Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə8/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Ta’lim vositalari- o’qm jarayonining tashkil etilishi va o'tib bori- shini ta’minlaydigan xilma-xil o'quv jihozlari, o'quv qo'llanmalari va boshqalar.
Bilim - bu o'quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlan- gan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zarurat- ga ko'ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
U borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, naza­riy bilimlarga ajraladi.
Kundalik bilim sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakl- lariga asoslanadi va insonning atrof-muhitga moslashuvchi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko'ra bilishi uchun asos bo'lib xiz- mat qiladi. Uning vazifasi ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko'maklashish.
Ta’lim-tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o'rni beqiyos.
Ilmiy bilim ta’lim-tarbiyani takomillashtirish muammolarining yechimlarini topishda qo'l keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo'ladi. U empirik va nazariy dara- jada bo'ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
Nazariy bilim - empirik hoiatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va
hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochish- ni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘ lib, dunyoni bilish- ning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika-texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni obyektiv mavjudot haqi- dagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmuyi, deb ham ifo- dalash mumkin. U odamlarning ijtimoiy-siyosiy amaliyot jarayonida to'plangan umumlashgan tajribasidir.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə