Yelimlash materiallari


Yelimlarni umumiy sxemasi va yopishtirish jarayoni



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü30,24 Kb.
#160279
1   2   3   4   5   6   7
yelimlash materiallari

Yelimlarni umumiy sxemasi va yopishtirish jarayoni.

Charm buyumlari uchun yelimlarning umumiy sxemasi yelimlar tasnifiga binoan xillarga qarab tuzilgan (1-jadval) Sxemaga hozirgi vaqtda charm buyumlarni tayyorlashdagi hamma yelimlar kirgazilgan. Faqat, ayrim hollarda, umumiy sxemada ko'rsatilmagan qo'shimchalar juda kam miqdorda qo'llanishi mumkin. Masalan bo'yoq va parda tuzilishini bir xilligini ko'paytirish uchun peptizatorlar qo'llaniladi. Yelimning ayrim tarkibiy qismlari ularni tayyorlashdagi miqdoriga qarab anchagina vazifalami bajaradi. Masalan, tarkibiy qism kam miqdorda kirgazilsa, tashkil etuvchi sifatida, ko'paytirilganda esa, to'ldiruvchi (napolnitel) sifatida bo'ladi. Endi yelimning har bir tarkibiy qism ahamiyatini alohida ko'ramiz.


Asosiy pardani tashkil etuvchi.

Bu tezkor adgeziyali polimer bo'lib yelimning adgeziya va kogeziya xususiyatlariga sabab bo'luvchi va biriktiruvchi hisoblanadi. Yelim pardasining tarkibida, odatda, asosiy pardani tashkil etuvchi, massaning 60-70 foizini tashkil etadi va ayrim hollarda 100 foizgacha bo'ladi. Asosiy pardani tashkil etuvchi sifatida suniy va tabiiy kauchuklar, yuqori molekulali qatronlar va plastmassalar qo'llaniladi. Tabiatdagi ayrim yuqori molekulali jismlar tabiiy yoki o'zgartirilgan holda, hozircha cheklangan miqdorda qo'llaniladi. (1.1. tasvirga qarang). Ayrim hollarda asosiy pardani tashkil etuvchi biri-birini o'rnini yaxshi bosuvchi, bir xilda olingan ikki polimer tarkibiy qismdan iborat bo'ladi. Masalan, kauchuk perxlorvinil yelimlarda pardani tashkil etuvchi, butadiyen nitril kauchuk bilan perxlorvinil qatrondan iborat bo'lib, 1:1 nisbatida olinadi.


Qo'shimcha parda tashkil etuvchilar.

Bular yelim pardasining xusuyatini o'zgartirish uchun qo'llaniladi. Yelimlanadigan materiallardan birini adgeziyasini kuchaytirish uchun, pardani yopishqoqligi, egiluvchanligi yoki kogeziyasini, yelimli birikmalarning ushlab qolish tezligini boshlang'ich mustahkamligini kuchaytirish uchun, yelimli eritmalarni va quruq yelimlarni cho'ziluvchanligini kamaytirish uchun, yelim pardasini yopishqoq-oquvchi holatga o'tkazishda haroratni istalgan tarafga yo'naltirish, issiqqa chidamliligini oshirish uchun, yelim eritmasini substratga surilgandan keyin qurish vaqtini qisqartirish uchun qo'llaniladi. Bular asosiy parda hosil etuvchilarga 1-2 dan 40-50 massa qismida qo'shiladigan tezkor adgeziyali polimerlar yoki oligomerlar hisoblanadi.


Qo'shimcha ravishda parda tashkil etuvchilar sifatida oligomer turidagi qatronlar - alkilfenollik, inden-kumaronli kam darajada gliftaliyali, epoksidli, poliamidli, hamda xlorlangan kauchuk va kam miqdorda boshqa yelimlarda asosiy parda tashkil etuvchi tariqasida qo'llanuvchi kauchuklar qo'llaniladi (masalan butadiyen nitrilli kauchuk). Qo'shimcha parda tashkil etuvchilarni, asosiy parda tashkil etuvchilar bilan birgalikda bo'la olishi, ularni tanlashdagi asosiy shart hisoblanadi. Ko'pchilik qo'shimcha parda tashkil etuvchilarni ta'siri turlicha hisoblanadi. Shunday, alkilfenollik qatronlar (masalan butilfenol formaldegid) polixlorprenli yelimlarda adgeziyani kuchaytiradi, cho'ziluvchanligini kamaytiradi, yelim eritmalarni qurish vaqtini kamaytiradi, xlorlangan kauchuk yelimlarni adgeziya xususiyatini va yelimli birikmalarni issiqqa chidamliligini oshiradi.

Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə