Matallurgiya va kimyoviy texnologiya



Yüklə 30,3 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü30,3 Kb.
#127087
Metallar ritsiklingi fanidan


Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan xomaki misni
konvertirlash va rafinirlash (tozalash)
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALARVAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
MATALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” FAKULTETI
METALLURGIYA” KAFEDRASI


MUSTAQIL ISHI.
MAVZU: Qayta ishlash natijasida hosil bolgan xomaki misni konvertirlash va rafinirlash.

Guruh: 1d- 21 MET.
Bajardi: Umarova M.
Tekshirdi: Axmedova N.

Olmaliq 2023.


MAVZU: Qayta ishlash natijasida hosil bolgan xomaki misni konvertirlash va rafinirlash.
Reja:

  1. Mis parchalari va chiqindilarini qayta ishlash asosiy bosqichlari.

  2. Mis parchalari va chiqindilarini minorali pechlarda eritish.

  3. Mis tarkibli temir- tersak va chiqindilarga gidrometallurgik ishlov berish.

Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilaridan sifatli mis olish bir qancha mustaqil


jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ikkilamchi mis ishlab chiqarish ikkita asosiy bosqichga bo‘linadi:
1) mis eritish zavodlarida, mis tarkibli temir-tersak va chiqindilardan xomaki
mis olish uchun ularni eritish;
2) xomaki misni qayta ishlab mis katodlari va vayerbarslar olish. Vayerbars -
bu asosan sim olish uchun, toza misdan quyulgan tayyor, g‘o‘la shaklidagi mahsulotdir.
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash quyidagi jarayonlarni
o‘z ichiga oladi:
1) temir-tersaklarni qabul qilish va pirotexnik ko‘rigidan o‘tkazish;
2) xom ashyoni eritishga tayyorlash:
a) navlarga ajratish;
b) o‘ram-o‘ram materiallarni maydalash va mayda fraksiyalarni qizdirib
biriktirish;
v) o‘lchamlari (gabariti) katta va murakkab temir-tersaklarni ajratish;
g) metall chiqindilarini ixcham, zich kompakt holga keltirish;
d) portlash xavfi bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarni zararsizlantirish;
3) shixta tayyorlash;
4) tayyorlangan shixtani pechda eritish va xomaki mis olish;
5) olingan xomaki misni konvertirlash;
6) konverter misini olovli tozalash va anodlar hosil qilish;
7) mis anodlarini elektrolitik tozalash;
8) katod mislarini eritib, vayerbars shakliga keltirish;
9) pechlardan, konvertirdan chiqayotgan gazlarni tozalash;
10) ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
Sanab o‘tilgan jarayonlar turli xil sxema shaklida birlashtiriladi (
Qora misni konvertirlash, mis shteynlarini konvertirlashdan farq qiladi.
Shteynlarni konvertirlashda asosiy masalalar oltingugurtni gazga o‘tkazish, temirni
shlakka o‘tkazish va tayyor mahsulotdan xomaki mis olish bo‘lsa, qora misni
konvertirlashdan maqsad maksimal darajada metall aralashmalarini misdan
tozalash va standartga to‘g‘ri keladigan xomaki mis olishdir (6.11-rasm). Shu bilan
birga qora misni konvertirlash qayta ishlashni asl rafinirlovchi (tozalovchi) jarayon
deb bo‘lmaydi. Mis metallurgiyasida olovli rafinirlash jarayoni deyilganda, asosan
Cu2O + Me  2Cu + MeO
almashinish reaksiyasi bo‘yicha yuz beradigan aralashmalarni ajratish jarayoni
tushuniladi.
Qora misni konvertirlashda asosiy reaksiyasi, metallni kislorod bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’siriga asoslangan:
Me + 0,5O2 = MeO
Konverterga qora mis suyuq holda quyiladi, sinflarga ajratib tayyorlab
qo‘yilgan mis tarkibli temir-tersaklari va chiqindilari yuklanadi. Mis tarkibli temir-
tersaklar va chiqindilarga-parchalangan issiqlik o‘tkazuvchilar, kabellar,
elektrodvigatellar, mis o‘tkazgichlar, qirindilar, mis kuyindilari, skraplar va boshqa
misga boy qattiq materiallar kiradi. Flyus sifatida tarkibining 65-72 foizi SiO2
bo‘lgan kvars solinadi. Suyuq vannaga 88-120 kPa bosimli havo purkaladi. Kerakli
temperaturagacha eritish va bir qancha aralashmalardan to‘liq tozalash uchun
konverterga koks solinadi.
6.11-rasm. Gorizontal konvertor
1-bug’oz ; 2-pechninh ustki qavati ; 3-havo purkagich ; 4-furma
Qora misni konvertirlash natijasida asosan uchta mahsulot olinadi:
1) xomaki mis;
2) temir, nikel, qo‘rg‘oshin, ruh, surma va misni ma’lumot qismi o‘tgan
konverter shlaki;
3) ruh, qo‘rg‘oshin, qalay va boshqa bir qancha metallarni oksidlangan
birikmalarini tashkil topgan.
Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash 40-60 tonna sig‘imli
gorizontal konverterlarda olib boriladi (6.5-jadval). Bu konverterlarga solinadigan
va hosil bo‘ladigan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi 6.6-jadvalda keltirilgan.
6.6-jadval.
Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash uchun
ishlatiladigan konverterlarning xarakteristikasi
Ko‘rsatkichlar Konvertor
№1
Konvertor
№2
Konvertor
№3
Konverter o‘lchamlari, mm 3050x7875 3660x6850 3660x8100
Yüklə 30,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə