Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i


Eslang, o‘ylang, muhokama qiling



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
4-texnologiya

Eslang, o‘ylang, muhokama qiling.
Suratga diqqat bilan qarang. Chidamliligi, qulayligi va
bejirimligini sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling. 


13
Qanday xulosaga keldingiz?
1. Uy-ro‘zg‘or buyumlari sirasiga nimalar kiradi?
2. Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
3. Buyumning chidamli bo‘lishida nima muhim? Uning qan-
day materialdan ishlanganimi yoki tuzilishimi?
4. Qaysi stulga o‘tirish xavfsizroq: uch oyoqli stulgami yoki 
to‘rt oyoqli stulgami?
5. Buyumning nimasi chiroyli: shaklimi, xomashyosimi, tuzi-
lishimi yoki dizaynimi?
keltiring.
Savol va topshiriqlar:
Siz biror narsa yasamoqchi bo‘lsangiz, nimani bilaman, nima 
qila olaman va nimani o‘rganishni xohlayman kabi savollarga 
javob topishingiz lozim. Siz bilan kartondan oddiy karavot ya - 
sash lo yihasini birgalikda bajaramiz.
Mahsulot yaratishdan avval men qanday mahsulot yasash-
ni xohlayman savoliga javob bering. Buning uchun ijodiy loyiha
tuzing. 
Loyiha ingliz tilida “oldindan o‘ylangan reja” degan ma’noni
anglatadi. 
Insonning texnologik faoliyati, ishlab chiqaradigan mah-
suloti loyihaga asoslanadi. Loyihani ishlab chiqish bir necha
bosqichdan iborat.
Ijodiy ish.
Kartondan karavot yasashning texnologik 
jarayoni. 


14
 
g‘oya deb ataladi. 
Har qanday usta muhandis, quruvchi, ras-
som o‘z ijodini boshlashdan avval uning qan - 
day bo‘lishi, undan qayerda va qanday foydala-
nilishini xayoldan o‘t kazadi. Shunday qilib 
g‘oya tug‘ilib va qanday buyum yasash 
lozimligi xayolan hal qilinadi. 
Uning xomaki rasmi chizib
olinadi.
Ikkinchi bosqichda
buyumni yasash loyihasi tuziladi.
Lo yiha rejasi, buyum eskizi, qism chizmalari tayyorlanadi.
Biz ham siz bilan yasashga oid reja tuzib olamiz. 
Reja:
1. Buyum chizmasi va eskizini tayyorlash.
2. Kerakli xomashyoni hozirlash.
3. Ishlatiladigan asboblarni tayyorlash.
4. Chizmalar asosida buyum qismlari an-
dazalarini tayyorlash.
5. Xomashyodan buyum qismlarini tayyor-
lash.
6. Qismlarni birlashtirish.
7. Mahsulotni bezatish.
8. Mahsulotga baho berish.
Eskizni yaratishdan avval quyidagi savollarga javob bera-
miz.
Eskiz deb nimaga aytiladi? U qanday tuziladi?
Eskiz
deb, bir marta foydalanish uchun chizmachilik
asboblarisiz va masshtabga rioya qilmay, lekin buyum
o‘lchamlarining 
nisbatini 
saqlagan 
holda 
bajarilgan
chizmaga aytiladi.


15
Topshiriq.
Karavotchaning eskizi va chizmasini tayyorlab 
oling. Eskiz bilan chizmani solishtirib, bir-biridan farqini ayting.
Bosh tomoni
Oyoq tomoni
Karavot tubi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə