Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
DINSHUNOSLIK

Yahudiylik manbalari.
 
Tavrot (Tora) yahudiy dinining 
muqaddas manbalaridan sanaladi. U Muso payg‘ambarga 
Tur tog‘ida berilgan. Yahudiy dinining ikkinchi manbasi 
Talmuddir. Ushbu manbalar Injilning tarkibiy qismlarini 
tashkil etadi.
Tavrot besh kitobni o‘z ichiga oladi:
1) «Ibtido»;
2) «Chiqish»;
3) «Levit» (qabila boshliqlari);
4) «Sonlar»;
5) «Ikkinchi qonun».
Talmud (qad. yahud. lamid – o‘rganish) u og‘zaki qonun, Tora 
esa yozma qonun deb yuritilgan. Talmudning Falastin nusxasi 
milodiy III asrda, Vavilon (Bavliy) nusxalari esa milodiy V asrda 
ko‘chirilgan. Unda yahudiylarning esxatologik (ya’ni oxirat, 
qiyomat, marhumlarning tirilishi, oxiratdagi ajrim va hokazo) 
tasavvurlari, marosimlari, urf-odatlari bayon etilib, u 248 ta 
vasiyat, 365 ta taqiqni o‘z ichiga oladi.
Midrashlar – yahudiylarning yana bir diniy manbasidir. 
U diniy qonun-qoidalar to‘plami bo‘lib, sinagoga (yahudiylar 
ibodatxonasi) targ‘ibotlarida foydalanadilar.


21
O‘rta Osiyoda yahudiylik.
Yahudiylar O‘rta Osiyoga 
qadim zamonlardan ko‘chib kelganliklari haqida rivoyatlar 
mavjud. Rivoyatlarga ko‘ra, ular Eron orqali O‘rta Osiyoga 
kirib kelganlar. Ular miloddan avvalgi VIII asrlarda Assuriya 
quvg‘inlari paytida Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. 
Miloddan avvalgi VIII asrda ba’zi yahudiylar Isroilni tark 
etib, Misr, Eron o‘lkalarida boshpana topganlar. Forslarning 
O‘rta Osiyoga bosqini natijasida yahudiylar ham ko‘chib kela 
boshlaganlar. Ular milodning II asrida So‘g‘d imperiyasi 
davrida Marv (hozirgi Mari, Turkmaniston) shahriga kelib, u 
yerdan Shahrisabz, Buxoro, Samarqand shaharlariga tarqalib
forsiy lahjalardan birida so‘zlashganlar.
Sayohatchi Veniamin Tudelskiyning 1165-yildagi ma’lumotiga 
ko‘ra, o‘sha vaqtda Samarqandda 30 mingga yaqin yahudiy 
millatiga mansub kishilar yashagan.
Yahudiylarning turmush tarzi, urf-odatlari qadimiy 
yahu diy, fors va mahalliy O‘rta Osiyo madaniyatlarining 
qorishmasidan iborat. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda 
yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida yahudiylar Eron, 
Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon, Buxoro jamoalariga bo‘linib 
ketgan. Yahudiylarning aksariyat qismi Buxoro shahri atrofida 
istiqomat qilgani tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan 
tanilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yahudiy jamoalari 
ham boshqa millat va konfessiya vakillari qatorida o‘z milliy, 
diniy urf-odat va amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Hozirda Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida Buxoro va 
ashkenazi (Yevropalik) yahudiylarning milliy madaniy markazlari 
va Respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasida 8 ta sinagoga fao-
liyat ko‘rsatmoqda.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə