YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
O‘ZBEK TILI TARIXI. FANNING ASOSIY MOHIYATI
Allambergenova Sharban Omirbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani,
5-sonli maktabning O‘zbek tili fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8153384
Annotatsiya:
O‘zbek tili uyg‘ur tili bilan birgalikda qarluq tili guruhiga kiradi. Qarluq tili
tarixiy jihatdan O‘rta
Osiyo guruhiga, ayniqsa, g‘arbiy xun shaxobchasiga kirgan tillar bilan
oiladoshdir.
Kalit so‘zlar:
badiiy matn, adabiy-estetik tahlil, sharhli o‘qish, izohli o‘qish, adabiy o‘qish.
XI asrdan keyingi O‘rta Osiyo turkiy tillari,
shu jumladan, o‘zbek adabiy tilining
rivojlanishidagi ma’lum davrlarni belgilash mumkin. Til tarixini o‘rganishdagi eng muhim
masalalardan biri – davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o‘zbek tili va unga urug‘dosh
bo‘lgan turkiy
tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari
aniqlanishi lozim.
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘liqdir. Tasnif ma’lum darajada
tillar tarixini davrlashtirish demakdir.
Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda
ham bir xil
printsipga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham XIX asrgacha bu
tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan yedi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari
tasnif qila boshladilar. Til tarixini o‘rganishdagi yeng muhim masalalardan biri —
davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o‘zbek tili va unga urug‘dosh bo‘lgan turkiy tillarning
kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘liqdir. Tasnif ma’lum darajada
tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil
printsipga, ya’ni tarixiylik printsipiga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham, XIX asrgacha
bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan yedi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus
olimlari tasnif qila boshladilar.
Ularning ba’zilari turkiy tillarni hududiy – jo‘g‘rofiy jihatdan tasnif qilsa, boqshalari
tshsharning bir xil lingvistik beyagisiga asoslanadi. Uchinchilarida
turkiy tillar tarixi xalq
tarixi bilan yetarlicha bog‘lanmaydi. Shular ichida N.A.Baskov tasnifi ancha mukammal
tuyuladi.
Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining
xususiyatlari haqida gap
borganda buyuk Alisher Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki Alisher Navoiy o‘zbek
xalqining ulug‘ mutafakkiri, atoqli shoiri va ulkan tilshunosi bo‘lishi bilan birga yeski o‘zbek
adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko‘ra ko‘p hissa
qo‘shgan bir siymodir. Shuning uchun ham eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiy
yetishi haqqoniy ravishda Alisher Navoiyning tabarruk nomi bilan bog‘liqdir.
«Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy
tilidir» (X.Doniyorov. Alisher Navoiy tilining dialektal asoslarini o‘rganish masalasiga doir.
A.N. va adabiy ta’sir masalasi. T, 1968.279).
Ma’lumki, Alisher Navoiy har qancha ulug‘ siymo bo‘lishiga qaramay, u ham ma’lum bir
xalqning vakili bo‘lgan va uning tili ko‘p shevalarni birlashtirganligi bilan birga, ma’lum