‘ttizinchi, ellik elliginchi.
Sonlarni yozuvda ifodalash asta-sekin kirishamiz. Bolalar o‘rganib olishlari lozim bo‘lgan narsaga emas, balki qanday xulosaga kelish lozim bo‘lgan narsaga to‘xtalamiz. Ular raqam bilan ifodalangan sonning qiymati shu raqam turgan joyga bog‘liqligini tushunishlari kerak. Bu dalilni aniq-ravshan tushunib olish uchun raqam bilan son o‘rtasidagi farqni aniq-ravshan bilib olish kerak.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə