Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati


O’zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə5/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

4. O’zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari

Bugungi kunda jahon miqyosida raqobat va iste’molchilar talabining kuchayishi, tarmoqlar ishlab chiqarishidagi diversifikatsiyalashuv va ixtisoslashuvning chuqurlashuvi jarayonlari ta’siri ostida kichik biznes faoliyatining o’zgarishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon kichik biznesning iqtisodiy mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o’rniga nisbatan kengroq yondashuv zarurligini talab etmoqda.


Jahoniqtisodiyotirivojlanishininghozirgibosqichiinnovatsionjarayonlaruzluksizliginita’minlashvako’laminioshirishbilanxarakterlanadi.Bunday sharoitda kichik biznes samaradorligi o’z faoliyatini fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, sanoatda keng ko’lamli ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilish, shuningdek, ilmiy ixtiro natijalarini tijoratlashtirishga yo’naltirganligi bilan belgilanadi. Ushbu omillar iqtisodiyotda innovatsion tadbirkorlik shakllanishiga asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon va mamlakat miqyosidagi raqobatning kuchayishi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, fikrimizcha, quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi lozim.
Birinchidan,innovatsiontadbirkorlikniinstitutsionalqo’llab-quvvatlash.
Ularquyidagilardaniborat:

  • mamlakatda industrial-innovatsion yo’naltirilgan va moslashuvchan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo’jalik yuritishning yangi modelini shakllantirish;

  • innovatsion kodeks doirasida yagona huquqiy normalar tizimini yaratish, unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan sig’imiga ega tadbirkorlik sohasida asosiy atamalarni aniqlashtiruvchi, innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash (respublika va hududiy darajada) choralari, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq bir qator asosiy qonunlarni aks ettirish;

  • innovatsion tadbirkorlikni paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamonaviy moliya-kredit mexanizmi bilan ko’maklashayotgan tizimlarga rag’batlantirish mexanizmini yaratish, innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirayotgan tijorat banklariga maxsus imtiyoz va pereferentsiyalar tizimini o’rnatish;

  • innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari va soliqqa tortish umumiy darajasini pasaytirish yo’li bilan ularning xo’jalik yuritish sharoitini takomillashtirish, venchurli moliyalashtirish tizimini kengaytirish,yirik kompaniyalar,tijorat banklari,sug’urta tashkilotlarning innovatsion tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilish qiziqishlarin oshirish;

  • innovatsion tadbirkorlikni bozorlar “muhit” va “sotish” o’rtasidagi munosabatni kengaytirish, bunda ularning qimmatli qog’ozlar, birinchi navbatda, korporativ bozorda, mehnat va resurslar bozorlarida, shuningdek, birjalar, sotuvlarda, yarmarkalar va auktsionlarda faol qatnashishini ta’minlash;

  • davlat va innovatsion tadbirkorlik o’rtasida sheriklik aloqalarining turli shakllarinijoriyqilish.Budavlatvainnovatsiontadbirkorliko’rtasidakooperatsiya aloqalarning turli shakllarini amalga oshirish, kichik texnologik firmalarni rag’batlantirish va moliyalash bo’yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik mahsulotlar bo’yicha davlat buyurtmalari tizimini kengaytirishni nazarda tutadi;

  • innovatsion-faol korxonalar uchun konsalting xizmatlari bozori infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha bozor institutlarini rivojlantirish, professional innovatsion menejment tizimi, innovatsion loyihalarni mustaqil ilmiy ekspertiza qilish standartini yaratishda davlat ishtirokini ta’minlash;

  • innovatsion tadbirkorlik vakillaridan tashkil topgan respublika va hududlarda uyushmalar, biznes markazlar, shuningdek, halqaro tadbirkorlar uyushmalarini tashkil qilish;

  • innovatsion menejment bo’yicha maxsus kurslarni tashkil qilish va ushbu yo’nalish bo’yicha mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish, shuningdek o’quv, ilmiy, uslubiy, ma’lumot adabiyotlarini kengaytirish va innovatsion faoliyatni boshqarish masalalari bo’yicha dasturlar yaratish.

Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlikni institutsional qo’llab-quvvatlash davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor mexanizmlaridan foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini o’zida aks ettirishi lozim. Xususan, innovatsion tadbirkorlik subyektlarini rag’batlantirishga yondashuv innovatsion tadbirkorlikning erishgan natijalari,ular faoliyatining tashqi yoki ichki bozorga yo’naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori va muddatlari bo’yicha tabaqalashgan bo’lishi zarur.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə